Mavzu: kirish. Fanning rivojlanish tarixi reja: O’simliklar geografiyasi fanining vazifasi



Download 209,5 Kb.
bet5/6
Sana14.01.2022
Hajmi209,5 Kb.
#361006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентация1

Botanik geografiya” asarida o’simliklarga abiotik omillarning ta’sirini yozadi.
  • Nemis tabiatshunosi A.Gumboltning (1769-1859) ishlari o’simliklar geografiyasida yangi yo’nalishni aiqlab berdi.
    • 1807 yilda Aleksandr Gumboldning “O’simliklar geografiyasiga doir g’oyalar” asari yaratilishi bilan bu sohada yangi davr boshlandi. A.Gumbold Yer sharining ko’pgina qismini kezgan. Chunonchi, Amerikada (5 yil), Sibir, Oltoy, Kaspiy dengizi bo’ylari va Yevropaning ba’zi yerlarida bo’lgan. U o’simliklar ekologiyasi, o’simliklar geografiyasi, o’simliklar sistematikasiga oid muhim ishlar qildi va bu soxalarni rivojlantirdi.
    • Gumboldning o’zining bu asarida qit’alar bo’yicha o’simliklarning iqlim sharoitiga bog’liq ravishda zonalar va mintaqalar bo’yicha tarqalishi ko’rsatiladi. U o’simliklarni kompleks tarzda o’rganadi. U birinchi bo’lib, o’simliklar gruppalari turlicha shakllanganligiga e’tibor beradi va ularni assotsiatsiya deb nomlaydi.
    • N.Lepexin o’simliklarni tarqalishi iqlim sharoitiga bog’liq deb, tog’ o’simliklari bilan shimoliy kenglikdagi o’simliklar o’zaro o’xshashligini ta’kidlab o’tadi.
    • K.Vildenov (1765-1812) “O’tshunoslik asoslari- Ocновы травоведения”- o’simliklarning tarqalishida ularning geologik jihatdan tarqalishini o’rganish zarur deydi. Shu bilan o’simliklar geografiyasi tarixiga asos soldi.
    • Rus botaniklaridan Pyotr Pallasning “Rossiya florasi” (1773-1778),Gmelinning “Sibir florasi” (1747), Stepan Krashennikovning “Kamchatka yerining tasviri”, “Peterburg florasi” (1730-1752) kabi asarlari hamda chet ellik Vildenovning “Ko’katshunoslik asoslari” (1792) degan asari ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Yuqorida ko’rsatilgan olimlar va xususan, Aleksandr Gumboldning g’oyalari, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Skau, Alfone,De-Kandol, Ch.Darvin kabi olimlarning asarlarida yanada rivojlantirildi.
    • Skauning “O’simliklar geografiyasining umumiy asoslari” (1822) Yer sharini 25 ta floristik olamga (tsarstv) ajratadi.Olamlarni esa-provintsiyalarga ajratadi. Bu ishi bildan u, turli kontitentda o’simliklarning turlicha bo’lishi va har bir kontinentning o’ziga xos o’simlik turlari bo’lib, turlarga boyligini ifodalaydi.Fitogeograflar O.de Kandol va uning o’g’li A.de Kandolning “O’simliklar geografiyasi” (1855), o’simliklar hayotiga yashash muhitining ta’siri ko’zdan kechirib,birinchi marta turlarning “yashash muhiti” tushunchasini fanga olib kirdi.
    • O’simliklar geografiyasini rivojlanishidaA.de Kandolning xissasi katta. Uning 2 tomli “O’simliklar geografiyasi” asari, o’simliklarning tarqalishi va taqsimlanishi haqidagi g’oyalar bilan to’ldirildi. Shu asosda o’simliklar geografik tarqalish qonuniyatiga ko’ra,bizning davrimizgacha yetib keldi. O’simliklar areallarining tuzilishi va katta-kichikligi ularning tashqi (iqlim) muhitiga va turning biologik xususiyatiga bog’liq. Ch.Darvin turlarning paydo bo’lishida botanik geografiya fani, bu muammolarni yechish yo’li deb xisoblaydi. Ch.Darvin turlarning paydo bo’lish markazinihal qiladi.
    • O’simliklarning yangi territoriyaga shamol yordamida, qushlarni uchib o’tishi natijasida tarqaladi.Ch.Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarlari biologiya fani, qolaverma botanik geografiya sohasidagi barcha chalkashlik va qarama-qarshiliklarga barham berdi va mazkur fanning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
    • Rossiyada, tarixiy geografiyaning rivojlanishida, Peterburg akademiyasining akademigi F.Rupraxtning “Qora tuproqli yerlar haqida geobotanik tekshirishlar” (1866), degan asari katta xissa bo’lib qo’shildi. U Rossiyaning turli joylaridagi o’simliklarni o’rganish asosida,bu joylarning turli xil tuproq iqlim sharoitiga ega ekanligi va turlarning tarqalishiturli geologik davrlarda sodir bo’lganligi haqida fikr yuritildi.
    • Engler (1844-1930) o’zining ishlarida filogenetik sistematika va tarixiy geologiya, paleobotanikaga suyanadi. U o’simliklar dunyosini Shimoliy vnetropika, Paleotropik,Janubiy (Avstraliya) va Okean floristik oblastlarga (tsarstv) ajratadi.
    • O’simliklarga oid ma’lumotlar Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayxon Beruniy (973-1046), Otto Brunfels (1488-1534), Sezalpin (1510-1603) va boshqa mutafakkirlarning asarlarida ham uchraydi. Ular o’simliklardan foydalanish haqida fikr yuritgan va giyoxnomalar yaratgan.
    • O’rta asrlarda O’rtaOsiyoda yashab ijod etgan olimlar Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va b. tabiiy fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Ular tabiat va undagi muvozanat o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqidagi o’zlarining fikrlarini aytganlar.
    • Buyuk alloma Muxammad Muso al-Xorazmiy (783-850) o’zining 847 yildagi yozgan “Kitob surat al-arz” asarida dunyo okeanlari, chuqurlikdagi qit’alar, qutblar, ekvator, cho’l, tog’, daryo va dengizlar, ko’llar, o’rmonlar, ulardagi o’simlik, hayvonot dunyosi, shu bilan boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltiradi.
    • Abu Nasr Farobiy (873-950) tabiiy va inson qo’li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. Tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, degan xulosa keladi. Farobiy Tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor bergan.
    • Abu Rayxon Beruniy koinotdagi xodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalarning o’zaro ta’siribilan tushuntirishga urinadi.
    • Beruniy shunday degan, yerdagi o’simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyat cheklidir. Ammo, o’simlik va hayvonlar cheksiz ko’payishiga ishtiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. U, o’ziningtabiiy-ilmiy izlanishlari tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi.
    • Abu Ali ibn Sino jahon madaniyatiga hissa qo’shgan yirik olim. Ibn Sinoning tog’larning vujudga kelishi va yer yuzining davrlar o’tishi bilan o’zgarib borishi, tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
    • Zaxiriddin Muxammad Bobur(1483-1530) sarkarda, tarixchi,mashshoq, ovchi, bog’bon, sayyox,tabiatshunos. U”Boburnoma” asarida har joyning geografik o’rni, qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh o’simliklari, joylari, qazilmaldari, hayvonot olami va aholisi berilgan. U ajoyib geobotanik bo’lgan. U o’simliklarni sevgan, bilgan. O’zbekistonning juda ko’p giyox va dorilarini, ularning xosiyati va ahamiyatini ta’riflaydi.
    • Bobur bir necha bor yer qimirlashi, oy va quyosh tutilishi kabi tabiiy xodisalarning guvoxi bo’lgan.
    • O’simliklar geografiyasi fanining rivojlanishida Osiyo, jumladan, O’zbekiston xududida olib borilgan botanik-geografik tekshirishlar ham tegishli xissa bo’lib qo’shildi. Bu soxada samarali ilmiy tekshirish ishlari olib borgan olimlarning soni juda ham ko’p. Masalan, M.G.Popov, I..Krashennikov, M.V.Kultiasov, P.N.Ovchinnikov, N.P.Pavlov, B.A.Bikov, Q.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, I.I.Granitov, V.A.Burigin, M.Orifxonova, N.T.Nechaeva va boshqalar shular jumlasidandir.
    • O’zbekiston botanik olimlarining O’zbekiston xududida olib borgan botanik-geografik tekshirishlari natijasida klassik ilmiy asarlar yozildi. Masalan, Q.Zokirovning “Флора и растительности реки Зарафшана”, Q.Z.Zokirov va boshqalarning “Растителный покров Узбекистана”, Ye.P.Korovinning “Растительност Средней Азии и Южного Казахстана”, I.I.Granitovning “Растителный покров Юго-западных Кызылкумов”, M.Orifxanovaning “Растительност Ферганской долины” va boshqalar.
    • 1807 yilda Aleksandr Gumboldning “O’simliklar geografiyasiga doir g’oyalar” asari yaratilishi bilan bu sohada yangi davr boshlandi. Aleksandr Gumbold (1769-1859) Yer sharining ko’pgina qismini kezgan. Chunonchi, Amerikada (5 yil), Sibir, Oltoy, Kaspiy dengizi bo’ylari va Yevropaning ba’zi yerlarida bo’lgan. U o’simliklar ekologiyasi, o’simliklar geografiyasi, o’simliklar sistematikasiga oid muhim ishlar qildi va bu sohalarni rivojlantirdi.
    • O’simliklar geografiyasi yangi-yangi ma’lumotlar asosida,dinamik ravishda rivojlanib, boyib kelmoqda. Ayniqsa, bu sohada keyingi yillar mobaynida ba’zi botanik olimlarning ishlari muhim o’rin tutadi (A.Gumbold, A.de Kandol, A.Grizebax, Ch.Darvin, N.I.Vavilov, F.Ruprext, D.I.Litvinov, A.N.Krasnov, V.V.Alyoxin, A.I.Tolmachev, A.L.Taxtadjyan, Ye.P.Korovin, Q.Z.Zokirov, I.I.Granitov, V.V.Kamelin, P.Q.Zokirov, Z.A.Xamidov va boshqalar, shular jumlasidandir).
    • 1975 yili XII Xalqaro Botanika kongressida doktor Zaxari Yer sharini floristik rayonlashtirishda shunday fikr bildiradi. Yer sharini floristik rayonlashtirishda, K.Z.Zokirovning botanik-geografik rayonlashtirish printsipi mos tushadi, deydi. Bunday rayonlashtirishda flora yoki o’simliklar qoplami (rastitelnost) olinishi kerak emas, faqat ikki xil ko’rsatkichli iqlim- issiqlik va namgarchilikni ko’rsatilishi kerak.
    • Q.Z.Zokirovning 4 pog’onali (chetыrex stupenchatuyu sxemu) sxemasi bu muammoni hal qilishda muhim rol o’ynaydi, bu sxema-klimatip, edifitip, senotip, formatsiya. Bu yerda birinchi pog’onada, albatta iqlim-klimatip, keyingi o’rinda edifitip, senotip, formatsiyalari turadi.
    • Senotip “o’sish shakli” (formom rosta) bilan farq qiladi (Serebryakovning hayotiy shakli sistemasi qabul qilingan).
    • Q.Zokirov, P.Zokirovlar o’simliklar qoplamining tarixiy rivojlanishida, asosan 3 xil element: iqlim, tuproq va o’simliklar qoplami (rastitelnost), ya’ni klimatiplar, edafitiplar va o’simliklar qoplami tiplari (yoki senotiplar).
    • Klimatiplar-quyidagi ekologik belgilar bilan ajraladi: gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar va eukserofitlar. Birxil iqlimdagi territoriyalarda bir qancha tuproq tiplari bo’ladi. Har bir tuproq tiplari bir-biridan muhim hossa va xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bir tuproqda o’sayotgan o’simliklar jamoasi boshqa tuproqdagi o’simliklar jamoasidan farq qiladi.


    Download 209,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish