Mavzu: Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari
Kirish
I bob. Mavzuning adabiyotlardagi tahlili……………………………..
Kichik maktab yoshining o’ziga xos xususiyatlari………………….................
Kichik maktab yoshidagi bolalarda shahs xususiyatlarining shakllanishi ………………………………………………………..
II bob. Mavzuning emperik o’rganilishi.
2.1. Kichik maktab yosh davrida shaxs shakllanishiга doir tadqiqotlarning moxiyati……………………………………………………….…………………
2.2 Sinaluvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga o’z-o’ziga baxoning ta’sirini o’rganish…………………………………………………………………………...
Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….....
Kirish
“Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariy tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetuk shaxs, barkamol avlod bo’lib yetishishiga bog’liq. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – faqat zamonaviy asosda talim-tarbiya olgan, jaxonning manaman degan mamalakatlaridagi tengdoshlari bilan har qanday sohada bellasha oladigan jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir,”- Birinchi Prizidentimizning mana shu so’zlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarning barkamol avlod, komil inson qilib tarbiyalashda shaxs sifatida tog’ri shakllanishiga e’tiborni qaratish mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Shu bilan birga raqobatbardosh har tomonlama yetuk shahs xususiyatlarini o’zida namoyon qilgan yoshlarimizni tarbiyalash Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning ham asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o’tishimiz joyizdir.
XXI asr buyuk o’zgarishlar asri bo’layotganligiga hech shubxa yo’q. Bu o’zgarishlar eng avvalo inson tafakkurida uning fikrlash tarzida ro’y berayotganligi hech kimga sir emas. Tabiiyki, bu holat shaxs ma’naviyati va bu orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prizidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zaruriyati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar: “Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik , el-yurtiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur”, deb alohida ta’kidlardilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadr bo’lib o’z xalqi va yurtiga sidqidildan hizmat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt saodati uchun halol mehnat qilishga o’rgatishni nazarda tutadi.
Bu o’rinda o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhiyati qonunyatlarini o’rganuvchi yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining o’rni va ro’li benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutahassislar qilib tarbiyalash uzluksiz ta’limning bir bo’g’ini bo’lgan maktabda tahsil olayotgan yoshlar maktab ta’limi va tarbiyasining o’rnini nixoyatda oshiradi. Bu ish esa o’zidan tashqari, atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatlarda eng ilg’or va vatan taraqqiyotiga hizmat qiluvchi fikrlarni omma ongiga singdirish kabi muhim vazifani bajarishga hizmat qiladi. “Avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol shaхslar etib tarbiyalash, maktab ta’lim – tarbiya ishlarining samarasini tashkil etadi,“ deb yuqori ishonch bilan aytishimiz mumkin.
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrida ham optimal tarzda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obektiv va to’g’ri idrok etish qobilyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi va bu ishlarni ta’limning kichik bog’inlarida amalga oshirish kerakligi ayon bo’lib qoldi. Shu sababli O’zbekiston respublikasining “Talim tog’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”da boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasiga alohida ahamiyat berilganligi so’zimizning isboti bo’la oladi. Kadrlar tayorlash milliy dasturining asosiy tushunchalaridan biri- shaxs tushunchasi bo’lib, uning maqsadi ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |