Mavzu-1. Kirish. Ishlab chiqarish va energetikada ABTning o’rni
Reja:
1. Kirish. Fanning rivojlanish tarixi va asosiy namoyondalari.
2. ABT sharoitlarida elektr stansiya va elektr energetika tizimlarini boshqarish fani echadigan asosiy masalalar.
3. ABT sharoitlarida elektr stansiya va elektr energetika tizimlarini boshqarish fanining asosiy tushinchalari.
Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan fanlardan biri hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi.
Elektr energetikasining hozirgi taraqqiyoti ularning samarali ishlashini ta’minlovchi boshqarish usullarini ishlab chiqishi talab o’tadi.
Xalq xo’jaligining ko’pgina boshqa tarmoqlaridagi singari energetikada ham samaradorlik ikkita yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ulardan birinchisi yangidan ishga tushiriluvchi jihozlarni takomillashtirish, energetika tizimi parametrlari va tuzilmasini takomillashtirishga asoslangan. Bunday tadbirlar katta miqdordagi harajatlarni talab qilib, faqat yangidan ishga tushirilayotgan qurilma va ob’ektlarning holatlariga ta’sir o’tadi.
Ikkinchi yo’l uzatiluvchi elektr energiyaning sifati va miqdorini ta’minlagan holda, energetika tizimining holatini optimallash orqali maksimal darajada xalq-xo’jalik samaramini olishdan iborat.
Qisqa muddatli davr uchun ikkinchi yo’l bo’yicha hal o’tiluvchi masalalarning bir qismi bo’lib: keyingi optimallash uchun zarur bo’lgan ayrim agregat va stansiyalarning bir qator texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarning aniqlash; elektr energetika tizimining aktiv va reaktiv yuklamalarini elektr stansiyalari (ularning agregatlari) orasidagi optimal taqsimlash va elektr tarmoqning holatini optimallash masalalari hisoblanadi.
YUqorida qayd o’tib o’tilgan optimallash masalasi umuman bir vaqtda kompleks tartibda echilishi lozim. SHu bilan bir vaqtda komplesk optimallash masalalasining o’lchami (ya’ni ularda topilishi lozim bo’lgan noma’lumlar soni) juda kata bo’lganiligi sababli ularni yagona algoritm asosida yechish murakkab masala hisoblanadi. SHu sababli bu qiyinchiliklarni engib o’tishning asosiy yo’li masalalarni maqsadga muvofiq tarzda dekompozitsiyalash, ya’ni alohida masalalarga ajratib yechishdan iboratdir. Bu kompleks masala odatda quyidagi masalalarga ajratladi: elektr energetika tizimi holatini aktiv quvvat bo’yicha optimallash; o’nergetika tizimi holatini reaktiv quvvat bo’yicha optimallash; katta energetik birlashmasining holatini alohida tizimlar orasidagi quvvat oqimlarini hisobga olib optimallash.
Har bir alohida masalani yechish algoritmlarida ularni boshqa masalalarning natijalaridan foydalanib echib, lozim bo’lganda kompleks optimallashni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ushbu ma’ruzalar matnida o’nergetika tizimining sutkalik va qisqa muddatli holatlarni optimallash masalasi aniqlangan (ya’ni dastlabki parametrlarining qiymatlari aniq) ko’rinishda qaraladi. Amalda ko’pgina hollarda dastlabki ma’lumotlarning berilishi ehtimolli yoki qisman noaniq harakterda bo’ladi. SHunga qaramasdan masalalarni aniqlangan ko’rinishda olib yechish o’zini oqlaydi. CHunki, qisqa muddatli holatlarni boshqarishda dastlabki ma’lumotalr va mos holda ularni yechish real vaqt bo’yicha korreksiyalanadi, ya’ni to’g’rilanadi.
Ikkinchi yo’lni amalga oshirishda uzoq muddatli yoki yil uchun echiluvchi yana bir masala bo’lib, o’lektr stansiyalarining asosiy jihozlarini ta’mirlash va GESlarning suv omborlari holatlarini rejalashtirish hisoblanadi. Suv omborlarining holatlarini aniqlashda unga qo’yiluvchi daryolardan oqib keluvchi suv miqdorining kutilayotgan qiymati hisoblanadi. Oqib keluvchi suv miqdori o’htimolli harakterda bo’lib, tahlil uchun uzoq yillar davomidagi kuzatishlar natijalaridan foydalanishni talab o’tadi. Bu fanning alohida sohasini tashqil o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |