Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot
Avto TSXK nazriy
20-Mavzu: Uzatmalar qutisi Reja 1.Uzatmalar qutisining vazifasi 2.Uzatmalar qutisining tuzilishi 3.Uzatmalar qutisining ishlash uslubi Ma’lumki avtomobil harakatlanayotganda yo’l sharoitiga va tezligiga qarab, unga ta’sir etuvchi qarshiliklar doimo ixtiyoriy ravishda o’zgarib turadi. Albatta, avtomobil o’ziga ta’sir etuvchi kuchlarniyengib, muntazam ravishda harakatlanishi uchun bu kuchlarga monand holda dvigateldanyetaklovchi g’ildiraklarga kelayotgan burovchi moment ham kerakli kattalikda o’zgarib turishi lozim. Lekin bu qarshiliklarni muttasilyengishda dvigatelning burovchi momenti hamishayetarli bo’lavermaydi. Masalan, avtomobil o’rnidan qo’zg’alganda, tezligini ravonlik bilan sekin-asta yoki shiddat bilan oshirishda yo’l qarshiliklarini bemalolyengish uchun avtomobilning g’ildiraklarida turli kattalikka ega bo’lgan tortish kuchi talab etiladi. Darxaqiqat, tepalikka shijoat bilan chiqishda, notekis va og’ir yo’l sharoitlarida katta yuklanishlarda harakatlanganda, xususan avtomobilningyetakchi g’ildiraklaridagi burovchi moment dvigatelning eng katta burovchi momentidan bir necha bor katta bo’lishi kerak. Shu bilan birga avtomobil takomillashgan va va tekis yo’l sharoitida o’rtacha tezlikda harakatlanganda yo’l qarshiliklariniyengish uchun uncha katta bo’lmagan kuch talab etiladi. Lekin yo’l sharoitiga va boshqa sabablarga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan qarshiliklarni muttasil ravishdayengish uchun dvigatelni uncha katta bo’lmagan va juda kichik oraliqda o’zgaruvi burovchi momentiyetarli bo’lmaydi. SHu sababli shart-sharoitga bog’liq holda avtomobilningyetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni va tezligini o’zgartirib turish uchun uzatmalar qutisidan foydalaniladi. Shunday qilib, uzatmalar qutisi asosiy vazifasi bo’lmish burovchi moment qiymatini va tezligini o’zgartirishdan tashqari kerakli paytda ularning yo’nalishini ham o’zgartirib beradi. Shuningdek, avtomobil to’xtab turganda yoki inertsiya bilan yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini kuch uzatmadan uzoq muddatga ajratib qo’yish vazifasini ham o’taydi. Uzatmalar qutisi uzatish sonini o’zgartirish usullariga qarab pog’onali, pog’onasiz va kombinatsiyalashgan (gidromexanik) bo’ladi. Shuningdek, uzatmalar qutisiningyetaklovchi vayetaklanuvchi vallarining bog’lanish usuli bo’yicha mexanik, gidravlik, elektrik, aralashgan va boshqarish usuliga ko’ra esa avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan turlariga bo’linadi. Hozir asosan, sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda ko’proq pog’onali uzatmalar qutisi ishlatiladi. Chunki bunday uzatma pog’onasiz va aralashgan uzatmalarga nisbatan juda oddiy tuzilgan, arzon va f. i. k. yuqori (0,96-0,98). Pog’onali uzatmalar qutisi o’zining pog’onalari soniga qarab uch, to’rt, besh va ko’r pog’onali bo’ladi. SHunga qaramasdan chet elda, Yaponiya, AQSH va G’arbiyyevropa davlatlaridayengil avtomobillarda va avtobuslarda aralashgan gidromexanik uzatmalar qutisi ko’proq qo’llanilmoqda. Chunki bunday uzatmalar qo’yilganda boshqarish anchayengil va juda ham qulay, shuningdek, ilashish muddati yuqori. Bu turdagi pog’onasiz aralashgan gidromexanik uzatmalar qutisi asosan ikki, uch yoki to’rt pog’onali bo’lishi mumkin. Download 9,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |