Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Dostondagi qator mavzularni yoritishda shoir turli xil afsona hamda rivoyatlardan foydalanadi. Dostonning uchinchi faslidagi «tutqunlik» mavzusida Nazrul Islomning zindondagi o‘y-xayollari, insoniy his-tuyg‘ulari mohirona va ishonarli tarzda bayon etiladi. Shoir onasini g‘am-qayg‘uga qo‘yganligidan iztirob chekadi. Nazrul Islom o‘zini gunohkor hisoblamaydi, agar gunohi bo‘lsa, u ham faqat onasining oldidagi farzandlik burchini ado eta olmaganida va xalqini ozodlik sari boshlaganida, deb biladi. Aslida, haqiqat ham shundan iborat. Shuningdek, shoir jafokash hind xalqining tinimsiz og‘ir mehnat qilishi, och-yalang‘och, uysiz, joysiz kun ko‘rishi va yurt boyliklarining huzurini kelgindi mustamlakachilar ko‘rayotganini o‘ylab yurak-bag‘ri o‘rtanadi.
Necha ming yil
Manglay tering
To‘kib yerga, qolding och.
Sen olamga
Ipak berib
O‘zing o‘tding yalang‘och.
Bebaho – fil suyaklaring,
Bahring aro – to‘la dur.
G‘avvos qilib go‘daklaring,
Kelgindilar oladur.
Shunday bo‘lsa-da, shoir tushkunlikka tushmaydi, ona yurti va o‘z xalqining ozodlikka erishishiga ishonadi, mana shu umid unga kuch bag‘ishlaydi. Dostonning so‘nggi faslida erksevar shoirning va hind xalqining orzusi ro‘yobga chiqqanligi tarannum qilinadi. Biroq tutqunlikdagi qattiq qiynoqlar, azob-uqubatlar shoirning bu baxtli kunlar shukuhidan benasib etadi. Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni shoir adabiy merosining, umuman, XX asr o‘zbek dostonlarining eng sara namunalari qatorida turadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1.«Yaxshidur achchiq haqiqat» she’rini izohlang.
2. «Inson» va «Yaxshidur achchiq haqiqat» she’rlarini o‘qib, ularning mazmun-mohiyati, badiiyati, lirik qahramonning his-tuyg‘ularini sinfda muhokama qiling.
3. Shoir she’rlaridan birini yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |