Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Boborahim Mulla Vali o‘g‘li Mashrab Namanganda bo‘zchi kosib oilasida dunyoga kelgan. U «otashnafas shoir» sifatida shuhrat qozongan. Shoirning nomi xalq orasida juda keng tarqalgan va mashhur bo‘lgan. Xuddi shohnomaxonlik, rumiyxonlik, bedilxonlik, navoiyxonlik singari mashrabxonlik ham bardavom bo‘lgan. Asarlari qisman turli bayoz va tazkiralar, asosan, «Devoni Mashrab», «Devonayi Mashrab», «Eshoni Mashrab», «Hazrati Shoh Mashrab» nomlari ostida xalq orasida qo‘lyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalar orqali yetib kelgan. Uning hayot yo‘li haqidagi ayrim ma’lumotlar ham mana shunday kitoblarda haqiqat va to‘qimalar qorishiqligida saqlanib qolgan. Mashrabning otasi juda erta vafot etadi. Onasi Bibi Salima ip yigirish bilan oila tebratadi. Mashrab moddiy qiyinchiliklarga qaramay maktab ta’limini oladi. So‘fi Eshon mullo Bozor Oxund qo‘lida din va falsafa tarixini, fors tilini o‘rganadi.
So‘ng (taxm. 1665-yillardan) 7–8 yil davomida qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon huzurida muridlik maktabini o‘taydi. Mashrab she’riyatning mulamma, mustazod, muxammas, musaddas, musabba’ singari janrlarida ijod qilgan. Ammo
uning shuhratini, ayniqsa, g‘azal va murabba’lari oshirgan. Ular ning asosiy yo‘nalishi ishq-muhabbat bo‘lishiga qaramasdan, jtimoiy ohanglar ham katta mavqe tutgan.
Mashrab o‘zbek tasavvuf adabiyotini yangi bosqichga olib chiqqan. Uning asarlari tilining sodda va jonliligi, o‘zbekona so‘zlarning tabiiy va samimiy jarangi, xalqona ifodalarga, ayniqsa, maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib turadi. Ularning katta qismi sahli mumtane san’atining yorqin namunalaridir. Ularda tasavvufning eng qiyin va mushkul muammolari ham nisbatan oson va qulay shakllarda tasvirlab berilgan. Ayni mana shu xislatlar uning she’rlari xalq orasida ommalashib tez yodlanishi va hofizlar
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Mashrabning hayot yo‘li haqida nima deya olasiz?
2. Mashrab yashagan davr va muhit haqida nimalarni bilasiz?
3. Mashrabni tabiatan qanday odam sifatida tasavvur qilasiz?
4. Mashrab ijod qilgan janrlar haqida gapirib bering.
5. Mashrab asarlari bizga qay yo‘sinda yetib kelgan?
7. Mashrab she’rlari bilan aytiladigan qanday qo‘shiqlarni bilasiz?
Sizga ularning nimasi manzur bo‘lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |