MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SIRTQI AXBOROT XAVFSIZLIGI FAKULTETI 010-18 GURUH TALABASI
BOYQO’ZIYEV UMIDJON ANORBOY O’G’LI
Klassik shifrlar: afzalligi va bardoshligi
Mavzu: Klassik shifrlar. Sezar va Vijener algoritmi
Ishdan maqsad: Shifrlash algoritmlari bilan tanishish, sezar va Vijener algoritmlari haqida ma’lumotga ega bo’lish.
Nazariy qism
Klassik maxfiy kriptotizimlarga siljitish shifrini ham olishimiz mumkin. Siljitish shifri ikki turga bo’linadi. Ular oddiy va murakkab siljitish shifrlaridir. Oddiy siljitish shifrida alfavit bo’yicha siljigan harflar bilan shifrlanayotgan matn harflari alfavitga mos ravishda almashtirish orqali shifrlash amalga oshiriladi. Bir turli almashtirish shifri oddiy siljitish shifrining bir qismi hisoblanadi.
Oddiy almashtirishli shifr. Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullarni keltirish mumkin: Sezar usuli, Affin tizimidagi Sezar usuli, tayanch so’zli Sezar usuli va boshqalar.
Sezar shifri oddiy siljitish shifrining bir qismi hisoblanadi. Bu shifrni rimlik imperator Gole Yuliy Sezar o’ylab topgan. SHifrlashda matnning har bir harfi boshqa harf bilan quyidagi qoida asosida almashtiriladi. Harflarni almashtirishda kelayotgan yozuv harflarini K-ga siljitib almashtiriladi. Bu erda K–butun son hisoblanib uni quyidagicha ifodalash mumkin. K=K (modm), m -alfavit soni. Yuliy Sezar bevosita k = 3 bo’lganda ushbu usuldan foylangan.
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o’z navbatida, bir xil harflarga almashishidir.
Masalan, matn sifatida T0=KOMPUTER so’zini va K=3 deb oladigan bo’lsak Sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo’ladi:
T1 = NRPSXWHU.
Murakkab almashtirishli shifr. Murakkab almashtirishli shifr ko’p alfavitli bo’lib, shifrlashda keluvchi matnning har bir harfi o’zining oddiy almashtirish shifri kabi shifrlanadi. Ko’p alfavitli almashtirishda alfavit ketma-ketligi va tsiklidan foydalaniladi.
A-alfavitli almashtirishda kiruvchi axborotning X0-harfi V0-alfavitning Y0-harfi bilan almashtiriladi, X1-harfi esa V1-alfavitning Y1-harfi bilan almashtiriladi, Xr-1-harfi Vr-1-alfavitning Yr-1-harfi bilan almashtiriladi va hokazo.
Ko’p alfavitli almashtirishning r=4 bo’lgan hol uchun umumiy ko’rinishi quyidagi jadvalda keltirilgan. Kiruvchi harflar
|
X0
|
X1
|
X2
|
X3
|
X4
|
X5
|
X6
|
X7
|
X8
|
X9
|
Alfavit almashtirish
|
B0
|
B1
|
B2
|
B3
|
B0
|
B1
|
B2
|
B3
|
B0
|
B1
|
Do'stlaringiz bilan baham: |