Fan:Yozuv
Mavzu:Kichik “e” harfini yozish.
Maqsad:
A)Kichik “e” harfini yozish haqida tushuncha berish.
B)Axloqiy va nafosat tarbiyasi berish.O’quvchilarni chaqqon,epchil bo’lishga o’rgatish.
V) O’quvchilarda ”e“ harfi qatnashgan so’zlarni yozish malakasini shakllantirish.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: guruhlarda ishlash
Dars jihozi:Rangli alifbo,ko’chma doska,harf kassa,elektron ko’rgazmalar,
Darsning borishi:
Tashkiliy.
-Dars ona tili she’ri bilan boshlanadi.
Tilim,tilim ona tilim,
Tillar ichra sara tilim.
Shirin-shakar,ma’no tilim
Ona tilim,a’lo tilim.
-Qani do’mboqlarim
Bugun hamma sog’lommi?
Yangi darsga tayyormi?
-Ustoz bizlar sog’lommiz
Yangi darsga tayyormiz
-Sinfda kim navbatchi?
Axborotni bersinchi.
-Menman bugun navbatchi
Doskani ham artuvchi
Sanani ham aytuvchi
Bugun 24-oktabr,2015-yil
Havo ochiq va toza.
Sinfimizda 37 bola
Darsga shay gul-u lola.
-Barakalla bolajonlar.Bugun biz sizlar bilan darsimizni guruhlarga ajratib,musobaqa tarzida olib boramiz.
1-guruh:Bilimdonlar
2-guruh:Donolar
3-guruh:Zukkolar
Darsning oltin qoidalari bilan tanishtirish.
-Hozir o’lkamizda qay fasldir hukmron?
1-o’quvchi:Davra
qurib turnalar
Boshimizda aylanar
Budir kuz fasli bazmi
Ona yerga ta’zimi
2-o’quvchi:
Oltin fasl-kuz fasli,
Zarshunoslikdir asli.
Undan qirlar,tog’- oltin,
Undan yerlar,bog’-oltin.
3-o’quvchi:
Mevalar ham mo’l-u ko’l,
Ne yesang ham bol deysan,
Kuzga “Ofarin”deysan.
-Kuzda tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
-Kuzda qanday bayramlar nishonlanadi?
Til bayrami haqida suhbat.
O’qituvchi:Darsimizni boshlaylik ,
Quloq soling siz andak.
Yurtboshimiz bu yilga,
Nom berdi ayting qanday ?
2015-yil : ”Keksalarni e`zozlash yili”
1-o’quvchi:
Qanday ma’no betakror,
Keksalar so’zida bor.
Yuksalish
hamda yashnash
Keksalar duosi ila yashash.
2-o’quvchi:
Unda beg’ubor osmon,
Atrof yorqin,charog’on.
Qalblarda ezgu niyat,
Ko’tarinki kayfiyat.
3-o’quvchi:
Bunda barcha bunyodkor,
Intilganga tole yor,
Insonga berar quvvat,
Mehr bilan oqibat.
4-o’quvchi:
Nur porlaydi dillarda,
Iqbol esa qo’llarda.
Hamma sog’lom,yurt omon,
Hamma: Keksalar bo`lsa omon.
-1-sinf o’quvchilari ona tili fanidan nimalarni bilishi kerak?
-Tovushlar va harflarni
Farqlay olishi kerak
So’zlarni bo’g’inlarga
To’g’ri ajratishi kerak.
-Alifboni
yod olib
Unli va undoshlarni
Harf birikmayu tutuq belgi
Ajrata olishi kerak
-15-20-so’zli
Diktant
yoza olishi kerak
Husnixat qoidalariga
Rioya qilishi kerak.
-2-3ta gapli
Matn yarata olishi kerak
Imlo xatolariga
Yo’l qo’ymasligi kerak.
II.O’tilgan mavzuni so’rash.
Bosh „Y“harfini yozish.Uch guruhdan uch o’quvchi chiqib bosh „Y“ harfini yozib ko’rsatadi.
„Ortiqchasini toping“metodi.
1- guruh: A,U,O,I,Y,O’
2- guruh: Yamin,Yayra,Diyor,Yormat
3- guruh: yo’lbars,yong’oq,kiyik,yulduz
rasmlari
3 guruhdan uch o’quvchi chiqadi va D,U,Y unlilari bilan boshlangan so’z yozadi.
D U Y
don un yuk
dori uy yo’l
dala ukki yurt
do’l uka yara
do’kon
uyat yurak
O’tirgan o’quvchilardan Y harfi bilan boshlangan so’z so’raladi.
Dam olish daqiqasi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan kichik “e” harfini yozishni o’rganamiz.
-Kichik “e” harfi unsurlarga ajratilmay,bir butun shaklda yoziladi.Kichik “e” harfi boshqa harflar bilan oson bog’lanadi.
Daftar bilan ishlash.Daftardagi rasm asosida suhbat.
Diktant.
Otabek ertak aytdi.