Mavzu: Kimyoviy elektr energiyasi manbalari Reja: Kirish



Download 0,55 Mb.
bet1/6
Sana22.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#690672
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Infokommunikatsiya mustaqil ish 1 Melikov Yashnarbek





Mavzu: Kimyoviy elektr energiyasi manbalari

Reja:

Kirish.
1. Kimyoviy tok manbalari: aniqlanishi, tuzilishi va tasnifi.
2. Birlamchi kimyoviy tok manbalari – galvanik elementlar: ishlash prinsipi va turlari.
3. Ikkilamchi kimyoviy tok manbalari – akkumulyatorlar: aniqlanishi, ko’rinishlari va tuzilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Ko‘pincha quyoshli, shamolli yoki mikrogidroelektr uskunalar tomonidan
ishlab chiqarilgan energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash muayyan qiyinchiliklar
tug‘diradi. Shuning uchun elektr quvvati odatda keyingi qo‘llash uchun maxsus
akkumulyator batareya (AB) larida saqlanadi.
Akkumulyator batareyalarning xavfsiz qo‘llanilishi uchun quyidagi qoidalarga
amal qilish lozim:
- batareya klemmalari orasida qisqa tutashish zanjirini yuzaga kelmirmaslik,
chunki bunda zaryadlangan batareyadagi qisqa tutashishning sezilarli miqdordagi
toki klemmalar kontaktlarini eritib yuborishi va termik kuyishga olib kelishi
mumkin;
- akkumulyator batareyalarini razryadlangan holda saqlamaslik lozim. Bu holda
elektrodlar sulfatatsiyasi ro‘y beradi va batareyalar o‘zining sig‘imini sezilarli
darajada yo‘qotadi;
- akkumulyator batareyani faqatgina qutblilik bilan mos ravishda qurilmaga ulash
kerak. Zaryadlangan batareya sezilarli miqdordagi energiyaga ega bo‘ladi va
noto‘g‘ri ulanganda qurilmani ishdan chiqarishi mumkin;
- batareya korpusini ochmaslik lozim. Uning ichidagi gelsimon elektrolit terining
kimyoviy kuyishini kelitrib chiqarishi mumkin;
- o‘z xizmat muddatini o‘tab b o‘lgan batareyalarni tarkibida og‘ir metallar bo‘lgan
mahsulotlarni utilizatsiya qilish qoidalariga muvofiq utilizatsiya qilish kerak.

Kimyoviy tok manbalari: aniqlanishi, tuzilishi va tasnifi.

O‘zida mavjud aktiv moddalardagi elektr kimyoviy reaksiyalarning borishi


natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy energiyani bevosita elektr energiyaga o‘zgartirib
beradigan qurilma kimyoviy tok manbai deb ataladi.
Galvanik element – bitta idishda joylashgan elektrodlar va elektrolitdan iborat
bo‘lib, bir yoki ko‘p karra foydalanishga mo‘ljallangan kimyoviy tok manbai
hisoblanadi. Galvanik elementning tok o‘tkazadigan qismi bo‘lib, elektrolit bilan
bevosita aloqada bo‘lgan va u bilan fazoviy chegara hosil qiluvchi elektrodlar
xizmat qiladi. Elektrolit – elektrodlar bilan fazoviy chegarada elektr kimyoviy
reaksiyalarni o‘tishini va ionli o‘tkazuvchanlikni ta’minlovchi xarakatdagi ionlarga
ega bo‘lgan suyuq yoki qattiq moddadir. Faol massa, elementning faol moddasi va
uning berilgan fizik-kimyoviy xossalarini ta’minlaydigan moddalar aralashmasidan
iborat bo‘ladi. Faol moddalar va elektrolit asosida yaratilgan element kimyoviy tok
manbaining elektr kimyoviy tizimi deb ataladi.
Barcha kimyoviy tok manbalari birlamchi va ikkilamchiga ajratiladi. Birlamchi
kimyoviy tok manbai bir martalik uzluksiz va uzlukli zaryadsizlanish uchun,
ikkilamchisi esa – zaryadlash jarayonida faol moddalarning kimyoviy
energiyasining tiklanishi hisobiga ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish