Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy asoslari. Populyatsiyalar va ekotizimlar ekologiyasi


Populyatsiyalar va ekotizimlar ekologiyasi



Download 29,14 Kb.
bet4/5
Sana24.04.2022
Hajmi29,14 Kb.
#578198
1   2   3   4   5
Populyatsiyalar va ekotizimlar ekologiyasi
Populyatsiya (yunoncha - populus xalq, aholi ma`nosidan olingan) - bu uzoq muddat davrida muayyan bir hududda yashaydigan yoki o`sadigan bir turga mansub individlar yig`indisidir. Populyatsiyaning biologik xusu­siyatlaridan biri - bir populyatsiyaga oid individlar boshqa popu­lyatsiya individlariga qaraganda erkin chatisha oladilar Populyatsiya atamasini 1903 yilda V. Iogansen tomonidan bir turga mansub, genetik bir xil xususiyatga ega bo`lmagan individlar yig`indisini tushuntirishda keltirilgan edi. Har bir populyatsiyadagi organizmlar miqdori bir me`yorda bo`lib, tashqi muhit sharoiti keskin o`zgarmaguncha u shu miqdorda saqlanib qo­lishi mumkinPopulyatsiyalar soniga yil fasllari bo`ylab tashqi muhit sharoiti­ning o`zgarishi ham ta`sir etib turadi. Masalan, Markaziy Osiyoda iqlim sha­roitining fasllar bo`ylab o`zgarib turishi ba`zi bir popu­liyatsiyalardagi individlar sonini o`zgarib turishiga sabab bo`lishi mumkin
Populyatsiyaning xususiyatlari va tuzilmalari.
Populyatsiyadagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan odatda o`zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot tsiklining turli fazala­riga beqaror guruhlarga (poda, koloniya, oila va boshqalarga) mansub­ligi bi­lan farq qiladi. Populyatsiyadagi individlar soni har xil tur­lari ora­sidagina emas, balki bir tur ichida ham turli xil bo`ladi (bir necha yuzdan milliontagacha etishi mumkin). Populyatsiya egallagan joy chegaralarini aniqlash ko`pincha qiyin bo`ladi, chunki bu chegaralar doimo o`zgarib tu­radi.Populyatsiyadagi individlar bir xilda emas. Populyatsiyaning tarkibi va sonini o`rganuvchi demograflar fikricha populyatsiya­dagi individlar bir-birlaridan jinsi va yoshi bilan keskin farqlanadilar. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg`ochi individlarning son jihatdan nisbati hisoblanadi. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo`shilishi bilan, ya`ni genetik qonuniyatlarga bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, unga ma`lum darajada tashqi muhit ham ta`sir etishi mumkin.
Ekologik nuqtai nazardan qaraganda populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi ushbu populyatsiyadagi mavqei bilan bog`liq. Masalan, parazit chuvalchanglar va jamoa bo`lib yashovchi hasharotlarda erkak jins faqat otalanish jarayonida ishtirok etishdan iborat bo`lgani uchun jinslar nisbati urg`ochilar tomon siljigan. Sut emizuvchilardan tuyoqlilar orasida ham ana shunday nisbat kuzatiladi. Monogam yirtqich sut emizuvchilar va qushlarda erkak jins bolalarga va urg`ochi jinsga oziqa tashishda ishtirok etadi. Shuning uchun ularda jinslar nisbati teng bo`ladi.
Jamoadagi populyatsiyalar turli o`lchamdagi maydonni egallashi va yoshlarining nisbatlari bilan farq qilishadi. T.A.Rabotnov populyatsiyadagi o`simliklar hayotini quyidagi davrlarga ajratib o`rgatishni taklif qiladi:
a) Latent davri – bunda o`simlik spora, urug` yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Masalan, terakning urug`i hayotchanligini 3 – 4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba`zi bir begona o`tlar esa (shumg`iya, zarpechak) urug`ining hayotchanligini bir necha o`n yillab saqlay oladi;
b) Virgil davri – o`simlikning maysalik davri, ya`ni yosh o`simlikning gullashgacha bo`lgan davri;
v) Generativ (etilish) davri – sporolar yoki gullash va urug` hosil bo`lish davri;
g) Senil (qarilik) davri – o`simliklarda fiziologik jarayonlarning susayishi, generativ ko`payish xususiyatning yo`qolish davri.
T.A.Rabotnov tushunchasiga ko`ra populyatsiyalarning invazion, normal va regressiv xillari bo`ladi. Invazion populyatsiya deyilganda, o`simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiyalar bo`lib, ular nihollar, yosh hamda voyaga etgan holdagi o`simliklardan tashkil topgan bo`ladi. Bunday populyatsiyaning urug`lari fitotsinozga tashqaridan kelib qolib, jamoada muhim o`rin egallamasligi yoki mutloq yashay olmasligi ham mumkin.
Regressiv turdagi populyatsiya generativ kupayish xususiyatini yo`qotgan populyatsiyadir. Bunday populyatsiyadagi individlar gullamaydi, yoki gullasa ham urug` va mevalari unuvchanligini yuqotgan bo`ladi. Bu esa populyatsiyaning fitotsinozda o`lib, yo`qolib, chirib ketayotganligini ko`rsatadi.
Normal turdagi o`simliklar populyatsiyasi jamoada rivojlanish davrining barcha bosqichlarini to`liq o`tkazuvchi o`simliklardir, ular spora yoki urug`lardan tortib, to voyaga etgan o`simliklar ko`rinishida uchraydi.

Download 29,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish