mavzu. Kimyo sanoatida suv. – laboratoriya ishi. Suvning qattiqligini aniqlash


Ion almashinish usullari bilan suvni yumshatish



Download 78,09 Mb.
bet5/5
Sana30.12.2021
Hajmi78,09 Mb.
#89199
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suvniq qattiqligi va uni yumshatish usullari

1.5. Ion almashinish usullari bilan suvni yumshatish.

Nazariy qism. Suv tarkibida Ca 2 + va Mg 2 + ionlarini yo’qotish uchun suv yumshatiladi. Suvni yumshatish fizik va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Suvni kalsiy gidroksidi yoki natriy gidroksid bilan ishlov berilsa suvning muvaqqat qattiqligi va CO2 yo’qotiladi.

Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 → 2 CaCO3 + 2 H2O

Ca(HCO3)2 + 2 NaOH → CaCO3 + Na2CO3 + 2 H2O

MgCl2 + NaOH → 2 NaCl + Mg(OH)2

CO2 + Ca(OH)2 → CaCO3 + H2O

Sodali usulda faqat doimiy qattiqligi yo’qoladi va karbonat angidridni biriktirib oladi.

(Ca,Mg )SO4 + Na2CO3 → (Ca,Mg)CO3 + Na2SO4

CO2 + Na2CO3 + H2O → 2 NaHCO3

Bu usulda suv to’liq yumshaydi. To’liq yumshatish uchun fosfatlli usul qo’llaniladi. Bunda suvga natriy fosfat qo’shiladi. Natijada ham karbonatli ham karbonatsiz qattiqlik yo’qoladi.

3 (Ca, Mg )Cl2 + 2 Na3PO4 → (Ca,Mg)3(PO4)2↓ + 6 NaCl

3 (Ca,Mg)Cl2 + 2 Na3PO4 → (Ca,Mg)3(PO4)2 ↓ + 6 NaCl

Eng arzon va qulay usul bu ion almashinish usuli bo’lib, unda suv ionlari orqali filtrlab o’tkaziladi(1 – rasm).

Kationitlarning asosiy texnologik xarakteristikasi bu almashinish sig’imi yoki yutish sig’imi (Ek) hisoblanadi. U kationitning ma’lum hajmi birligi qancha ionni yutishini ko’rsatadi. Kationitning almashinish sig’imi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Bunda: EK – kationitning almashinish sig’imi, mol/litr; KU – vodoprovod suvning umumiy qattiqligi, mol/litr; KC – VC ga yetguncha kationit orqali o’tkazilgan suvning umumiy hajmi, litr; Vk – kationit hajmi, litr.

Kationit ionining suvdagi ionlar bilan almashinish reaksiyasi qayta reaksiya bo’lib tez muvozanatga keladi ( 2 – rasm ).

Na2[kat] + Ca(HCO3)2 = Ca[kat] + 2 NaHCO3

H2 [kat] + MgCl2 = Mg [kat] + 2 HCl

Suv tarkibida natriyli tuzlar yoki kislota konsentratsiyasining ortishi yuqoridagi reaksiyalarni chapga siljitadi, ya’ni suvda kalsiy, magniy, temir kabi ionlarni kationitga yutilishi o’rniga aksincha jarayon kationitdan ularni siqib chiqarish boshlanadi. To’yingan kationitni regeneratsiyalash shunga asoslangan. Natriy kationi 5 – 10 % li natriy xlorid bilan regeneratsiyalanadi.

Ca[Kat] + 2 NaCl = Na2[Kat] + CaCl2

H – kationitini esa vodorod xlorid yoki sulfat kislota 1 – 2 % eritmalari bilan regeneratsiyalanadi.

Mg[Kat]Cl2 + 2 NaOH = Mg(OH)2 + 2 NaCl

Anionitni [An] deb yoziladi. Regeneratsiyalash uchun undan ishqor eritmasi o’tkaziladi.

[An]Cl2 + 2 NaOH = [An](OH)2 + 2 NaCl

Anionit sifatida turli sintetik g’ovak ion almashtiruvchi smolalar ishlatiladi. Masalan, aminoformaldegidli va karbamidoguanidinli smolalar. Kationit sifatida quyidagicha vodorod, natriy, anionit sifatida permotidlar, glaukomitlar, tseolitlar alyumosilikaltar, sulfoko’mir, smolalar ishlatiladi.



Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Suv tarkibiga ko’ra necha turga bo’linadi?

  2. Suvning umumiy qattiqligi qanday aniqlanadi?

  3. Trilon B ning tarkibi qanday?

  4. Suvni qanday usullarda yumshatiladi?

  5. Yer yuzida necha foiz toza suv mavjud?


Download 78,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish