Mavzu: Maishiy va sanoat suv jihozlarini avtomatik qurilmalari
Tabiiy suvlarni g‘ovak to‘siqlar orqali tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Filtrlash jarayonida suvning muallaq holatdagi mayda dispers zarralari filtrlovchi qatlam ustida cho‘kma holida yoki qatlam tanasidagi g‘ovaklarda tutilib qolishi mumkin. Suv ta’minoti tizimida asosiy filtrlovchi material sifatida tabiiy qumlardan foydalaniladi. Filtrlash qurilmasi ostki qismiga drenaj quvurlar joylashtirilgan, uning ustiga shag‘al yoki chaqiqtoshdan iborat qatlam, uning ustiga esa filtrlovchi material, ya’ni 305 zarrachalarining o‘lchamlari pastdan yuqoriga qarab maydalanib boruvchi tartibda qum yotqizilgan sun’iy inshootdir. Uning yuqori qismida tozalanadigan suvlarni uzatuvchi hamda yuvuvchi (regenerat) suvlarni olib ketuvchi quvur tarmoqlar, ostki qismida esa filtrlangan (filtrat) suvlarni olib ketuvchi hamda qatlamni yuvuvchi suvlarni uzatuvchi quvur tarmoqlar o‘rnatiladi. Filtrlash jarayonida filtr qurilmasi suv bilan to‘ldirilgan holatda ishlaydi. Suv tozalash texnologiyasida filtrlash jarayoni boshqa usullar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Xususan, ichimlik suvi tayyorlash stansiyalarida kimyoviy ishlov berilgan va tindirilgan suvlarni filtrlash yuqori samara beradi. Filtrlash jarayonlarining samaradоrligi filtrlash tеzligi bilan bеlgilanadi. Filtrlash filtrlоvchi qatlamning bir kv mеtr yuzsidan bir sоat davоmida оqib o‘tgan suvning hamjmiga aytiladi. Tabiiy suvni filtrlash jarayoni filtrlоvchi qatlamning ustki va оstki yuzasida hоsil qilinadigan gidravlik bоsimlar farqi hisоbiga amalga оshiriladi. Gidravlik bоsimlar farqi yopiq kоnstruksiyali filtrlarda nasоs agrеgatlari yordamida, оchiq kоnstruksiyali filtr qurilmalarida esa filtrlоvchi qatlamning ustki va оstki qismlarida suvning pеzоmеtrik sathlari farqi hisоbiga amalga оgiriladi. Filtrlash jarayonlarini avtomatlashtirish-suv tozalash texnologiyasining muhim masalalaridan hisoblanib, tozalash samaradorligini oshirishga, filtrlanayotgan suvning sifatini yaxshilash, regeneratsiya suvlari miqdori va elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Tabiiy suvlarni filtrlash jarayonlarini avtomatlashtirish ikki bosqichdan iborat: 306 1-filtratsiya jarayonida filtrlash tezligini avtomatik tarzda rostlash va regeneratsiya jarayonida filtrlovchi qatlamni avtomatik tarzda yuvish. Regeneratsiya lotincha regeneratio so‘zidan olingan bo‘lib, tiklanish ma’nosini anglatadi. Suv tozalash texnologiyasida filtrlovchi qatlamning dastlabki xususiyatlarini tiklash filtrlashga teskari yo‘nalishda sun’iy ravishda suv oqimini sizdirish usuli bilan erishiladi. 2-filtrlash tezligini uzluksiz ravishda rostlab turish filtrlash jarayonlarida optimal (eng maqbul) rejimga erishishning asosiy omili bo‘lib hizmat qiladi. Oldindan belgilangan filtrlash tezligini o‘zgarmas holda tutib turish esa avtomatik tarzda rostlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tabiiy suvlarni “yuqoridan pastga” yo‘nalishga filtrlash jarayonida suv tarkibidagi mayda dispers zarrazalar filtrlovchi qatlamda tutib qolinishi barobarida qatlamning gidravlik qarshiligi ham ortib boradi, filtrlash tezligi esa kamayadi. Bunda filtrat tarmog‘idagi zadvijkani(gidravlik qarshilik oshishiga mos ravishda) ochib borish bilan filtrlash tezligini o‘zgarmas holda tutib turishga erishiladi. Filtrat tarmog‘idagi zadvijka “to‘liq ochilgan” holatga yetgach, “filtratsiya jarayoni” to‘xtatilib, qurilma “regeneratsiya jarayoniga” o‘tkaziladi va filtrlovchi qatlamni yuvish uchun suv “pastdan yuqoriga” yo‘nalishda nasos yordamida uzatiladi.