MAVZU:KIMYO O‘QITISH METODIKASINING NAZARIY ASOSLARI Tuzuvchi:Adham Karatayev Reja:
1
- 1.1«Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
- 1.2 K.O.M fanining fanlar bilan uzviy bog'liqligi
2
- 2.1. Kimyo o'qitishning umumiy metodlari
- 2.2. Nazorat turlari
- 2.3. Kimyo fanining mazmuni
- 2.4. Kimyoni o'qitishda o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
1.1«Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni yangi o'quv rejalari, dasturlari va darsliklarining joriy etitishi zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni va yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Buning sababi oddiy edi, ya'ni ta'lim tizimidagi mavjud umumta'lim va kasb-hunar dasturlari o'rtasida uzviylik va vorislik yo'qligi tayanch va o'rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo'naltirilganlik hamda mehnat faoliyati ko'nikmalari shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Natijada yigit va qizlar o'z qobiliyatlari, ijodga va mehnatga moyilliklariga monand hayot yo'lini beigilab olishlarida ayrim qiyinchiliklar vujudga keldi.
. - O'quv jarayoni dasturi asosan bilim darajasi o'rtacha bo'lgan o'quvchilarga mo'ljallangan. Iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibda ishlash bo'yicha o'quv dasturlari mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmadi. O'quv dasturlarida ma'naviyat va axloq asoslarini o'rgatuvchi, iqtisodiy, huquqiy, estetik bilimlar beruvchi fanlarga yetarlicha o'rin berilmadi. O'qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi yetarlicha emasligi jiddiy muammo bo'lib qoldi, ayrim joylarda malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezildi. Milliy dasturning asosiy maqsadlaridan biri - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni yot mafkuraviy qarashlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma 'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir.
. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur: - «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv-ilmiy ishlab chiqarish majmuyi sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash; - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizirnini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; - kadrlar tayyorlash tizirni muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish - kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalling zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, mafkuraviy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |