Fransuz olimi J.P.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p tajribalarida isbotlab berdi va 1809 yilda tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’rifladi: "Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega . Masalan, toza suvni bir necha xil usul bilan olish mumkin: - 1) vodorod va kisloroddan sintez qilib:
2H2 + O2 = 2H2O - 2) neytrallanish reaksiyasi asosida:
NaOH + HCl = H2O + NaCl - 3) metanni yondirib:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O - 4) kristallogidratni parchalash:
CuSO4 * 5H2O =5 H2O + CuSO4 - 5) gidroksidlarni qizdirish:
Cu(OH)2 = CuO + H2O - 6) kislotalarni parchalash:
Do'stlaringiz bilan baham: |