2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi
Bugungi kunda kichik biznesning jahon mamlakatlari iqtisodiyotidagi
ahamiyati tobora oshib bormoqda. Agar bizning respublikamizda bu sohaga
bo‘lgan e‘tibor asosan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
vazifalariga bog‘liq holda keng avj olgan bo‘lsa, jahonning boshqa mamlakatlarida
kichik biznesning ustuvor ahamiyatlarini tan olish hamda ularni rivojlantirish
uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ancha ilgari boshlangan edi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikning bunday ustuvor darajadagi mavqeni
egallashi va ayni paytda davlatning tarkibiy-iqtisodiy siyosatida ustivor bo‘g‘in sifatida baholanishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lgan umumiylik belgilardan biridir.
Buni ko‘plab rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kuzatish mumkin,
chunonchi, AQSHda 1953 yildayoq Kongress tomonidan kichik biznes
ma‘muriyati tuzilgan bo‘lsa, Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish
umumdavlat dasturini amalga oshiruvchi davlat milliy markazlari tarmog‘i
tashkillangan bo‘lib, bunday markazlar ilk bor o‘tgan asrning 40-yillari oxirlarida
vujudga kelgan edi. Bu markazlar faoliyati hukumat qoshidagi kichik va o‘rta korxonalar boshqarmasi tomonidan tartibga solinib turiladi. AQSHda 1953 yili «Kichik biznes to‘g‘risida» Qonun qabul qilinib, unda: «Mamlakatning xavfsizligi va farovonligi kichik biznesning mavjud va salohiyatli imkoniyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishsiz taminlanishi mumkin emas» - deb ta‘kidlangan edi
Kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan milliy siyosatlar tizimida Janubiy
Koreya amaliyoti alohida e‘tiborga molik. Bu mamlakatda bir tomondan kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha qator davlat institutlari shakllantirilgan, ikkinchi tomondan, kichik biznesni rag‘batlantirish tizimi shunday takomillikka egaki,bunda kichik biznes sub‘ektlari o‘zlarida bozor sharoiti, raqobat muhiti uchun moslashish, ―immunitet‖ni shakllantira olmog‘i shart hisoblanadi. Shunga ko‘ra zamonaviy jahon xo‘jaligida kichik biznes mamlakatlar iqtisodiyotining eng dinamik rivojlanuvchi bo‘g‘inlaridir. Tashkiliy tuzilmalar orasida kichik biznes sub‘ektlarining texnik ta‘minoti shiddat bilan rivojlanib, ularning yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorliklari tobora takomillashib bormoqda. Bunga mos ravishda ularning innovatsion imkoniyatlari ham kengayib, rivojlanmoqda. Pirovardda, ko‘pchilik o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun kutilgan natija namoyon bo‘ldi, bugungi kunda kichik biznes aholining o‘z ijtimoiy talablarini qondirishida yetakchi o‘rin tutmoqda. Jumladan, Markaziy va SHarqiy
Yevropa hamda MDH mamlakatlari uchun kichik va xususiy tadbirkorlikni tashkil
etish – bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida asosiy hal qiluvchi element
hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda kichik biznes rejali iqtisodiyot sharoitida ustun
mavqeni egallagan yirik sanoat ishlab chiqarish majmualarining tanazzuli bilan yuzaga keldi va shu jihatdan ham kichik biznes – o‘tish davrining ―sinonimi sifatida tavsiflandi. Bunga yaqqol misol qilib, 1989-1994 yillarda birgina Bolgariyaning o‘zida kichik biznes sub‘ektlari soni 23000 dan 360000 taga yoki 15,7 martaga oshganligini ko‘rsatish mumkin. Bu holat Chexiyada yanada yuqori darajaga ega, ya‘ni, 1995 yilga kelib, mazkur mamlakatda kichik biznes mavjud xo‘jalik sub‘ektlarining 95 foizi, ayni paytda ijtimoiy mehnatda bandlarning 1/3 qismini o‘zida mujassam etgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ahamiyati haqida mulohaza yuritar ekanmiz, bu borada 2000 yilning 15 iyunida Italiyaning Boloniya shahrida 46 mamlakat ishtirokida o‘tkazilgan konferentsiyada qabul qilingan ―Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha Boloniya xartiyasida konferentsiya ishtirokchilari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bir qator ahamiyatli jihatlari e‘tirof etilganligini ta‘kidlab o‘tish joiz. Ushbu Xartiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy hayotdagi eng muhim qirralari sifatida, uning yangi ish o‘rinlarini yaratish, mintaqaviy va mahalliy xo‘jaliklar rivojlanishida yetakchi mavqega egaligi, ijtimoiy hamjihatlikni ta‘minlash, tarkibiy iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy muammolar keskinligini yumshatish hamda aholi qo‘shimcha daromadlari manbai sifatida kambag‘allik darajasini pasaytirish kabilarga alohida urg‘u beriladi.
Umuman, ko‘pchilik xorij mamlakatlari iqtisodiyotida kichik biznesning
o‘rni va hissasi juda salmoqlidir. Bu birinchi navbatda kichik korxonalar soni, unda band bo‘lgan xodimlar soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining hissasi bilan aniqlandi.
Fransiyada mayda hamda kichik biznes korxonalari bir-biridan tafovutlanib,
mayda biznes hissasiga barcha korxonalarning 90,3 foiz va ish bilan band
xodimlarning 20 foiz, kichik biznes hissasiga esa barcha ish bilan band
xodimlarning 47,9 foiz to‘g‘ri keladi. Sanoatda yangi korxonalarning 97 foiz
kichik biznesga to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning roli qurilishda, savdoda,
mehmonxona xo‘jaligi va umumiy ovqatlanishda, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida ayniqsa yuqoridir. Kichik biznesning ro‘yxatdagi har ikkinchi xodimi savdoda ishlaydi. Injener-qurilish ishlari sohasida kichik biznes hissasiga tovar aylanmasining yarmi to‘g‘ri keladi. Gollandiyada kichik korxonalar sohasi barcha xususiy korxonalarning 98,5 foizini qamrab oladi, bundan 90 foizi kichik korxonalar sirasiga kiradi. Kichik korxonalarda xususiy sektorda band bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i ishlaydi. Hizmat ko‘rsatish sohasidagi bandlikning nisbatan yuqori darajasi bo‘yicha Niderlandiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni tutadi.
AQSHda keyingi yillarda kichik korxonalar (sotishdan tushgan mablag‘
miqdori 19 ming dollargacha bo‘lgan korxonalar) soni ikki baravar ko‘paydi va 10
mln.ga yetdi, barcha korxonalarning 95 foizi kichik korxonalardir. Kichik biznes
yalpi milliy mahsulot o‘sishining yarmini tashkil etadi. Agar 80-yillarda 50 ta yirik
korporatsiya 3,5 mln. ish o‘rnini qisqartirgan bo‘lsa, kichik biznes sohasida 20 mln. yangi ish o‘rni tashkil etilgan edi. 1988-1990 yillarda yangi ish joylarining o‘sishi to‘lasicha kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri keldi. Bir qator ekspertlarning fikricha, kichik firmalar ish faolligining pasayishi mamlakatda iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin
Buyuk Britaniyadagi firmalarning deyarli 96 foizi kichik biznes sohasiga
taalluqli hisoblanadi. Ularga barcha ishchi kuchining 25 foizi hamda yalpi ijtimoiy
mahsulotning tahminan 20 foizi to‘g‘ri keladi.
Germaniyada 2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat ko‘rsatib,
ularda iqtisodiy jihatdan faol aholining qariyib 75 foizi mashg‘uldir. Bu korxonalar
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 50 foizini yetkazib bermoqda.
Umuman olganda, kichik sanoat korxonalari xalqaro federatsiyasining
hisob-kitoblariga
ko‘ra kichik korxonalar hissasiga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tahminan 50 foizi, kapital qo‘yilmalarning esa 30 foizidan
ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Kichik biznes hisobiga AQSH, Germaniya, Angliya,
Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ish o‘rinlarining 2/3 qismi yaratiladi.
Quyida keltirilgan 1-jadvaldan ko‘rish mumkinki, odatda, barcha ish bilan
band bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i mayda va kichik korxonalarda ishlaydilar.
3. O`rta biznesni rivojlantirishning jaxon tajribasi.
Italiya Respublikasida kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirishning bu tashkiliy shakli O’zbekistonda ham mavjud xususiyatlar asosida foydalanish mumkinligini e’tirof etmoqchimiz. Chunki bois konstellyatsiya usulini O’zbekiston amaliyotida ham qo’llash, kichik biznesda afzalliklar yaratadi, bular:
kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta’minlaydi;
texnologik jihatdan murakkab bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi;
korxonalarning ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshiradi; - marketing tadqiqotlarini o’tkazishning realligini ta’minlaydi.
Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari uchun tashqi bozor talablariga to’liq javob beradigan marketing majmuasi axborotlari bilan ta’minlangan bo’lishlari zarur. Bozorlarning o’ziga xos salohiyati va bozor kon’yukturasidagi o’zgarishlar bo’yicha joriy axborot tizimiga, kompaniyalarning barcha resurslari bevosita savdo faoliyatiga qaratilgan va asosiy xaridorlar bilan doimiy aloqa o’rnata oladigan tashkilotlar bu eksport savdo kompaniyalaridir. Jahon amaliyotida eksport faoliyatini tashkil etishning chet ellarda savdo uylarini ochish shakli ham tashqi mehnat unumdorligi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning shakli sifatida
keng tarqalgan.
O’zbekiston savdo uylarining chet ellarda tashkil etilishi mahalliy to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar eksport faoliyati samaradorligining oshishiga ham imkoniyat yaratadi. Kichik biznes sub’ektlarining tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida savdo vositachilari ko’mak beradi va hamkorlar va xaridor topishga dastlabki imkoniyat yaratiladi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini va xorijiy tajribani o’z ichiga qamrab oluvchi O’zbekiston Respublikasida 2011-2016 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini yanada rivojlantirish dasturi‖ni ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Uni ishlab chiqish jarayonida quyilagi jihatlarga alohida e’tibor berish lozim:
Birinchidan, KBvaXT shakllanishida va rivojlanishida tadbirkorlik va tadbirkorlik faolligi o’rtasidagi umumiy bog’liqlik omillaridan, avvalombor, ―Vaqtdan unumli foydalanish‖ (yildan yilga ijobiy natijalarga erishish), ―Ishlab chiqarish uzluksizligi yoki davomiyligi‖ (mavsumiy ishdan ko’ra ko’p yillik faoliyat afzalligi) va ―Samaradorlik‖ (naflilik) kabi ko’rsatkichlarga e’tibor berilishi zarur. Ikkinchi omil ko’proq kichik biznes sub’ektlariga taaluqlidir.
Ikkinchidan, tadbirkorlik mehnat va tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlari o’rtasidagi umumiylik omillariga, birinchi navbatda, kishilarning ―mehnatga yangicha munosabati‖ (mulk hissi, boyish istagi, yaratuvchanlik va h.k.) hamda ―mehnat faoliyati ijod, aql va tafakkur orqali amalga oshadi‖ (ayniqsa, kichik biznes uchun), ―mehnatga oqilona munosabat‖ (ko’proq fermer xo’jaliklarida) singari omil-ko’rsatkichlar soha tadbirkorlarining ma’naviy-aqliy shakllanishida muhim o’rin egallaydi. Bu esa, o’z navbatida, tadbirkorning boy ma’naviy qiyofaga ega bo’lishni, bilim–malakasini oshirishni o’z faoliyatiga yangicha qarashi va ishini oqilona tashkil etishini zaruriy maqsadga aylantiradi.
Uchinchidan, har bir tadbirkor o’z faoliyatini samarali tashkil etishda mehnat bozorining ishchi kuchiga bo’lgan talabi va tadbirkorlik qobiliyati xususiyatlarining umumiyligida, avvalombor, ―ijodkorlik‖ (innovatorlik), ―ishchanlik, ―yaratuvchanlik‖ (bunyodkorlik) kabi xususiyatlarga ijobiy, ustivor munosabatda bo’lishi talab etiladi.
Kichik biznes sohasini kengaytirish va samaradorligini oshirish asosida ushbu sektorni barcha tomonidan e’tirof etilgan vazifalarini to’liq bajarishni ta’minlash va rivojlantirishida yangi sifat bosqichiga o’tishini ta’minlashdan iborat. Kichik biznesni rivojlanishini jadallashtirish negizida uni yalpi ichki mahsulotdagi hisasini 66,1 foizga yetkazish.
Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes sub’ektlarining ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida dasturda quyidagi yo’nalishlarda kompleks choratadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:
tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va faoliyat yuritishning huquqiy me’yoriy bazasini takomillashtirish. Bunda mansabdor shaxslar tomonidan buyruqbozlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish borasida ularning mas’ulligini oshirishga muhim e’tibor qaratiladi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noqonuniy va asossiz aralashuvi holatlarini bartaraf etish;
yirik korxonalarni tarkibiy o’zgartirish natijasida bo’shab qolgan noturarjoy binolar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini kichik korxonalarga berish;
yirik sanoat korxonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun importga mo’ljallangan ehtiyot qismlar, detallar va kerakli uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha Dasturni amalga oshirish;
kichik biznes uchun mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish va sifatini oshirish
Dasturda kichik biznesni tashkiliy-huquqiy asoslarini ruy berayotgan o’zgarishlarga moslashtirib borish quyiydagi tartiblarni o’z ichiga qamrab oladi:
kichik biznesni bir maromda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
tadbirkorlik faoliyatining boshlanishi bilan bog’liq me’yoriy va huquqiy hujjatlarni soddalashtirish;
tadbirkorlarni huqo’qlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish va uni aslida harakat qilishini ta’minlash yo’li bilan ijobiy faol tardbirkorlik muhitini yaratish;
xususiy tadbirkorlarga xalqaro standart talablariga javob beradigan yangi maxsulot turlarini ishlab chiqarish uchun me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ko’maklashadigan infratuzilmani shakllantirish;
tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini noqonuniy va asossiz aralashuv holatlariga chek qo’yish;
mikro va kichik korxonalarda buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibini, ushningdek soliq va statistika organlaiga hisobotlarni tayyorlash va yetkazishni takomillashtirish.
Kichik biznes tadbirkorlik faoliyatini oshirishda davlat tomonidan qo’llab quvvatlashni samarasini oshirish maqsadida dasturda ushbu yo’nalish quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
davlat organlari, tadbirkorlarning jamoat tashkilotlari va tijorat tuzilmalari bilan hamkorligini ta’minlovchi mexanizmni takomillashtirish;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan investitsion loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmini oshirish, mahalliy xom-ashyo resurslaridan foydalanishni yaxshilash, qo’shimcha ishchi o’rinlarni tashkil etishga ko’maklashish;
doimiy faoliyat ko’rsatadigan ko’rgazma va texnologik uskunalar, mini texnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish;
kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Dasturda kichik biznesni innnovatsiya asosida rivojlanishini ta’minlash quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
texnologik jarayondlarni doimiy ravishda yangilab borish asosida mahsulot sifatini oshirish va resurslarni tejalishiga olib keluvchi inovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish mezanizmini takomillashtirish;
innovatsiyalarni xarid qilish va undan ishlab chiqarishda foadalanish amalga oshirish mexanizmini sifatida yaratilgan innovatsiyalarni tanlov asosida imtiyozli ravishda kichik korxonalarga sotish;
qisqa davrda ishlab chiqarishda aslida qo’llash mumkin bo’lgan innovatsiyaon ishlanmalarni davlat tomonidan ishlab chiqaruvchilarni jalb etgan holda moliyalashtirishni tashkil etish;
inovatsion tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash.
Kichik biznesni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash yo’nalishda Dasturda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
moliyalashtirish va sug’urta loyihalarini amalga kiritishni kengaytirish, kafolat berish va mexanizmini takomillashtirish;
operatsiyalarini qo’llash;
lizing;
byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga imtiyozli kreditlash va mikrokreditlash;
kichik biznes sub’ektlariga lizing asosida uskunalar sotib olishni mablag’lar bilan ta’minlash;
tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish va aylanma mablag’larni to’ldirish, xizmatlar ko’rsatish hajmini oshirishga qaratilgan kreditlar berish mexanizmlarini takomillashtirish;
mahalliy xom-ashyodan chet el kredit liniyalarini, shuningdek milliy valyutadagi mablag’larni jalb etgan holda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan miniuskunalar yaratish amaliyoti davom ettiriladi.
Kichik biznes sub’ektlarining moddiy-texnik ta’minoti bo’yicha kelgusidagi 2011-2016 yillarda amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish; - zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish.
Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi:
respublikada ishlab chiqarilayotgan mini uskunalar, texnologiyalar katologini tuzish;
viloyat misolida xom-ashyo, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslarning mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini takomillashtirish;
har bir tadbirkorlik sub’ektlarining xom-ashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojini shakllantirish tizimini takomillashtirish;
mamlakatda bu tadbirlar bajarilsa oziq-ovqat, chakana va ulgurji savdo yarmarkalarining keng ko’lamda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash.
Buning uchun, albatta, kichik biznes sub’ektlarini axborot-maslahat markazlari bilan ta’minlash orqali qo’llab-quvvatlash zarur. Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini axborot-konsalting xizmatlari bilan qo’llab quvvatlash quyidagilar orqali ta’minlanadi:
vazirlik idoralarining tegishli bo’limlari (Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Davlat bojxona boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar institutlar savdo boshqarmasi va boshqalar);
Savdo-sanoat palatasining va tadbirkorlikning boshqa jamoat tashkilotlarining axborot – maslahat bo’limlari, xususiy konsalting, auditor, advokat firmalari va soliq maslahatlari;
maxsus gazeta va jurnallar;
tadbirkorlarga standartlashtirish texnik-iqtisodiy ma’lumotlarni, kodlash va klassifikatsiya berish masalalari bo’yicha uslubiy va amaliy yordamlarni kengaytirish;
kichik biznes sub’ektlarining nafaqat buxgalteriya hisobi va moliya hisobotlarini yuritishda, balki mijozlarga o’z byudjetlarini rejalashtirishda huquqiy va konsalting ma’lumotlarni olishda rivojlangan darajadagi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borish imkoniyatlarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |