Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy asoslari. Populyatsiyalar va ekotizimlar ekologiyasi


Populyatsiyaning xususiyatlari va tuzilmalari



Download 21,85 Kb.
bet6/7
Sana14.01.2022
Hajmi21,85 Kb.
#365385
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
eko1

Populyatsiyaning xususiyatlari va tuzilmalari.

Populyatsiyadagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan odatda o`zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot tsiklining turli fazalariga beqaror guruhlarga (poda, koloniya, oila va boshqalarga) mansubligi bilan farq qiladi. Populyatsiyadagi individlar soni har xil turlari orasidagina emas, balki bir tur ichida ham turli xil bo`ladi (bir necha yuzdan milliontagacha etishi mumkin). Populyatsiya egallagan joy chegaralarini aniqlash ko`pincha qiyin bo`ladi, chunki bu chegaralar doimo o`zgarib turadi.Populyatsiyadagi individlar bir xilda emas. Populyatsiyaning tarkibi va sonini o`rganuvchi demograflar fikricha populyatsiyadagi individlar bir-birlaridan jinsi va yoshi bilan keskin farqlanadilar. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg`ochi individlarning son jihatdan nisbati hisoblanadi. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo`shilishi bilan, ya`ni genetik qonuniyatlarga bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, unga ma`lum darajada tashqi muhit ham ta`sir etishi mumkin.

Ekologik nuqtai nazardan qaraganda populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi ushbu populyatsiyadagi mavqei bilan bog`liq. Masalan, parazit chuvalchanglar va jamoa bo`lib yashovchi hasharotlarda erkak jins faqat otalanish jarayonida ishtirok etishdan iborat bo`lgani uchun jinslar nisbati urg`ochilar tomon siljigan. Sut emizuvchilardan tuyoqlilar orasida ham ana shunday nisbat kuzatiladi. Monogam yirtqich sut emizuvchilar va qushlarda erkak jins bolalarga va urg`ochi jinsga oziqa tashishda ishtirok etadi. Shuning uchun ularda jinslar nisbati teng bo`ladi.

Jamoadagi populyatsiyalar turli o`lchamdagi maydonni egallashi va yoshlarining nisbatlari bilan farq qilishadi. T.A.Rabotnov populyatsiyadagi o`simliklar hayotini quyidagi davrlarga ajratib o`rgatishni taklif qiladi:

a) Latent davri – bunda o`simlik spora, urug` yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Masalan, terakning urug`i hayotchanligini 3 – 4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba`zi bir begona o`tlar esa (shumg`iya, zarpechak) urug`ining hayotchanligini bir necha o`n yillab saqlay oladi;

b) Virgil davri – o`simlikning maysalik davri, ya`ni yosh o`simlikning gullashgacha bo`lgan davri;

v) Generativ (etilish) davri – sporolar yoki gullash va urug` hosil bo`lish davri;

g) Senil (qarilik) davri – o`simliklarda fiziologik jarayonlarning susayishi, generativ ko`payish xususiyatning yo`qolish davri.

T.A.Rabotnov tushunchasiga ko`ra populyatsiyalarning invazion, normal va regressiv xillari bo`ladi. Invazion populyatsiya deyilganda, o`simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiyalar bo`lib, ular nihollar, yosh hamda voyaga etgan holdagi o`simliklardan tashkil topgan bo`ladi. Bunday populyatsiyaning urug`lari fitotsinozga tashqaridan kelib qolib, jamoada muhim o`rin egallamasligi yoki mutloq yashay olmasligi ham mumkin.

Regressiv turdagi populyatsiya generativ kupayish xususiyatini yo`qotgan populyatsiyadir. Bunday populyatsiyadagi individlar gullamaydi, yoki gullasa ham urug` va mevalari unuvchanligini yuqotgan bo`ladi. Bu esa populyatsiyaning fitotsinozda o`lib, yo`qolib, chirib ketayotganligini ko`rsatadi.

Normal turdagi o`simliklar populyatsiyasi jamoada rivojlanish davrining barcha bosqichlarini to`liq o`tkazuvchi o`simliklardir, ular spora yoki urug`lardan tortib, to voyaga etgan o`simliklar ko`rinishida uchraydi.


Download 21,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish