Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy



Download 465,17 Kb.
bet23/192
Sana31.12.2021
Hajmi465,17 Kb.
#229554
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192
Bog'liq
Mavzu Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi dar-fayllar.org

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)


Ajratiladigan vaqt (reglament)


1

Tashkiliy qism


5 daqiqa




2

Ma’naviyat daqiqasi




3

O‘tilgan mavzuni takrorlash


5 daqiqa




4

Yangi mavzuni tushuntirish


25 daqiqa




5

Mustahkamlash


5 daqiqa




6

O‘quvchilarni baholash


5 daqiqa




7

Uyga vazifa berish




DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

«Devonu lug‘ot at-turk»da qahramonlik qo‘shiqlarining jamlangani ham alohida e’tiborga molik. Unda Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy parchalar ko‘p. «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang» kabi parchalar shular jumlasidandir. Ularda jang manzarasi, dushman lashkarining qiyofasi va holati, botirlarning ularga

qarshi shiddatli va matonatli kurashlari juda yorqin, badiiy ta’sirchan tarzda ifodalangan. Bu silsilada Alp Er To‘nga haqidagi marsiya ham mavjud. Alp Er To‘nga – turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobni Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi. To‘nga Alp Er – yo‘lbars kabi kuchli bahodir demakdir. «Devon»da uning Barman, Barsg‘an degan o‘g‘illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham ma’lumotlar bor.

Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobning bolalari xoqon, xon deb atalganini eslatadi. «Devon»da ana shu buyuk tarixiy shaxs – Alp Er To‘nga haqidagi bir necha to‘rtliklar saqlanib qolgan. Ular, asosan, Alpning vafotiga bag‘ishlangan. U tom ma’nodagi marsiya namunasidir. Marsiyada Afrosiyob – Alp Er To‘nganing o‘limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida baholanadi. Marsiyada esiz (yomon, yaramas, manfur), ajun (olam, dunyo), o‘dlak (vaqt, zamon taqdir) so‘zlarigina biroz eskirgan. Boshqa so‘zlar bugungi tilimizda ham faol iste’molda. Unda xalq orasidagi birdamlik, ko‘tarinkilik, hamjihatlik, ahillik, ezgulik Afrosiyob nomi bilan bog‘lab izohlanadi. Aksincha, uning o‘limi yovuz va yaramaslarning bosh ko‘tarishiga, ezgu ishlarning kamayishiga, bilimdonlarning ezilib,

axloq-odobning zaiflashuviga sabab bo‘lganligi ta’kidlanadi.

Marsiya davomida Afrosiyobning o‘ziga xos bo‘lgan alohida xislat va fazilatlari ham eslab o‘tiladi. Shunday yuksak fazilatlar egasining dunyodan o‘tishiga afsus va nadomatlar bildiriladi. She’rda ana shu chuqur qayg‘u va iztiroblar nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Alp Er To‘ngani qanday tasavvur qildingiz? Matnni yana bir karra o‘qib, taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

2. To‘rtliklar ketma-ketligida fikrlarning o‘zaro aloqadorligi seziladimi? Shu haqda o‘z munosabatingizni bildiring.

3. Birinchi banddagi qofiyalarga e’tibor bering. Ular band mazmunini yuzaga chiqarishda qanday o‘rin tutadi?

4. Alp Er To‘nga vafoti bilan bog‘liq iztiroblarning kishi qiyofasi va ruhiyatidagi namoyon bo‘lishi aks etgan bandlarni toping va izohlang


Download 465,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish