4-MAVZU: KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH
XUSUSIYATLAR
Reja:
1.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
2.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
3.O‘quv faoliyatining xususiyatlari.
4.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi.
5.Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari.
6 Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat.
7.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
O‘quv maqsadlari
Ta’limiy:
Talabalarga kichik maktab davridagi o‘quvchilarning psixik
rivojlanish xususiyatlari, etakchi fvaoliyat, xulq-atvor xususiyatlari, aqliy
rivojlanishi va shaxsining shakllanishi bo‘yicha bilim berish.
Tarbiyaviy:
Bo‘lg‘usi pedagoglarda kichik maktab Yoshidagi bolalarni
sevish, ular shaxsiga hurmat bilan qarash hislarini singdirish. Talabalarni kichik
maktab Yoshidagi o‘quvchilarga samarali ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z shaxsiy
fazilatlarini tahlil qilishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga
yo‘naltirish yo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish.
I TOPSHIRIQ
Kichik maktab Yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Vazifa: Kichik maktab Yoshi davri uchun xos psixologik xususiyatlarni
ko‘rsating. Bunda quyida berilgan jadvalning har bir bandidagi ikki xil mulohazadan
to‘g‘risini aniqlab, javob maydonida unga mos katakchani ochiq qoldirish, noto‘g‘ri
fikrga mos bo‘lgani ustidan chizib qo‘yish talab qilinadi.
№ Kichik maktab Yoshiga xos xususiyatlar haqidagi mulohazalar
Javob
maydoni
1
a)o‘quv faoliyatida dastlab ijtimoiy motivlar ustun bo‘ladi
A
b) o‘quv faoliyatida dastlab bilish motivi ustun bo‘ladi
B
2
a)ko‘rgazmali-obrazli tafakkur tarkib topadi
A
b)so‘z-mantiqiy tafakkurning tarkib topadi
B
3
a)xulq-atvorda impulsivlikning ortadi
A
b)xulq-atvorda impulsivlikning kamayadi
B
4
a)do‘stlashish motivlari orasida tashqi motivlarning roli ortadi
A
b)do‘stlashish motivlari orasida tashqi motivlarning roli
kamayadi
B
5
a)borish ta’qiqlangan joylarga qiziqish ortadi
A
b)borish ta’qiqlangan joylarga qiziqish kamayadi
B
6
a)bilish jarayonlarida ixtiyoriylik ortadi
A
b)bilish jarayonlarida ixtiyoriylik pasayadi
B
7
a)tanbehni tengdoshlar orasida og‘ir qabul qilish kuzatiladi
A
b)tanbehni tengdoshlar orasida jiddiy qabul qilmaslik kuzatiladi
B
8
a)emotsiyalar ambivalentligi hodisasini tushunish kuzatiladi
A
b)emotsiyalar ambivalentligi hodisasini tushunmaslik
kuzatiladi
B
9
a)o‘ziga-o‘zi beradigan baho pedagogik bahoga bog‘liq bo‘ladi
A
b) o‘ziga-o‘zi beradigan baho pedagogik bahoga bog‘liq
bo‘lmaydi
B
10 a)tafakkurda konservatsiya xususiyati shakllangan bo‘ladi
A
b)tafakkurda konservatsiya xususiyati shakllanmagan bo‘ladi
B
Do'stlaringiz bilan baham: |