PCI-shina nisbatan sekin ishlaydigan va avval ishlab chiqarilgan qurilmalarni ulashda qo‘llaniladigan ISA-shinasi bilan parallel ulangan. Bunday kompyuterlar platalarining PCI va ISA-shinalarida 3-ta yoki 4-tagacha bo‘sh qoldirilgan ulanish joylari ham bo‘lgan. PCI-shinalarining ma’lumotlarni uzatish tezligi, xozirda - 528 Mbayt/sek ga yetkazilgan. Monitor ekrani sig‘dira oladigan nuqtalar – piksellar hajmining oshib borishi sababli (1600x1200 nuqta), shinalarning ma’lumotlar almashinish tezliklarini oshirish yo‘llari izlana boshlandi. Natijada aynan monitor bilan ishlash uchun mo‘ljallangan - AGP (Accelerated Graphics Port) – grafik ma’lumotlarni uzatish tezligi oshirilgan port shinasi ishlab chiqildi. Bunday shinaning AGP 3.0 versiyasining tezligi 2,1 Gbaytga etkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |