Mavzu: kirish



Download 0,82 Mb.
bet53/55
Sana30.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#197596
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati

19-Dars.Lutfiy

Reja:

1.Mavlono Lutfiy haqida ma’lumot

2.Lutfiy ijodiga bir nazar
O'zbek mumtoz adabiyoti tarixining Alisher Navoiygacha bo'lgan davridagi eng yirik siymolaridan biri Mavlono Lutfiydir. «O'zbek tilining izohli lug'ati»da «Mavlono» so'ziga shunday izoh berilgan: «Musulmon sharqida olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulugiab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan so'z».

Demak, Lutfiy nomiga «Mavlono» so'zining qo'shilishi o'z zamondoshlarining yuksak e'tirofi va hurmati ramzi deb tushunilmog'i kerak.

Lutfiyning asl nomi Lutfulladir. U 1366- yilda dunyoga kelgan. Taroziy Lutfiyni «Shoshiy» degan. Bu ishoradan adibning Toshkentda tug'ilgani ma'lum bo'ladi. U uzoq yashagan tabarruk siymolardan biridir. Bu haqda Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida shunday yozgan: «To'qson to'qquz yoshida olamdin o'tdi, qabri Dehikanordadur. O'z maskani erdi». Dehikanor Hirot yaqinida bo'lgan.

Sulton Ibrohim Mirzo zamonidagi (hijriy 860) voqealarni eslab, Alisher Navoiy o'sha davrlarda ayniqsa, Lutfiy she'rlarining shuhrat topganini qayd etadi va eng mashhur g'azallarining matlaiarini keltiradi. Navoiy Lutfiyning o'ziga nisbatan katta muhabbati borligini eslatadi: «Bu faqir borasig'a ko'p iltifoti bor erdi va fotihalar o'qur erdi».

Xondamir «Makorim ul-axloq» asarida Lutfiyni Navoiygacha turkiy tilda ijod qilgan eng yirik shoir sifatida ta'riflaydi. Uning hassos qalbi va o'ta kamtarinligini ta'kidlab, bir voqeani eslatadi.

Yosh Alisher Lutfiy huzurida ushbu matla' bilan boshla¬nadigan g'azalni o'qiydi:

Orazin yopqach, ko'zumdin sochilur har lahza yosh,

Bo'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon oig'och quyosh.

«Mavlaviy janoblari, — deb yozadi Xondamir, — bu ravshan va yorqin g'azalni eshitib, hayronlik dengiziga tushdi va shunday dedi: «Qasam tangrigaki, agar mumkin bo'lsa edi, men o'zimning fors va turk tillarida aytgan o'n ikki ming baytimni shu g'azalga almashar edim. Va shunday bo'lgan taqdirda men o'zimni katta maqsadga erishgan hisoblar edim».

Bu yerda shoir ijodining hajmi 12 ming bayt, demak 24 ming misra ekanligi haqida ham eslatma mavjud. Demak, shoirning bundan ham ko'proq ijod qilganini taxmin etish mumkin. Chunki bu voqea Navoiyning juda yosh paytiga to'g'ri keladi. Vaholanki, Lutfiy olamdan o'tganida Navoiy 24 yoshda edi.

Lutfiy iste'dodli shoir va nozik didli taijimon ham bo'lgan. U Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari taijimasini boshlab qo'ygan edi.

Adibning ikkita devoni bizgacha yetib kelgan. Devon muayyan tartibga, asosan, radif va qofiyalarga rioya etgan holda alifbo sirasi bilan tuzilgan to'liq she'rlar to'plamidir.


-146-
Lutfiy o'zbek adabiyotini o'z g'azal, tuyuq va qit'alari bilan boyitgan adibdir.

Lutfiy g'azaliyotidagi asosiy mavzu — ishq. Adib. tasviridagi oshiq — saodat timsoli. U o'z ishqiga mahbubining ham to'la ishonishini istaydi:

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,

Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

Ayriliqdagi oshiq uyqu, orom nimaligini bilmaydi. U tunlarni tonglarga ulaydi:

Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,

Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.

Bu yerda qorong'ilik (hijron kechasi), osmon (charxi falak), osmondagi oy (ey moh), sahar tushunchalarining bir-biriga yaqinligi ko'rinib turibdi. O'zaro yaqin tushunchalarni bir bayt doirasiga terish tanosib san'ati deyiladi. Bu she'riy

san'atning go'zal namunalari Lutfiy ijodida ko'plab uchraydi.

G'azaldagi oshiq ahdida sobit. Hatto yor eshigida duch keladigan har qanday dahshat-u azoblar ham unga pisand emas:

Hattoki qilich kelsa boshimg'a eshikingdin,

Yo'qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.

Atoiy, Xorazmiy g'azallarida Yusuf, Ya'qub singari shaxs nomlarining talmeh o'rnida qo'llanganini kuzatgan edik. Lutfiyda ham shu holat mavjud. Faqat Lutfiy bu qahramon- larning boshqa jihatlariga e'tibor beradi:

Ya'qub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz,

Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.

«Yusuf va Zulayho» dostonidan ma'lumki, Ya'qubmng ko'r bo'lib qolishiga o'z farzandi go'zal Yusufni sog'inib, qo'msab yig'lashlari sabab bo'lgan. Adib shu voqeani eslatib turib, yor sog'inchida haddan tashqari ko'p yig'lash oqibatida «nuri basarim» — ko'zlarimning nuri qolmadi, demoqda.

Yorning oydek yuzi bor. Ammo unga faqat oshiq nazar solishi mumkin. O'zga kishining ko'z tashlashi oshiq qalbini o'rtaydi:

Oy yuzungga ko'z solg'ali o'zga kishi birla,

Yo'qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.

Oxirgi baytda yana tanosib san 'ati kuzatiladi. Shoir o't, yuz, oltun, siymbar singari ranglarni anglatuvchi o'zaro yaqin hodisalarni ifodalovchi so'zlar orqali nihoyatda go'zal misralarni yaratadi:

Ishq o'tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,

Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.

Oshiq ko'nglidagi ishq uni yor tomon undab turadi. Ammo yorning ma'shuqani ko'rishining har doim ham imkoni yo'q. Ayriliq bu o'tni yanada avj oldiradi. «Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi» degan jumlalar hijrondagi kishi rangiga ishora. Ya'ni sariq rang oltin rangi bo'ladi. Ayni paytda yorga nisbatan, siymbar, ya'ni kumush tanli deb murojaat qilishi ham ushbu ma'noni yanada kuchaytiradi.

Tanlangan qofiya va radiflarning tabiiv, sodda va jarangdor ekanligi g'azalga o'zgacha ruh berib turibdi. Sevarim, jigarim, saharim, guzarim, xabarim, basarim, nazarim, siymbarim so'zlari ohangdorlik nuqtayi nazaridan nihoyatda jarangdor. Radif esa bu g'azalda butun boshli gapga teng bo'lib kelmoqda. Lutfiygacha hech kim radifga bunday vazifa yuklay olmagan edi.

-147-
Umuman, Lutfiy g'azaliyotida radiflarning ko'p qoilangani kuzatiladi. «Vafo kerak boisa», «Topilsa» singari g'azallari bunga dalil bo'la oladi. Bu jihatdan «Bu ko'ngul» g'azali ham e'tiborlidir:

Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul,

Xor-u rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Radif oddiy shaklni ko'rsatib qolmasdan, balki u shoir g'oyaviy-badiiy niyatini ifodalashda asosiy vositalardan biridir:

Borma derlar eshiki sori damo-dam, netayin,

Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Qorong'u kechada jonni qiynashga majbur qiladigan kuch ham shu ko'ngul:

Tori mo'yin havasi birla qorong'u kechada

Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Qorong'i kecha bilan soch tolasi bir xil rangda. Kechasi qora narsaning, ayniqsa, soch tolasining ko'zga ko'rinishi naqadar mushkul. «Jonni savdo qilish» jumlasining tagida shu muammoga ishora ham mavjud.

Ammo oshiq ko'ngli har doim bir xil. Shunga ko'ra u dushman-u do'st orasida g'aflatda qolishi hech gap emas:

Dushman-u do'st orasida meni g'ofilni mudom,

Besar-u po qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Bu yerda dushman so'zi do 'st bilan zid ma'noga ega. Sar (bosh) va po(y) (oyoq) so'zlari ham shunday zid ma'nolidir. «Dushman» va «do'st» so'zlari birgalikda yangi ma'no, ya'ni hamma, barcha ma'nolarini anglatyapti. Bosh-oyoqsiz qilmoq jumlasi ostida esa imkoniyatlardan mahrum bo'lmoq ma'nosi bor. Bularga sabab sifatida yana ko'ngil ko'rsatilmoqda. Bugina emas, ko'z yoshiga sabab ham ko'ngil:

O'zgadin ko'rmaki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,

Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.

Demak, ko'z yoshlari daryo bo'lsa ham, buni o'zgadan ko'rmaslik lozim. Inson qalbidagi orzu-istaklar, havas va intilishlar cheksiz-chegarasiz. Inson ular izmida yashaydi. Shoir aytmoqchi bo'lgan aqidalar shu fikr o'zanlariga uyg'un. Muhimi, bularning barchasi yuksak badiiylik libosida taqdim etilgan.

Lutfiy inson ma'naviy olamining o'ziga xos go'zalliklari, go'zal tabiat tarovatining takrorlan- masligini ham ohorli misralarda tasvirlaydi.

«Yoz bo'ldi, kerak ul buti ayyor topilsa» g'azalida mana shu ikki yo'nalish uyg'unlashgan:

Yoz bo'ldi, kerak ul buti ayyor topilsa,

Barcha topilur, bizga kerak yor topilsa.

Lirik qahramon «gul davrida hushyor yurgan odam oqil emas» deb hukm chiqaradi. Buni bahor go'zalligidan bebahra qolgan odam oqil boiolmaydi, deb tushunish mumkin.

Lutfiy ushbu ishqiy g'azalida ham so'z o'yinlaridan ustalik bilan foydalanadi:

Savdoyi boiubmen, chu ko'ngul zulfina berdim,

Savdo boiur andaki, xaridor topilsa.

« Savdoyi» — devona yoki shaydo bo'lgan kishiga nisbatan qoilanadigan so'z.

-148-
Shoir uni « zulf» bilan bogiayapti. Gap go'yo zulfiga shaydo bo'lish ustida bormoqda. Ayni paytda parishonlik, to'zg'ib turish zulfga xos xususiyat. «Devona» ko'ngilning parishonhol bo'lishi zulfning shu xislatiga ishoradir. Keyingi misrada esa shoir «xaridor» bilan bog'liq yana bir «savdo» haqida gapiradi. Bu bilan Lutfiy kutilmaganda juda nozik so'z o'yini qilmoqda.

Lutfiy ishqiy g'azallariga ijtimoiy ohanglarni ham mohirlik bilan singdiradi. Shoir «Tortadur» radifli oshiqona g'azalning oxirgi baytida go'yo davr tavsifmi beradi:

Yo'qturur yolg'iz bu Lutfiy jonig'a javri raqib,

Qayda bir dono durur, ul javri nodon tortadur.

Ko'rinib turibdiki, baytda jaholatga qarshi norozilik juda ochiq ifoda etilgan.

Lutfiy g'azallarida xalq og'zaki ijodi an'analari ochiq ko'rinadi. So'zlashuv

uslubiga xos bo'lgan ohanglar, xalqona ta'bir va qochirimlar fikrimizning dalili bo'la oladi. Uning «Ayoqingg'a tushar har lahza gesu...» g'azali besh baytdan iborat. Uning har bir baytida bittadan maqol uchraydi. Bu hoi g'azalning nihoyatda o'qimishli, dilga yaqin, sershira boiishini ta'minlagan. Xalq og'zaki ijodiga yaqinlik «Senga ne?» g'azalida ham juda ochiq ko'rinadi:

Dudog'ing ma'dani jondur, dedim, aytur: «Senga ne?»

Qomating sarvi ravondur, dedim, aytur: «Senga ne?»

Lutfiy g'azalchilik an'anasiga ko'plab yangiliklar kiritgan adibdir. U ilk marta suhbat — dialog usulini bu g'azalning boshidan oxirigacha davom ettirgan. An'anaga ko'ra, g'azalda go'zalning tashqi qiyofasi, husni, latofati madh etiladi. Ammo lirik qahramon qalbidan kechayotgan nozik tuyg'ular ham o'z ifodasini topgan.

Dudog' (lab)ni ma'dani jonga, qomatni sarvga o'xshatish g'azalchilikda ancha oldindan kelayotgan an'ana. Ammo bevosita dialog orqali ma'shuqa xatti-harakatlariga, uning ko'rinishi va ma'naviy olamiga doir ma'lumotlarning berilishi Lutfiygacha deyarli uchramaydi. Ma'shuqa munosabatining savol tarzdagi ifodasi («Senga ne?») birinchi marotaba uchrayotgan hodisa:

Qamar otlig' yuzung olidadur oy bir habashiy,

Dag'i yuzungda nishondur, dedim, aytur: «Senga ne?»

Shoir so'z o'yinlaridan juda mahorat bilan foydalana olgan. Inchunin qamar va oy aslida bir xil tushuncha ifodasi. Yuz qamarga ham, oyga ham o'xshatiladi. Ma'shuqaning javobi esa yana xalqona ohangni esga soladi: Senga ne? — senga nima? demakdir. Bunda o'ziga xos dashnom va tanbeh ham, noz-u istig'no ham, bolalarcha xatti-harakat belgilari ham namoyon:

Tal'ating husni jahoni-yu oning ustidagi

Soching oshubi jahondur, dedim, aytur: «Senga ne?»

Dastlab lab va qomat tasviridan boshlangan g'azal, ikkinchi baytda yuz tasviriga o'tgan edi. Ushbu bayt yuz tasviridan sochga qarab o'tmoqda. Ya'ni yuzing chiroyi ham, yuz ustidagi sochlar ham jahonni g'avg'oga keltiradi, deyilmoqda.

Keyingi misradagi tasvir ko'z va qosh ta'rifiga bag'ishlangan:

Yoy-u o'q qop-qora bo'lmas, magar ul qosh-u ko'zung,

Ne ajab tiyr-u kamondur, dedim, aytur: «Senga ne?»


-149-
Ta'rif navbati og'izga yetadi:

Xurdabinlar so'rmisham: irningmu durur obi hayot,

Iso nafasi hamondur, dedim, aytur: «Senga ne?»

An'anaga ko'ra, og'izning kichikligi — go'zallik belgisi. Ammo shoirga bu kamlik qiladi. U og'izni «yo'q» deganlarni ham eshitgan. Shunda shoir yana so'z o'yini qiimoqda: «Onda bir zarra gumon» jumlasi bu fikrda birozgina gumon, shubha bor demoqda.

Navbatdagi baytda aytilgan uzvlar yana ham boyitiladi:

Zulf-u yuz-u ko'zi qosh-u meng-u g'amzang — barcha,

Fitnayi ahli zamondur, dedim, aytur: «Senga ne?»

Ya'ni, soch, yuz, ko'z, qosh tasviri oldingi baytlarda mavjud edi. Bu yerda meng (xol) va g'amza qo'shilib kelmoqda.

Oy yuz ta'rifi yana takrorlanadi. Ammo har bir takrorda nimadir yangilanadi, nimadir qo'shiladi:

Oy yuzung kun kibi zarroti jahon mazharida,

Barcha olamga ayondur, dedim, aytur: «Senga ne?»

«Barcha olamga ayonlik» kun — Quyoshga xos alomat. Ammo shoir uni yorning yuziga nisbatan bermoqda. Oy yuz yorga tegishli. Shuning uchun ham u Quyoshga nisbatan berilmoqda.

Nozik fikrlar ichida Lutfiy xayolidan kechgan tasvirlar ifodasini kuzating:

Bo'ldi ko'p fikri daqiq ichra xayoli Lutfiy,

«Bu ne mo'y-u, ne miyondur», dedim, aytur: «Senga ne?»

Bu yerdagi «ko'p» so'zi «fikr» bilan bog'lanib kelmoqda. Ammo u mantiqan mo'y — soch bilan ham aloqador. Shuningdek, «daqiq» (nozik, diqqatli) so'zi «xayol» bilangina emas, «miyon» (bel) bilan ham bog'lanadi.

Bularning hammasi Lutfiy g'azallarining yuksak badiiyatini ta'minlovchi turfa omillarni ko'rsatib turibdi.

Garchi bu g'azal 9 baytdan iborat bo’lsa-da, Lutfiy g'azallarining aksariyat qismi 7 baytdan oshmaydi. 5, 6 baytli g'azallar ham anchagina.

Lutfiy tuyuqlari ham nihoyatda yuksak rhahorat bilan yozilgan. So'z o'yinlari ularda yorqin ko'rinadi:

Ey ko'ngul, yorsiz senga ne bor, bor,

Qaydakim ul zulfi anbarbor bor.

Chek jafo-yu javr-u nozi borini,

Bir kun oig'aykim, degaylar: «Bor, bor».

Birinchi misrada ne bor — nima bor ma'nosida. «Bor» ning yuk, ish ma'nolari ham mavjud.

Keyingi misrada u «mavjud» ma'nosida ishlatilmoqda.

Ko'ngluma har yonki boqsam, dog'i bor,

Har necha dardimni desam, dog'i bor,

Qilcha tanga bori ishqing yor edi,

Bir sori bo'ldi firoqing dog'i bor.

Bu tuyuqda so'z o'yinida «dog'i bor» so'zlari turli holatlarda boshqa-boshqa ma'nolarni ifodalab kelmoqda.

-150-
Dastlab, ko'ngilning har yonida alam va qiynoq dog'larining mavjudligi, so'ng bu dardni qancha aytgan bilan yana topilaverishi ta'kidlanmoqda. Oxirgi misrada firoq dog'i (ta'sir)ning o'rni haqida fikr yuritilmoqda.

Tuyuqning asosiy xususiyati bir xil shakldagi so'zni turli ma'nolarda qo'llashdir. Ammo bu so'zning qat'iy o'rni bor: u har doim qofiyada kelishi shart. Buning ustiga tuyuqning o'ziga xos vazni ham mavjud. U, asosan, a-a-b-a shaklida qofiyalanadi. Vazn ohangi foilotun foilotun foilundir:


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish