qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o„zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi.
1-mashq. Quyidagi so‘zlarning o‘zbek tilida paydo bo‘lish sabablarini aniqlang.
Kollej, litsey, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat.
2-mashq. Matnni o‘qing va undagi g‘oya haqida o‘z fikringizni bayon qiling.
Podshoh bir kuni vazirlariga:
– Menga eng lazzatli taom pishirib keltiringlar, – dedi. Vazirlar maslahatlashib, unga
tildan taom pishirib keldilar. Taom podshohga ma‟qul bo„ldi. U:
– Endi esa menga eng achchiq narsadan tayyorlangan ovqat olib kelinglar, – deb farmon
berdi. Bu gal ham unga tildan ovqat pishirib keldilar. Podshohga topshiriqning ijrosi
maqbul bo„ldi. Nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |