Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana08.07.2021
Hajmi1,02 Mb.
#112718
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl (1)

Ishonch hissi. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va munosabatlarning to‘g‘riligi  

kichik  maktab  Yoshidagi  bolalarning  tafakkuri  jarayonida  aniqlanib,  mantiqiy  ravishda 

chiqarilgan  xulosalar  bilan    amaliyotning  o‘zida  yaqqol    isbot  bo‘lganida    ularda  ishonch 

hissi tug‘iladi.  

   SHubhalanish  hissi  kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarda  to‘liq  rivojlanmagan 

bo‘lib,  bu  his  asta-sekinlik  bilan  o‘quv  jarayonida    bolaning  o‘zi  chiqargan  qoidalari  yoki 

nazariyalariga  zid  bo‘lib,  ular  bilan  to‘qnashib  qolganida  tug‘iladigan  hissiyotdir.  Bu  juda 

muhim  hissiyot    bo‘lib,  u  to‘plangan  dalillarni  va  aytilgan  qoidalarni  har  tomonlama 

tekshirib  ko‘rishga  rag‘batlantiradi.  “Samarali  ilmiy  faoliyat  uchun  doimo  shubha  bilan 

qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur” ( I.P. Pavlov) Bu hislar bola qiyinchiliklarni 

engib,  o‘z  ishida  ma’lum  muvafaqqiyatlarga  erishganida    ahamiyatli  ravishda  rivojlanadi. 

Kichik  maktab  Yoshidagi  bola    o‘qish  va  yozishni  bilib  olganida,  o‘zi  misol  yoki  masalani 

echishni  o‘rganib  olganida  juda  katta  xursandchilik  hissini  boshidan  kechiradi. 

O‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga keltirish 

va  uni  bola  xarakterining  emotsional  jihatiga  aylantirish  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisining 

asosiy  vazifalaridan  biridir.  Kichik  maktab  Yoshidagi  o‘quvchilarning  intellektual  hislari 




uning  bilish  qiziqishlari  bilan  bog‘liqdir.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchisi  nima  bo‘lganiga,  

qaerda,  qachon  va  qanday  qilib  bo‘lganiga  juda  qiziqadi,  Shuningdek  uni  ”Nima  uchun 

bo‘ldi?”    savoliga  javobga  nisbatan  shu  voqea  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  faktlarning  o‘zi 

qiziqtiradi. 

Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi  doskaga chaqirilganda  u o‘qib berishga yoki  yozib 

berishga qo‘rqib, uyalib hijolat tortsa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish 

kerak,  ana  shunda  u  tortinmaydigan  bo‘lib  qoladi.  Qayta-qayta  doskaga  chiqaverish 

natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat butunlay «so‘nib qolishi» va yo‘k bo‘lib 

ketishi mumkin. 

Albatta,  bunda  shu  hislarni  tug‘diruvchi  manbaning  takrorlana  berishi  emas,  balki 

odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol o‘ynaydi. 

"Lekin  bu  qonuniyat  faqat oddiy      va      tez     o‘tib      ketadigan  hislarga  ya’ni,  bolaga  bir 

xilda  tasir  qiluvchi  va    mazmuni  chuqur  bo‘lmagan  obektlar    sababli  tug‘iladigan 

hislargagina  taalluqlidir.  Murakkab,  chuqur  hislar  bolada  shu  hislarni  tug‘dirgan  ob’ektlar 

bizga  qayta-qayta  ta’sir  o‘tkaza  berganida  yo‘q  bo‘lib  ketmaydi,  balki,  aksincha,  yana  ham 

kuchli  va  barqaror  bo‘lib  qoladi.  Masalan,  muzika  asarlarini  qayta-kayta  eshitish  natijasida 

bizning  estetik  hislarimiz  chuqur  va  kuchli  bo‘lib  qoladi.  O‘zimiz  yaxshi  ko‘rgan,  o‘zimiz 

uchun  qadrli  bo‘lgan  joylarga  har  safar  borganimizda  bizning  shu  joylarga  bo‘lgan 

hislarimiz,  mehrimiz, odatda, kuchaya  boradi.  Ayrim   emotsional   kechinmalarning    «so‘nib   

qolishi»da  boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi  hislar  ba’zi  nisbatlarda    bir-

birini      yo‘qotib      yuborishi      mumkin.  Salbiy  his  paydo  bo‘lib  turganida  kuchliroq  ijobiy  his 

yuzaga  keltiradigan  sabab  paydo  bo‘lib  qolsa,  u  holda  salbiy  his  so‘nib  qolishi,  yo‘qolishi 

mumkin.  Masalan,  bola  yiqilib  tushib,  yig‘lab  turibdi.  Onasi  shu  paytda  kelib  qolib,  uni 

erkalatdi.  Bu  erkalash  ijobiy  hislarning  paydo  bo‘lishiga      kuchli  sababchi    bo‘ladi,  Shuning 

uchun ham bolada ko‘z Yoshi o‘rniga kulish,   xursandlik paydo bo‘ladi. O‘quvchidagi cho‘chib 

turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yo‘li bilangina yo‘q   qilib qolmasdan, balki bolada 

qarama-qarshi  hislarni  tug‘dirish  yo‘li  bilan  ham  bu  cho‘chishlikni  oldini  olish  mumkin. 

Masalan, 

birinchi 

sinf 


o‘quvchisining  xavotirligining  sababi  uning  o‘z  kuchiga 

ishonmaganligida  bo‘lsa, unga  oson  bajara oladigan  vazifalarni  berish kerak.  SHu  vazifalarni 

bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi,  maqtalinishi  bolada  ijobiy  hislarning 

tug‘ilishiga  yordam  beradi,  xavotirlik  hissi  esa  yo‘qoladi.  Shuning uchun  ham doska oldida  u 

o‘zini dadilroq his etadi.  

Kichik  maktab    Yoshidagi  bolalarda    intellektual      va  axloqiy      hislar,  o‘rtoqlik, 

do‘stlik  hislari  katta  o‘rin  ola  boshlaydi.    Vatanparvarlik,  vijdoniy  burch  hissi  va  shu 

kabi  hislar  paydo  bo‘ladi  va  o‘sadi.  Axloqiy  hislarning  rivojlanishiga  jamoaviy  ishlar, 

o‘qish  mazmuni,  turli  jamoat  tashkilotlari    va  shubhasiz  o‘qituvchining  shaxsiy 

namunasi  ta’sir  ko‘rsatadi.  O‘qishning  boshida  aynan    shu  o‘qituvchi    shaxsi  kichik 

maktab  Yoshidagi  o‘quvchining  juda  ko‘p  axloqiy  hislarining  rivo jlanishini  belgilab 

beradi.  Birinchi  vaqtlarda  o‘quvchi  sinf  jamoasi  bilan    o‘qituvchisi  orqaligina 

bog‘langan  bo‘ladi.  O‘qituvchi  bola  uchun  barcha  diqqat-e’tibori    va  hislari 

qaratilingan  markaziy  figura  bo‘lib  hisoblanadi.  Bilimli,  mahoratli,  bolalarni  sevuvchi 

pedagog  o‘qishning  keyingi  bosqichlarida  ham  o‘quvchilarining  o‘ziga  bo‘lgan 

shunday  munosabatini  saqlab  qoladi.  Lekin  keyinchalik  bu  muhabbat,bog‘liqlik  ustozi 

va  sinf  jamosi,  o‘rtoqlari,  do‘stlari  o‘rtasida  bo‘linadi.  SHunga  qaramasdan  

boshlang‘ich  sinf  o‘quvchisi  uchun  o‘qituvchi    asosiy    avtoritet    hisoblanadi.  U 

o‘qituvchisi  haqida  uyida  jo‘shib  va  hurmat  bilan  gapiradi.  O‘qituvining  ta’siri  ostida 

asta-sekinlik  bilan  o‘quv,  mehnat  va  o‘yin  faoliyatlarida  har  bir  sinfdoshi  uchun 

tashvishlanish,  jamoa  (kollektivizm)  hissi  paydo  bo‘ladi.  Bu  esa  bolalardagi  o‘rtoqlik 

hissining  rivojlanishiga  zamin  bo‘ladi.Bolalar  o‘qishda      past  o‘zlashtirayotgan 

o‘rtoqlariga  yordam  berishga  harakat  qiladilar.  Bu  motivlar  shunchalik  chuqur  va 

kuchli  bo‘ladiki,  ular  maqsadlariga  erishish  uchun  juda  ko‘p  qiyinchiliklarni: 

o‘zlashtirmayotgan  o‘rtog‘ining  dangasaligi,  o‘zining  darslarini  tayyorlashga  tezroq 



ulgurishi,  ba’zan  esa  hatto  ota-onalarning  qarshiliklarini  ham  engishi  kerak.  Bunday 

vaziyat larda  bolada  shakllanayotgan  ma’suliyat  hissi    qiyinchiliklarni  engishga  va  o‘z 

ishini 

muvaffaqiyatli 

bajarishiga 

yordam 


beradi. 

Birinchi 

sinfda 

o‘quvchi 

o‘qituvchisinng tanbehlari o‘rtoqlarining oldida  yoki o‘ziga yolg‘iz berilganiga e’tibor 

bermasa,  ikkinchi  sinfda  o‘rtoqlari  oldida  berilgan  tanbehlardan  uyaladigan  bo‘lib 

qolishi  bolaning o‘zini  jamoa a’zosi  sifatida to‘liq his  etayotganidan  va o‘rtoqlari   uni 

hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi. 

Estetik  hislar  birinchi  navbatda  bolalarning  badiiy  asarlarni  idrok  qilish  jarayonida  

namo yon  bo‘ladi.Uchinchi  sinfga  borib  bolalar  ustozi  o‘qiyotgan  she’rlarning  nafaqat 

mazmuniga,  balki    o‘qilishidagi  go‘zalligiga  ham  e’tibor  beradilar.  Badiiy  asarlarni 

o‘qiyotganlarida 

va 

kinofilmlarni 



ko‘rayotganlarida 

bolalar 


asosan 

asar  


qahramonlaring  axloqiy  sifatlarini  baholaydilar.  Badiiy  asarning  estetik  tomoni 

pedagog  tomonidan  bolalarga  ko‘rsatilishi  kerak.  Ana  shunday  o‘rgatish  bo‘lgan 

taqdirdagina  kichik  maktab  Yoshidagi  bolalar  ularga  mos  bo‘lgan  musiqiy  asarlarga 

emotsional baho bera oladilar. 




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish