Bog'liq Mavzu Kirish. Kvant o‘lchamli effektlar. Kvant o‘ra, kvant ip,
1-ma’ruza
Mavzu: Kirish. Kvant o‘lchamli effektlar. Kvant o‘ra, kvant ip, kvant nuqta Kvant o’lchamli effektlar(samaralar) O’lcham effekti daganda jism xossasining uning o’lchamiga bog’liqligi tushiniladi. Bu effect jismning biror yo’nalish bo’yicha o’lchami qandaydir kritik kattalik bilan solishtirsa bo’ladigan holda paydo bo’ladi. Klassik o’lcham effekt-larida klassik kattalik sifatida masalan, elektronning erkin yugurish yo’li, uning diffusion uzunligi va h.k.lar bo’lishi mumkin.
Elektron tuzulmalarda kvant o’lchamli effektlar uzunlik rolini aniq kvant kattalik bo’lgan elektronlarning de Broyl to’lqin uzunligi o’ynaganida, ya’ni tuzulmaning o’lchami hech bo’lmaganida birorta yo’nalish bo’yicha taribida bo’lganida kuzatiladi. Kvant o’lchamli effektlar elektronlarning to’lqin tabiati bilan bog’langan.
Nanoo’lchamli sohalarda elektronlarning o’zini tutishi uning bunday muhit chegaralaridan qaytishi, electron to’lqinlarining interferensiyasi, to’lqinlarning po-tensiyal to’siqlardan o’tishlari bilan aniqlanadi. Bu hodisalar bilan nanotuzilmalardagi kvant o’lchamli effektlar, masalan, o’z ko’chishlarida fazoviy cheklanishlarga ega bo’lgan elektronlar energiyasining kvantlanishi, electron-larning nanometrli dielektrik qatlamlar orqali o’tishi, nanosimlar qarshiligining kvantlanishi va h.k.lar tushintiriladi.
Kristallda tezlik bilan harakatlanayotgan elektron uchun de Broyl to’lqin uzunligi quyidagiga teng bo’ladi:
, (1)
bu erda - elektronning effektiv (samarador) massasi, - esa uning kinetic energiyasi.
Kristalllardagi erkin elektronlarni qarab chiqamiz. Kristall bo’ylab nafaqat erkin ko’cha oladigan, balki tashqi ta’sirlar ostida o’z energiyasini o’zgartira oladigan elektronlar erkin hisoblanadi.
Metallarda unchalik katta bo’lmagan haroratlarda Fermi sathi yaqinidagi elektronlarnigina erkin deb hisoblash mumkin. Shuning uchun erkin elektronlar uchun
, (2)
bo’ladi.
Metallarda , bu erda - erkin elektron massasi. va larning qiymatlarini ning formulasiga qo’yib kristall panjara doimiysi kattaligi tartibidagi qiymatga ega bo’lamiz.
Yarimo’tkazgichlarda xona haroratida ga teng bo’ladi. Elektronning effektiv massasi turli yarimo’tkazgich materiallarda keng oraliqda o’zgaradi. Masalan, kremniy uchun ga GaAs uchun ga, yarim metal vismut uchun esa ga teng va shu tufayli bu materiallar uchun mos ravishda bo’ladi.
Yarimo’tkazgichlarda de Broyl to’lqin uzunligi matallarga qaraganda sezilarli katta bo’lgani uchun kvant o’lchamli effektlarni yarino’tkazgichlarda amalga oshirish texnologik nuqtai nazardan ancha oson bo’ladi. Shuning uchun bu effektlarni tadqiq qilish va elektronikada ishlatish uchun nanotuzilmalarni shakl-lantirish asosan yarimo’tkazgichlarda amalga oshiriladi.
Shuni takidlash lozimki, kvant o’lchamli effektlarni, elektronlarning o’rtacha erkin yugurish yo’li qaralayotgan soha o’lchamidan ortiq bo’lganida, sohaning chegeralari yuqori darajadagi mukammallikka ega bo’lib, de Broyl to’lqinlarini undan ko’zguli qaytadi degan shartlarda kuzatish mumkin.