Mavzu: Kirish. Biologiya fani vazifasi,maqsadi va muammolari



Download 0,5 Mb.
bet2/2
Sana07.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#168008
1   2
Bog'liq
biologiyadan dars ishlanma 10.11.15

AKT va multimediya:Elektron darslik,Internetdan olingan rangli rasmlar

Internet saydlari: Biologiya.uz.Ziyonet uz.Dilorom .uz.

Kutiladigan natijalar.

O`qituvchi:O`quvchining o`qishga bo`lgan ishtiyoqini ostiradi,o`quvchilarrni o`z ustida mustaqil ishlashga o`rgatadi.




O`quvchi:Berilgan ma`lumotni dars davomida mukammal o`zlashtirishi.




Kelgusi rejalar.

O`qituvchi:Ilg`or pedagogik texnalogiyalaridan oqilona foydalanish.

Dars samaradorligini oshirish

O`quvchi:Bilim doirasini kengaytirish.ilmiy asoslangan mantiqiy fikrlarni shakillantirish.





DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI


ISHNING NOMI.



BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI.

METODLAR.

VAQT.

1-bosqich.

Tashkiliy qism.



Salomlashish,davomad,sinf navbatchiligi,o`quvchilarni formasi,o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

Nazorat.


So`rov.

Kuzatish.




2

2- bosqich.

Refleksiya (ehtiyojlarini aniqlash)



Savol javoblar,fikriy doira asosida ijodiy fikrlar,fanga munosabat.

Og`zaki so`rov tezkor savollar





3

3-bosqich.

Uya berilgan vazifalarni

so`rash.

Botanika Zoologiya Odam va uning salomatligi fanlari yuzasidan savol javoblar



Aqliy hujm.

Savol-javob






10


4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni.


1.Biologiya fani haqida ma`lumot

2.Biologiya fani metodlari

3.Biologiya fani maqsadi ,vazifasi va muammolari



Ma`ruza

Aqliy hujum ko`rsatib berish





20

5-bosqich.

Mustaxkamlash.



Tezkor savol javob

Aqliy hujm



7

6-bosqich.

Baholash.Dars

yakuni.


5 baho,rag`bat,yakka holda ,guruhlarga bo`lingan holda baholash.

Aqliy hujm

Tezkor savollar.




2

7-bosqich.

Uyga vazifa va

Qo`shimcha topshiriqlar

berish.


Mavzuni o`qib test tuzib kelish.

Topshiriqlar.



1



Darsning borishi:

1-bosqich:Tashkiliy qism

Salomlashish.Davomatni aniqlash.Sinfni va o`quvchilarni darsga tayyorlash

2- bosqich:Refleksiya ehtiyojlarini aniqlash

3-bosqich:Darsliklar asosida savol javob

Darsliklar yuzasidan bilimlarni mustaxkamlash uchun savollar

1.Botanika fani nimani o`rganadi?

2.Kattalashtirib ko`rsatuvchi asboblarga nimalar kiradi?

3.Hujayra nima?

4. Zoologiya fani nimani o`rganadi?

5.Klassifikasiyaga kim asos slogan?

6.Qanotsiz qush?

7.Sanitarik qushlarni sanang?

8. Eng qadimgi qush?

9.Suvda va quruqlikda yashovchi eng katta hayvonlar?

10. Odam anatomiyasi fani nimani o`rganadi?

11.Odam organizmi nechta suyakdan iborat ?

12.Muskullar organizmda qanday vazifani bajaradi?

13.Eng katta bez?

14.Yuqumli kasalliklarni sanang?

15.Toq va juft organlarni sanang?

4-bosqich:Yangi mavzu bayoni

KIRISH.
Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno tarzda fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan 

Biologiya yunoncha bios-hayot,logos-fan, ya`ni hayot to`g`risidagi fan degan ma`noni anglatadi



G. R. Treviranus  J. B. Lamark.


Biologiya fani tirik bo`lgan barcha organizmlarni o`rganadigan fandir ya`ni tirik organizmlarni tuzilishi,funksiyasi,xilma-xilligi,rivojlanishi,yashash muhiti bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadi.Yerda hayot paydo bo`lgandan beri organik olam doimo rivojlanib borayapti,hech qachon to`xtab qolmaydi.


Biologiya fanlar sistemasi hisoblanadi, chunki Biologiya fanining sohalari juda ko`p. Masalan:Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya,Gidrobiologiya, Poleontologiya, Ekologiya.

Biologiya fani tirik organizmlarning ayrim jixatlari bo`yicha ham turli fanlarga ajratiladi.Chunonchi, Anatomiya- organizmlar,Fiziologiya-funksiyani, Embriologiya-murtak rivojlanashini, Sistematika- organizmlarning sistematik guruxlarini,o`zaro qarindoshlik munosabatlarini o`rganadi.

Biologiya fanining ba`zi sohalari tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo`lgan.Masalan: Biofizika, Biokimyo fanlari shular jumlasidandir. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.


Metodlar



KUZATISH





TAQQOSLASH




TARIXIY




EKSPERIMENTAL


Kuzatish metodi- Organizmlar va ularning atrof muhitida ro`y beradigan xodisalarni tasvirlash va taxlil qilish.

Bu metod, Botanika,Zoologiya,Biologiyaning ko`pgina sohalarida keng qo`llaniladi.Tirik organizmlarni miqdor va sifat ko`rsatkichlarini ta`riflashda ko`p qo`llaniladi.Turlarni aniqlashda ham keng qo`llaniladi.




Taqqoslash metodi- Tirik organizmlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlaridagi o`xshashlik va farqlarni taqqoslash metodi yordamida o`rganiladi.Bu metoddan Embriologiya, Poleontologiya, Anatomiya, Morfologiya fanlarida foydalaniladi. (9-rasm)


Shu usul yordamida 18 asrda K.Linney o`simliklar va hayvonlar sistematikasiga asos soldi.



Tarixiy metod- Tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlaydi,hayotiy xodisalarni o`rganadi. Bu metod orqali organik olamning evolyutsion ta`limoti yaratilgan.Tarixiy usulni biologiyada qo`llanilishi Ch. Darvinning nomi bilan bog`liq.Bu metod yordamida tirik tabiatning rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Masalan: Hozirda suvdan iborat bo`lgan yerlar,keyinchalik tekslikga aylanishi, teksliklar o`rnida suv paydo bo`lishi.

Eksperimental metod- ma`lum maqsadni ko`zlab barpo etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini kuzatish.Mikroorganizmlar, o`simliklar, hayvonlarning yuqori maxsuldor navlari va zotlarini yaratishda katta ahamiyatga ega.Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish,tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish,tibbiyotda ishlatiladigan dori darmonlarni olishda ,rangli metallar va radiaktiv metallar hamda rudalarni boyitish bu eksperimental metod hisoblanadi.
Limuzin buqasi.

Dakan xo`roz.





BIOLOGIYA FANINING AHAMIYATI.

I nsonlarning oziq-ovqati.

K iyim kechagi. O`simliklardan olinadi.

D ori- darmoni. Hayvonlardan olinadi.


BIOLOGIYA FANINING VAZIFASI.
1) Insonning oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini qondirish .Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun 100-120 gr oqsil iste`mol qilishi kerak.Vaholanki kunlik oqsil 50-60gr dan oshmaydi. Bu sohada seleksiyada ko`p yillardan beri qo`llanilib kelinayotgan duragaylash, genetik injineriya, genlarni sintez qilish, ko`chirib o`tkazish metodlaridan foydalanish samarali natija beryapti. (11-rasm)

2) Insonning salomatligi bilan aloqador. Olimlarning e`tirof etishicha 4000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi va ularning o`zgarishi bilan bog`liq.Insonlardagi irsiy kasalliklarni o`rganish ularni oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda eng xavfli xodisalardan biri tabiatning tobora kambag`allashib borayotganligidir. O`simlik va hayvon turlarining yildan –yilga kamayib ketayotganligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Faqat O`zbekistonning o`zida 400 dan ortiq o`simlik turi 400 ta hayvon turining noyobligi buning yorqin dalilidir.

3.Hujayra strukturasi va funksiyasii o`rganish ham umumiy

Biologiyaning muhim vazifasidir.
4.Biologiya fanining oldida turgan vazifalardan yana biri yovvoyi xonakilashtirilgan hayvonlar,madaniy o`simliklar genofondini saqlash vahayotga tadbiq etishdan iborat.


BIOLOGIYA FANINING MUAMMOSI.

1) Hayotning paydo bo`lishi.

2) Odamning paydo bo`lishi.

3) Bosh miya faoliyati mexanizmini o`rganish.

4) Odam umrini uzaytirish muammolari.

Tabiatni muxofaza qilishda qishloq xo`jaligida o`z-o`zidan bargini to`kadigan g`o`za navlarini yaratish, almashlab ekishni joriy etish,parazit va zararkunanda hasharot boshqa organizmlarga qarshi kurashning , shuningdek suv, havoning ifloslanishi,tuproq eroziyasi,sho`rlanishning oldini olish biologik usullarini izlab topish nihoyatda dolzarb vazifalardan biri edi.Hozirda bular o`z yechimini topdi. Hozirgi kunda Biologiya tez rivojlanayotgan fan bo`lib u erishayotgan yutuqlar insoniyatning kelajagi uchun nihoyatda muhimdir.


5-bosqich:Mustaxkamlash uchun savol javoblar.

MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
1. Biologiya so`zining ma`nosi nima?

2. Biologiya atamasini fanga kim kiritgan?

3. Biologiya fanining sohalarini ayting?

4. Bioloiya fanining vazifasi nima?

5. Biologiya fanining maqsadi nimadan iborat?

6. Biologiya fanining ahamiyatini ayting?

7. Tirik organizmlar deganda nimani tushunasiz?

8. Tirik organizmlarga nima kiradi?

9. Morfologiya fani nimani o`rganadi?

10 Anatomiya fani nimani o`rganadi?

11. Fiziologiya fani nimani o`rganadi?

12 Sistematika deganda nimani tushunasiz?

13. O`simlik geografiyasi deganda nimani tushunasiz?

14. Hayot so`zini izoxlang?

15. Tirik organizmlar tashqi muhitsiz yashay oladimi?Nimaga?

16 Organizmlar bilan muhit o`rtasida qanday o`zgarishlar yuz berib

turadi?

17. Biosenoz nima?

18 Biologiya f anining tadqiqot usullarini ayting?

19. Biologiya fanining muammosi nima?

20. Biologiya fanining tabiatni muxofaza qilishdagi va tibbiyotdagi

ahamiyati niimada?

6-bosqich:Baholash.Yakka tartibda.Kartchkalar asosida baholanadi.

5-ball, ofarin

4- ball,rag`bat

3-ball,harakat qil



7-bosqich:Uyga vazifa.

UYGA VAZIFA: Mavzuni o`qib test tuzib kelish.

.
Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish