Monitor ekrani sig‘dira oladigan nuqtalar – piksellar hajmining oshib borishi sababli (1600x1200 nuqta), shinalarning ma’lumotlar almashinish tezliklarini oshirish yo‘llari izlana boshlandi. Natijada aynan monitor bilan ishlash uchun mo‘ljallangan - AGP (Accelerated Graphics Port) – grafik ma’lumotlarni uzatish tezligi oshirilgan port shinasi ishlab chiqildi. Bunday shinaning AGP 3.0 versiyasining tezligi 2,1 Gbaytga etkazildi. Bu tizim tarkibida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va uning beshta asosiy tashkil etuvchilarini o‘zaro birlashtirgan – shinalar aro ko‘prik mavjud. Ushbu ko‘prik – protsessor, asosiy xotira, grafik adapter, ATAPI kontrolleri va PCI-shinalarni o‘zaro bog‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |