Mavzu: Kirish. Darsning maqsadi


IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash



Download 0,61 Mb.
bet4/36
Sana17.12.2019
Hajmi0,61 Mb.
#30729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
8 синф жахон тарихи


IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash.

  • O’qituvchi o’quvchilarni 3-4 ta guruhga bo’lib, mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalarni tarqatib, o’quvchilardan uning izohini so’rash orqali mustahkamlanadi;

  • Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali mustahkamlanadi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:

Savol va topshiriqlar

1. Rusni markazlashgan davlatga aylantirish qachon tugallandi va uning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat bo'ldi?

2. Rossiyada qanday boshqaruv tizimi qaror topdi?

3. Ivan IV Grozniy joriy etgan oprichnina nima va undan qanday maqsad ko'zlangan edi?

4. Nega oprichnina siyosati bekor qilindi? 5. Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronligi qay tariqa o'rnatildi?

V. Dars yakunlarini chiqarish.

1. O‘quvchilar savollariga javob berish;

2. Yakuniy umumiy xulosa chiqarish;

3. Faol qatnashgan guruh va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, baholarni e'lon qilish.



VI. Uyga vazifa.

1. O’rganilgan mavzu savollariga javob tayyorlash. 2. Mavzudagi asosiy tushunchalar va atamalarni daftarga yozish. 3. Mаvzuni аsоsiy mаzmunini so`zlаb bеrа оlish. 4. Kеyingi dаrsdа o`rgаnilаdigаn mаvzu bilаn tаnishib kеlish.



Sinf: 8

Fan: Jahon tarixi

Mavzu: Niderlandiya inqilobi

Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Niderlandiyaning qaramligi, Ispanlarga qarshi qo’zg’alon, Gollandiya Respublikasining o’rnatilishi haqida ma’lumot berish.

b) Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni axillik, do’stlik, vatanparvarlik, boshqa davlatlar tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash

c) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: Baxs-munozara

Dars jihozi: Tarix darsligi, mavzuga oid xarita, rasm, kompyuter, tarqatma material, testlar, krassvord, daftar, doska, bo’r.

Darsning tuzilishi:
I. Tashkiliy qism

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

III. Yangi mavzu bayoni

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

V. Dars yakunlarini chiqarish

VI. Uyga vazifa berish



I. Tashkiliy qism. Sinf xonalarini darsga tayyorlash (salomlashish, davomatni aniqlash), o’quvchilarni darsga jalb qilish. Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar haqida xabar berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

Uyga berilgan vazifalar topshiriqlar, savollar, testlar bo’yicha bajariladi.



  • Guruhlar tuzib kelgan krossvordlardan foydalangan holda o’qituvchi uni yechish uchun guruhlarga tarqatadi. Eng yaxshi tuzilgan krossvordni muallifi va krossvordni yechgan guruhlar rag’batlantiriladi;

  • Mavzuga oid tuzilgan testlar o’quvchilarga tarqatiladi va to’gri yechgan o’quvchilar rag’batlantiriladi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:


1. Rusni markazlashgan davlatga aylantirish qachon tugallandi va uning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat bo'ldi?

2. Rossiyada qanday boshqaruv tizimi qaror topdi?

3. Ivan IV Grozniy joriy etgan oprichnina nima va undan qanday maqsad ko'zlangan edi?

4. Nega oprichnina siyosati bekor qilindi?

5. Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronligi qay tariqa o'rnatildi?
III. Yangi mavzu bayoni.
Niderlandiya haqida. Niderlandiya XVI asrda hozirgi Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hududlaridan hamda Fransiyaning bir qismidan iborat bo 'lgan. Antverpen shahri (hozirgi Belgiyada) Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi edi. U, ayni paytda, jahon savdosining markazi ham bo'lgan. Antverpen Niderlandiyani daryo orqali Germaniya va Fransiya bilan, dengiz orqali esa Angliya hamda Skandinaviya mamlakatlari bilan bog 'lar edi. Antverpen ко 'chalaridan har kuni kamida 2 mingta savdo furgonlari o'tgan. Turli mamlakatlardan yuzlab kemalar shahar portiga kirib kelardi. Bir so 'z bilan aytganda, Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq xo'jaUgi rivojlangan boy mamlakat bo 'lgan. Biroq u mustaqil bo 'lmagan. Ispaniya uni o'z mulkiga aylantirganedi.

Qaramlikning oqibatlari. Ispaniya iqtisodiy jihatdan Niderlandiyaga qaraganda qoloq davlat edi. Biroq Ispaniya hamon harbiy qudratini saqlab kelardi. Ispaniya monarxiyasi bu yerda о 'zining qoloq boshqaruv tartibini o'matdi. Aholi juda katta miqdorda soliq to'lashga majbur etildi. Ispaniya qiroli xazinasiga Niderlandiyadan yig'iladigan soliq miqdori uning Amerikadagi mustamlakalaridan keladigan daromaddan 4 marta ortiq bo'lgan. Niderlandiyada «isloh qilingan din» (protestantlik) tarqalaboshlagach, qirol yuqori diniy lavozimlarga ispanlarni tayinlay boshladi. Bu yerda ham inkvizitsiyani va qonli qonunlarni joriy etdi. Ommaviy qirg'inlar uyushtirdi. Bu omillar Niderlandiya xalqining keskin g'azab-nafratini qo'zg'atdi.

Ispaniya zulmiga qarshi qo'zg'olon. Ispaniya qiroli Filipp II ning shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib borayotgan noroziligini to 'xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan zulmiga qarshi harakati tobora kuchaydi. Bu harakatda aholining keng qatlamlari - burjuaziya, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto dvoryanlaming bir qismi qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo'zg'olongarahbarlik qildi. Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566- yilda qo'zg'olonga aylandi. Qo'z- g'olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining tayanchi bo'lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar. Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.

Terror tartibining o'rnatilishi. Qo'zg'olonni bostirish uchun Ispaniya qiroli Filipp II gersog Alba boshchiligida saralangan qo'shin yubordi. Alba Niderlandiya hukmdori etib tayinlandi. Alba boshqaruv ishida terrorni, jallod qilichini va inkvizitsiyani qo 'lladi. Barcha masalalar «Isyonlar bo 'yicha Kengash»da hal etildi. Niderland xalqi Albaning yovuzligi tufayli bu Kengashni «Qonli kengash» deb atadi. Alba shafqatsiz jazo choralaribilanginacheklanib qolmadi. U «o'ndanbir» deb ataluvchi yangi soliq ham joriy etdi. Unga ко 'ra, savdogarlar har qanday savdo bitimidan keladigan daromadning 1/10 qismini qirol xazinasiga to 'lashga majbur edi. Biroq Albaning dahshatli jazo choralari ham ozodlik harakatini to 'xtata olmadi. Aksincha, niderlandlar kichik-kichik partizan guruhlarini tuzdilar. Niderlandiyani partizanlar kurashi chulg'ab oldi. Partizanlar Ispaniya qo 'shiniga qo 'qqisdan hujum qilardi. Tez orada qo 'zg 'olonga Niderlandiya savdo flotining dengizchilari ham qo'shilishdi. Ular Ispaniyaga qarshi dengiz urushi olib bordilar. Niderlandiya xalqining qo 'zg 'oloni mamlakat shimoliy qismining mustaqillikka erishishi bilan yakunlandi. Burjuaziya 1572- yilda Niderlandiyaning eng boy va obro 'li katta yer egasi Vilgelm Oranskiyni shimoliy hududlar hukmdori deb e'lon qildi. Ispaniyaning Niderlandiyadagi mavqei tobora zaiflashib bordi. Natijada 1573- yilda Alba Niderlandiyani tark etishga majbur bo'ldi. Filipp II faqat janubiy Niderlandiyani o'z qo'lida saqlab qola oldi. Gollandiya Respublikasining tashkil topishi. Ispaniya istalgan vaqtda shimolga qarshi yana hujum qilishi mumkin edi. Bunga qarshi tura olish uchun mamlakat shimolidagi viloyatlar 1579- yilda ittifoq tuzdilar. Bu ittifoq «Utrext uniyasi» deb ataldi. Uniya a'zolari xuddi yagona viloyat kabi abadiy birlashishga va Ispaniyaga qarshi birgalikda ozodlik uchun kurashishga va' da berdilar. Ayni paytda Uniya Filipp II ni taxtdan tushirilgan, deb e'lon qildi. Bu haqda Uniya qabul qilgan hujjatda, jumladan, bunday deyilgan edi: «Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, aksincha, hukmdorni odamlar manfaatlari uchun yaratadi. O'z fuqarolari manfaati uchun qayg 'urmagan hukmdor endi hukmdor emas. U bo’ysunishi lozim bo'1magan zolimdir». Uniya a'zolari ichida eng aholisi ко'pi va eng badavlati Gollandiya edi. Mustaqillikka erishgan shimol shu viloyat nomi bilan Gollandiya Respublikasi deb atala boshlandi. Respublika o'z mustaqilligini Ispaniyaning tan olishiuchunuzoq vaqt kurash olib borishga majbur bo'ldi. Faqat 1609- yildagina Ispaniya Gollandiyaning mustaqilligini tan oldi. Gollandiya Respublikasining tashkil topishi inqilobiy hodisa edi. Bu - Gollandiyada feodal tuzum butunlay barham topdi, degani edi. Endi hokimiyat burjuaziya qo'liga o'tdi. Gollandiyada kapitalizm gurkirab rivojlana boshladi. Shu tariqa Gollandiyada jamiyat bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o'tdi. Respublikaning Amsterdam shahri esa Antverpen o'rniga jahon savdosining markaziga aylandi.
IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash.

  • O’qituvchi o’quvchilarni 3-4 ta guruhga bo’lib, mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalarni tarqatib, o’quvchilardan uning izohini so’rash orqali mustahkamlanadi;

  • Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali mustahkamlanadi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:


Savol va topshiriqlar

1. XVI asrdagi Niderlandiya o'rnida bugun qanday davlatlar mavjudligini qayd eting va «Dunyo siyosiy xaritasi»dan

ularni toping.

2. Niderlandiyaning o'z davrida eng rivojlangan davlatga aylanishini ta'minlagan omillarni qayd eting.

3. Ispaniyaning niderland xalqiga o'tkazgan jabr-zulmlariga misollar keltiring.

4. Niderlandiya xalqining mustaqillik uchun kurashi qanday natijaga olib keldi?

5. Gollandiya Respublikasining tashkil etilishi tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?
V. Dars yakunlarini chiqarish.

1. O‘quvchilar savollariga javob berish;

2. Yakuniy umumiy xulosa chiqarish;

3. Faol qatnashgan guruh va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, baholarni e'lon qilish.


VI. Uyga vazifa.

1. O’rganilgan mavzu savollariga javob tayyorlash.

2. Mavzudagi asosiy tushunchalar va atamalarni daftarga yozish.

3. Mаvzuni аsоsiy mаzmunini so`zlаb bеrа оlish.

4. Kеyingi dаrsdа o`rgаnilаdigаn mаvzu bilаn tаnishib kеlish.

Sinf: 8

Fan: Jahon tarixi

Mavzu: Yevropada Uy’onish davri madaniyati.

I. Darsning maqsadi:

a)Ta’limiy maqsad:

-o’quvchilarga Yevropada Uyg’onish davri haqida ma’lumot berish;

-o’quvchilarda Renessans tushunchasining mazmunini hosil toptirish;

-mavzuga oid yangi atamalar bilan tanishtirish;

-Renessana vatani qayrdan boshlanganligi haqida ma’lumotlar berish;

-o’rganilgan materiallarni bir biriga qiyoslash.



b)Tarbiyaviy maqsad:

-o’quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarnio’qishga da’vat etish;

-o’z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash;

-jamoa bo’lib ishlash,o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish.



c)Rivojlantiruvchi maqsad:

-o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

-nutq madaniyatini o’stirish;

-o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish,hozirjavoblik,topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.



II. Darsning jihozi:

-rasmlar,buyuk mutaffakirlar haqida qo’shimcha materiallar;

-“Tarixiy loto”o’yini materiallari

-diagrammalar tasvirlangan plakatlar.

Texnik vositalari: Kompyuter

Dars turi: noan’anaviy.

Dars metodi: “Aqliy hujum”,”Guruhlar bilan ishlash”,”Venn diagrammasi”

III. Dasning borishi:

1.Tashkiliy qism: salomlashish,davomat,darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish.

2.”Aqliy hujum” uchun savol;

-Uyg’onish deganda nima tushuniladi?

Javoblar:

-uyqudan turish;

-turg’unlikdan qutilish;

-madaniy-ma’naviy yuksalish;

-Renessans;

-jaholat va mutaassiblikni rad etish;

-insonni ulug’lash;uning iste’dodini,aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish;

-Antik davr madaniyatini tiklash;

-Adabiyot va san’atda u dunyoni emas,hayotdagi go’zallikni kuylash;

-inson erki uchun kurash.

3.Yangi mavzuni tushuntirish:

Ilm-fan sohasida qolga kiritilga yutuqlar va buyuk geografik kashfiyotlar odamlarning olam haqidagi tasavvurlarini o’zgartirib yubordi.Madaniy aloqalarning kengayishiga imkon yaratdi.Shunday sharoitda bu davrning ilg’or allomalari havas qilsa arziydigan,bekami-ko’st namunani izlaganlar.Bunday namuna vazifasini qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati o’ynagan.

Insonning yangi ideal obrazi Italiyada vujudga kelgani bejiz emas.Bu davlatda ko’pgina shahar-davlatlar-Respublika tizimida yashab kelgani uchun demokratik tartiblarhamon kuchli edi.

Boy savdogarlar,bankirlar,manufaktura egalari butun dunyo bo’ylab savdo aloqalarini kengaytirar edi.Ular siyosatni,xalqaro munosabatlarni yaxshifaxmlar edi.Ular odatda:o’qimishli,bir necha tilni biladigan,dunyoqarashi keng,katta tajribaga ega odamlar bo’lgan.

Tez-tez o’tkaziladigan saylovlar,hokimiyat uchun raqiblik,bu odamlarda o’ziga bolgan ishonchni,uddabironlikni va so’z madaniyatini talab etgan.

Bu davr odamlari antic madaniyatini tiklash uchun ko’p harakatda bo’ldilar.Antik davri madaniyati ular uchun ibratli deb ko’ringan.

Italiya avvalom bor Buyuk Rim merosxo’ri edi,uning shaharlari antik fundamentlarida o’rnatilgan.

Olimlar,boy shaharliklar,oily zotlar qadimgi davrdan qolgan buyumlarni kolleksiya qilib,ularni saqlar edi:uy jihozlari,xaykaltaroshlik namunalari,antic tangalar,mebellar bilan uylar bezatilgan.

Eng asosiy masalalardan biri –bu lotin tilini avaylash,asrash.Buyuk Sezar,Sisiron muloqot qilgan til hammaga nasib etmas.Nutqda noto’g’ri qollanilgan kelishik muallifning obro’sini tushib ketishiga olib kelishi mumkin edi.Lotin tili bilag’onlari hurmatda edi.

4.”Guruhlarda ishlash”

Topshiriq:Uyg’onish davri mutaffakirlarini namoyish etish.

“ Antropologlar” guruhi – Leonardo da Vinchi

“ Etnograflar “ guruhi – Rafael

“ Lingvistlar “ guruhi – Sheksrir

“ Genetiklar “ – Mikelandjelo

IV. Leonardo da Vinchi haqida kinofilm ko’rish.

V. “Guruhlarda ishlash”. “ Tarixiy loto” o’yini.

Topshiriq. Jadvalni to’ldirish.

“ Antropologlar ” – Milelandjelo

“ Genetiklar “ – Leonardo da Vinchi

“ Lingvistlar “ – Rafael

“ Etnograflar “ – Shekspir



V. Dars yakunlarini chiqarish.

1. O‘quvchilar savollariga javob berish;

2. Yakuniy umumiy xulosa chiqarish;

3. Faol qatnashgan guruh va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, baholarni e'lon qilish.


VI. Uyga vazifa.

Sinf: 8

Fan: Jahon tarixi

Mavzu: Ilm-fan taraqqiyoti

Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Niderlandiyaning qaramligi, Ispanlarga qarshi qo’zg’alon, Gollandiya Respublikasining o’rnatilishi haqida ma’lumot berish.

b) Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni axillik, do’stlik, vatanparvarlik, boshqa davlatlar tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash

c) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: Baxs-munozara

Dars jihozi: Tarix darsligi, mavzuga oid xarita, rasm, kompyuter, tarqatma material, testlar, krassvord, daftar, doska, bo’r.

Darsning tuzilishi:

I. Tashkiliy qism

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

III. Yangi mavzu bayoni

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

V. Dars yakunlarini chiqarish

VI. Uyga vazifa berish

I. Tashkiliy qism. Sinf xonalarini darsga tayyorlash (salomlashish, davomatni aniqlash), o’quvchilarni darsga jalb qilish. Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar haqida xabar berish.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

Uyga berilgan vazifalar topshiriqlar, savollar, testlar bo’yicha bajariladi.



  • Guruhlar tuzib kelgan krossvordlardan foydalangan holda o’qituvchi uni yechish uchun guruhlarga tarqatadi. Eng yaxshi tuzilgan krossvordni muallifi va krossvordni yechgan guruhlar rag’batlantiriladi;

  • Mavzuga oid tuzilgan testlar o’quvchilarga tarqatiladi va to’gri yechgan o’quvchilar rag’batlantiriladi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:

1. «Uyg'onish davri» atamasiga izoh bering.

2. G'arbiy Yevropada Uyg'onish davrining o'ziga xos asosiy belgilarini qayd eting.

3. Uyg'onish davri yuz berishining sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz?

4. Uilyam Shekspir ijodi haqida so'zlab bering. 5. Leonardo da Vinchi, Rafael va Rembrandt ijodlarini taqqoslang.

III. Yangi mavzu bayoni.

Tabiat fanlari sohasidagi buyuk o'zgarishlar. XVI-XVII asrlarda ilm-fan taraqqiyotida katta yutuqlarga erishildi. Bu davrda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk olimlar Nikolay Kopemik (1473-1543), Jordano Bruno (1548- 1600) va Galileo Galiley (1564-1642)lar yashab ijod qildilar.Nikolay Kopemik о'z davri uchun har tomonlama chuqur bilim oldi. Krakov (Polsha) va Italiya universitetlarida o'qidi. Tasviriy san'at, matematika, falsafa, huquqshunoslik va tibbiyot kabi fanlarni o'rgandi. Maxsus moslamalar yordamida 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatdi.N. Kopernik о'z tadqiqotlariga suyanib, ming yillardan beri davom etib kelayotgan Yerning harakatsizligi haqidagi ta'limotdan voz kechdi. Yering Quyosh va o'z о'qi atrofida aylanishini isbotlab berdi. Bu xulosa о'sha davr fanidagi haqiqiy buyuk kashfiyot edi. Ayni paytda u cherkov aqidalariga mutlaqo zid xulosa ham edi. U o'z xulosalarini 1543- yilda chop etilgan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» deb atagan kitobida bayon etdi. N.Kopernikning xulosalari cherkovni g 'azablantirdi. Kitob chop etilgan davrda u о'lim to'shagida yotardi. Faqat о'limgina uni inkvizitsiyadan asrab qoldi. Keyinchalik, 1616- yilda cherkov Kopernik ta'limotini rasman taqiqladi.



Jordano Bruno. 1600- yil 17- fevral kuni Rim shahrida erkinlik va hurfikrlik dushmani inkvizitsiya hukmi bilan italiyalik faylasuf, astronom va shoir Jordano Bruno gulxanda kuydirib o'ldirildi.Xo'sh, nega shunday bo'ldi? Jordano Bruno dunyo qarashiga ko'ra, panteizm tarafdori edi. Yoshligidan xristian dini asoslari bilan birgalikda N. Kopernik ta'limotini о'rgandi. U turli ta' limotlar bo 'yicha о'zining mustaqil fikriga ega shaxs bo'lib voyaga yetdi. Shu tufayli u har qanday ta'limotga tanqidiy kо'z bilan qarardi. Uning qarashlari xristian cherkovi aqidalarini shubha ostiga qo'ya boshladi. J. Bruno o'z qarashlarini «Nola falsafasi» deb atadi. Unda olamning cheksizligi to'g'risidagi ta'limot ilgati surildi. U bunday deb yozgan edi: «Olam cheksiz, о'lchovsiz, uning oxiri yo'q. Olam markazga ega emas. Yer ham, Quyosh ham olamning markazi emas. Olam - son-sanoqsiz yulduzlardir va har bir yulduz yiroqdagi bir quyoshdir. Ularning har biri atrofida o'z yo'ldoshlari aylanadi. Olam abadiy mavjud va u yo'q bo'lmaydi».Inkvizitsiya uni gulxanda yoqib o'ldirishga hukm qildi. Keyingi avlod unga haykal o'rnatdi. Haykal ostiga esa: «U barcha xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun qatl etildi», deb yozib qo'yildi.

Galileo Galiley. G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob - teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yevropaning birinchi olimi edi. Uning tadqiqot ishlari Kopemikning ta'limotini tasdiqladi. G. Galiley bundan tashqari Oyda ham Yerdagi kabi tog'lar borligini va hatto Quyoshda dog'lar mavjudligini qayd etdi. G. Galiley о'z qarashlarini«Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro'yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi. Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. Tergov uning tinka-madorini quritdi. Manbalarda bunday deb yozilgan edi: «Bu xo'rliklar olimning buyuk g'oyalaridan voz kechishi va uqubatlardan yengilgan odamning azoblanishiga olib keldi». Oxir-oqibatda, inkvizitsiya uni о'z g'oyalaridan voz kechishga majbur etdi.

«Yashash, erkinlik va mulkka egalik huquqi». Bu davrda falsafa fani ham rivojlandi. Bu borada Angliyada katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ayniqsa, XVII asrda ijod qilgan Jon Lokk ilgari surgan g'oyalar keyingi asr faylasuflariga kuchli ta'sir ко'rsatdi. Uning asosiy xizmati insonning yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta'limotni yaratganligi bilan belgilanadi. Lokk, shuningdek, davlat hokimiyatini bo'lish, ya'ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta'limotni ham ilgari surdi. Siz O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o'rganish jarayonida bunday bo'linish nima ekanligini bilib olasiz.

Yangi ixtirolar. XVI-XVII asrlar yangi ixtirolar davri ham bo'ldi. Odamlar uchun energiyaning yangi manbalari juda zarar edi. Bu siz ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishning iloji yo'q edi.

XVI asrdan boshlab odamlar suv va shamoldan energiyaning yangi manbai sifatida foydalanishni o’rganib oldilar. Chunonchi, shu davrdan boshlab shamol-tegirmon ixtiro qilindi. Shunday tegirmon g’ildiragi beradigan energiya yordamida teriga ishlov berildi va ruda maydalandi. Bu davrda tokarlik dastgohining ixtiro qilinishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, ixtirolarning anchagina qismini tog’-kon sanoati sohasidagi ixtirolar tashkil etdi. Chunki shaxta konlari chuqurligi 200 metrdan 800 metrgacha yetgan edi. Bu esa shaxtalardagi suvni chiqarib tashlash ishini dolzarb muammoga aylantirib qo’ydi. Inson aqli bu muammoni о’sha davr sharoitida hal etishning yo’lini topdi ham. Chunonchi, shaxtalardagi suvni tortib oladigan pompa deb ataluvchi nasos ixtiro qilindi. Bu ixtiro shaxtadan suvni qo’1 kuchi bilan chiqarishga jalb etilayotgan 600 kishining о’nini bosdi.

XVII asrda ruda portlatish yo'li bilan olina boshlandi. Olingan ruda esa yog'och izlarda yuruvchi kichik vagonchalarda tashila boshlandi. Bu davrning yana bir yangiligi - toshko'mirdan foydalanish bo'ldi. Tog'-kon sanoati va metallurgiya rivojlangan hududlarda о'rmonlar maydoni tobora qisqarib bordi. Bu omil toshko'mirdan foydalanishning о'ylab topilishiga olib keldi. Angliya ко'mir qazib chiqarish markaziga aylandi.

1540- yildan 1640- yilgacha о'tgan yuz yil ichida ко'mir qazib chiqarish 250 ming tonnadan 1,5 mln tonnaga yetdi. Toshko'mir mamlakat hayotida kumushdan kam baholanmas edi. Yangi-yangi ixtirolar kitob chop qilish borasida ham yangilik yaratilishiga olib keldi. Chunonchi, endi suratli kitoblar ham chop etila boshlandi..



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish