Mavzu: kirish. O'Simliklar fiziologiyasining o’rganilish tarixi reja


BIOLOGIK MEMBRANANING TUZULISHI , XOSSALARI, O`TKAZUVCHANLIK VA FAOL TRANSPORT TIZIMLARI



Download 149,89 Kb.
bet20/21
Sana31.01.2023
Hajmi149,89 Kb.
#906093
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
tarixi

BIOLOGIK MEMBRANANING TUZULISHI , XOSSALARI, O`TKAZUVCHANLIK VA FAOL TRANSPORT TIZIMLARI.
Reja:
1.Protoplazmaning fizik-kimyoviy xossalari
2.Biologik membrananing kimyoviy tarkibi.
3. Hujayra o`rtasidagi bog`lanishlar.
Tayanch iboralar: Membrana, diffuziya, ionoforlar, qo`zg`alishlar.
Membranalar tufayli regulyatsiya membrana tashuvchiligi jarayonidagi siljishlar ya'ni membrana fermentlarining faolligi o'zgarishi natijasida regulyator oqsillar va fermentlarning membranalardan ajralishi yoki bog'lanishi asosida yuzaga keladi. Oldingi 1-bo'limda keltirilgan membrananing funksiyalari, xususan tashuvchilik, osmotik, energetik va boshq. bir vaqtning o'zida hujayra ichida moddalar almashinuvining har xil tomonlari mexanizmining regulyasiyasi hisoblanadi. Ushbu barcha mexanizmlarda asosiy o'rinni membrana tizimining xemo-, foto- va mexanoretseptorlari regulyatsiyasi egallaydi. Chunki bu retseptorlar hujayraga tashqi va ichki muhitdagi sifat va miqdor o'zgarishlarini baholash hamda shular asosida membrana xossalarining o'zgarishiga yordam beradi.
Fermentlar faolligining kontaktli regulyatsiyasi ER va GA to'rlarida tuzilayotgan va modifikatsiyalashayotgan oqsillar regulyasiyasiga tegishlidir. Yuqorida aytib o'tilganidek fermentlarning membranaga bog'lanishi yoki ulardan ajralishi ham ular faolligining o'zgarishiga olib keladi.
Masofali membrana regulyasiyasi fermentlarning hujayra ichkarisidagi faolligini xususan substrat va kofermentlarni etkazishda, reaksiyalar mahsulotlarini chiqarishda, kompartmentlarda ionlar va nordon-ishqoriy ko'rsatkichlarning so`rilishida, fermentlarning fosforirlanishi va boshqa jarayonlarni boshqarishga qaratilgandir. Shuningdek Ca2+ ionlari regulyator oqsil bo'lgan kalmodulin bilan birgalikda har xil oqsillarni fosforirlanishida qatnashadigan proteinkinaza fermentini faollashtiradi. Kalsiy ionlari sitoplazmaning harakatlanishi, mitoz, sekresiya va boshqa jarayonlarning regulyasiyasi uchun zarurdir.
Genlar faolligining membranali regulyatsiyasi. Ushbu hol replikatsiya darajasida, transkripsiya, translyasiya va prosessing jarayonlariga talluqli bo'lib kontaktli va masofali regulyatsiya asosida yuz beradi. Kontaktli membrana regulyatsiyaga misol qilib yuzasida ribosomalar joylashgan donador endoplazmatik retikulumni ko'rsatish mumkin. Masofali membrana regulyasiyasiga misol qilib DNK, RNK va oqsillar hosiladorlarining tashiluvini, oqsil regulyatorlarning ajralib chiqishini ko'rsatish mumkin.
Xromosomalar va ribosomalar apparatining membranali regulyasiyasiga ionlar nisbati ham katta ta'sir qiladi. Masalan, mRNK sintezida qatnashuvchi RNK-polimeraza 11 fermentining faolligi ion kuchining 0,4 molG’l bo'lgunicha ortib boradi va unga pH 7,5 hamda Mn2+ ionlari zarur bo'lsa, rRNK sintezida qatnashuvchi RNK-polimeraza 1 fermentining faolligi past ion kuchida, pH 8,5 va Mg2+ ionlari ishtirokida ro'y beradi.
Hozirgi vaqtda tashqi ta'sirga nisbatan hujayra ichki muhitida ionlar gomeostazining o'zgarishi mitoz va genlar faolligi differensiasiyasi jarayonlariga birlamchi induktor- turtki bo'lishi mumkin deb hisoblanadi. Xususan, pH muhitning nordon tomonga surilishi hujayralarning bo'linishini chaqiradi. Shuningdek oqsillarning sintezlanishi ionlarning tarkibi va miqdoriga tubdan bog'liqdir. Masalan, ribosomalar va poliribosomalarning yig'ilishi uchun Mg2+ ionlari zarurdir. Translyatsiyaning initsiatsiyasi uchun pH 7,4-7,6 va muhitdagi K+ (NH4+) ionlarining miqdori 30-50 mmol/l atrofida bo'lishi lozim. Polipeptidning elongatsiyalanishi uchun pH 8,3-8,4 atrofida va K+ yoki NH4+ ionlarining kontsentratsiyasi 150 mmolG’l darajadan oshmasligi kerak.
Trofik regulyatsiya. Hujayralar, to'qimalar va organlarning oziqa moddalari tufayli bog'liqligi ularning nisbatan oddiy o'zaro ta'siridir. O'simliklarning ildizlari va boshqa geterotrof organlar barglarda fotosintez jarayonida sintezlanadigan assimilyatlarga muhtojdir. O'z navbatida o'simliklarning yer ustki qismlari ildizlar orqali suv va mineral tuzlarning so'rilishiga muhtojdir. Ildizlar barglardan keluvchi assimilyatlarni o'z ehtiyoji uchun ishlatadi. Ammo transformasiyalangan organik moddalarning bir qismi ildizdan barglarga tomon harakatlanadi. Ajratib olingan ildizlar o'ta toza-steril muhitda mineral moddalardan tashqari nikotin kislotasiga va B1 hamda B2 vitaminlariga muhtojdir. Ushbu vitaminlar ildizlarga poyadan kelishi mumkin.
Oziq elementlar miqdoridagi o'zgarishlar o'simlik hujayralaridagi moddalar almashinuviga, fiziologik va morfologik jarayonlarga ta'sir qiladi.
O'simlik organizmiga u yoki bu mineral moddalar etishmasa o'ziga xos o'zgarishlar yuzaga kela boshlaydi. Masalan, o'simlikka mineral moddalarning etishmasligi organlar o'rtasida raqobatni yuzaga keltirib morfogenezda o'zgarishlar bo'lishiga olib keladi. Uzun kunli o'simliklarning gullashi uglevodlarning miqdori ortib azotli birikmalarning kamayishi natijasida tezlashadi. Kalta kunli o'simliklarning gullashida esa buning teskarisi, ya'ni uglevodlarning kamayishi, azotli birikmalar miqdorining ortishi bilan boradi.
O'simliklarning trofik regulyatsiyasi sifatga nisbatan ko'proq miqdoriy xarakterga ega. O'simliklarga oziq etishmaganda ularning rivojlanishi ichki qonuniyatlarga asosan boradi va ularda organlar kichraygan holda shakllanadi hamda barglar, mevalar va urug'larning soni kamayadi. Ammo shuni aytib o'tish lozimki, o'simlikda kam meva shakllansa ham ularning o'lchamlari muqobil sharoitda o'sgan mevalardan qolishmaydi.
Binobarin, o'simliklar olamida trofik regulyasiyadan tashqari o'simliklar organlarining o'zaro aloqasini amalga oshirib turuvchi, yanada takomillashgan regulyatsiya tizimi ham mavjuddir


Download 149,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish