Mavzu: Kiyim konstruksiyalash usullari



Download 0,62 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#450250
Bog'liq
2-маруза слайд


MAVZU: Kiyim konstruksiyalash usullari.
Kiyimlarni konstruksiyalash usullarining sinflanishi va ularning xarakteristikasi.
Kiyimning ayrim detallari tayyor holda muayyan bir hajmiy-fazoviy yuzalikni hosil qiladi. Kiyimning detallari yassi yuzali materiallardan (gazlama, trikotaj, noto'qima materiallar, charm va boshqalardan) bichiladi.
Konstruksiyalashning asosiy maqsadini yasi materialdan hajmiy shaklning qobig'ini tuzish va bu masalaning aksariyatini yechish, ya'ni kiyimning qismlarini tekislikka yoyish yoki ularning yoyilmalarini qurish kabi ishlar tashkil etadi. Hajmiy yuza tekislikka yoyilganda qator geometrik shakllar hosil bo'Iadi.
Demak, yuzaning yoyilmasi — tekislikda olingan uning geometrik shaklidir. Kiyimlarni konstruksiyalashga oid sirtlarning yoyilmasini qurishning umumiy prinsiplari. Barcha hajmiy sirtlar yoyiladigan va yoyilmaydigan sirtlarga bo`linadilar.Yoyiladigan sirtlar - bu fazoviy shakldan tekis shaklga o`tish jarayonida choklar va burmalar, ya’ni hech qanday shikastlanishlar hosil qilmaydigan sirtlarga aytiladi.
Yoyiladigan sirtlarning yoyilmalari shaklsi va konfigurasiyasi yoyilish jarayonida o`zgarmaydi, ya’ni tug`ri chiziqlar to`g`riligicha qoladi, fazoviy sirtdagi burchaklar esa tekislik sirtidagi burchaklarga teng bo`ladi. Sirtning biron-bir qismining yuzasi tekislikda yoyilganda o`zining miqdorini o`zgartirmaydi.
Ma’lumki, ikki xil yoyiladigan sirtlar mavjud: urinma va fazoviy egri chiziq bilan hosil qilingan sirtlar (urinma sirtlar) hamda aylana sirtlar.
Yoyiladigan sirtlar chiziqli bo`lib, ular tug`ri chiziqlar hosil qiladilar. Shu to`g`ri chiziqlarning radiusi cheksizlikka tYeng aylanalar yoyi deb hisoblasak Demak barcha yoyiladigan sirtlar deshaklsiyasiz tekislikda yoyilishi mumkin. Yoyilmaydigan sirtlarning asosiy egriliklarining ikkala radiusi ham cheksizlikka teng emas shuning uchun bu sirtlarni o`zgarmas holda tekislikda yoyib bo`lmaydi.
Agar shunday sirtdan yoyilma olish zarur bo`lsa, unda sirtning faqat taxminiy yoyilmasini olish mumkin. Sirtni kattiq jismdek emas, balki yumshoq cho`ziluvchan plenkadan tayyorlangan, deb faraz qilsak, uning yoyilmasini tekislikda olish mumkin bo`ladi. Lekin faqat uni deshaklstiyalab yoki choklar va bo`ramalar hosil qilish yo`li bilan amalga oshirish mumkin.
Bunda tekislik qismlarga bo`linadi va har bir kism yoyiladigan sirtga (stilindrik yoki konik) approksimastiyalanadi va yoyiladi. Shunday qilib, sirtning bo`laklangan taxminiy yoyilmasi hosil qilinadi.
Dastlabki ma’lumotlar xarakteriga qarab mavjud bo`lgan konstruksiyalash usullarini 2 sinfga bo`lish mumkin.
I sinfga mansub usullar tipik odam gavdasining razmer o`lchamlariga va qo`shimcha haqlarga kiyim detallarini tipik bo`laklanishi va ularni shakl hosil qilishi haqida ma’lumotlarga asoslangan bo`lib, ular kiyim detallarining muhim konstruktiv nuqtalarini joylanishini taxminan aniqlaydilar.
II sinfga mansub usullar ancha aniq bo`lib, ular kiyimning etalon - nusxasining yoyiladigan sirtining o`lchashga asoslangan bo`lib, kesishuvchi sirtlar usuli, Chebishev usuli, mulyaj va to`r-kanva usulllari shular jumlasidandir. II sinf usulllari materialning geometrik strukturasida ro`y beradigan o`zgarishlarni hisobga olishga asoslangan.
materiallarning geometrik strukturasining o`zgarishi ularning fazoviy holatdan tekis holatga o`tishi natijasida ro`y beradi.
II sinfga mansub konstruksiyalash usullari turli yo`llar bilan olib boriladi. Masalan, o`zaro kesishuvchi sirtlar usuli - grafik va analitik usullari bilan.
Chebishev to`rlari usuli 5 usul bilan:
1) grafik;
2) to`r-kanva usuli;
3) tekis akslar usuli;
4) aralash usul;
5) analitik usullar.
Kiyimni loyihalashda konstruktiv parametrlarni aniqlashning umumiy prinstiplarini ko`rib chiqamiz:
Kiyimni konstruksiyalashda grafik qurishlarning asosiy elementlari quyidagilardan iboratdir: kiyimni va uning alohida detallarining gabarit razmerlarini aniqlovchi gorizontal va vertikal konstruktiv chiziqlardan iborat bazis to`rni chizish; chizmaning konstruktiv nuqtalarini joyini yoylar yordamida aniqlash; lekalali egri chiziqlarni chizish; loyihaviy diskriminantlar yordamida ikkinchi tartibli egri chiziqlarni chizish.
Mulyaj so`zi franstuz tilidan kelib chiqqan bo`lib, buyum shaklini beruvchi qolipni bildiradi. Mulyaj usulida hech qanaqa hisoblar olib borilmaydi. Kiyim detallarini andazasini hosil qilish uchun maneken yoki odam tanasi ustiga kog`oz yoki mato yopiladi va tana tuzilishiga va model xususiyatlariga asoslanib detallar konturlari chiziladi.
Detallar shaklsi bichish va tanaga kiygizib kelishtirish jarayonida aniqlanadi. Bugungi kunda mulyaj usuli teatral kiyimlarni tikishda va murakkab shaklli detallar, vitochkalar va drapirovkalarni ayollar kiyimida modellashtirish va konstruksiyalash uchun qo`llaniladi.
Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish