Bog'liq Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishi va uni modernizatsiya qilish yunalishlari
2 – rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi va uning dinamikasi, foiz hisobida11. Istiqbolga mo’ljallangan dasturlarda tadbirkorlikni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan biri etib belgilangan. Bu yo’nalishda mamlakat Prezidenti tomonidan tadbirkorlik, kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish vazifasi qo’yilgan va shundan kelib chiqqan holda tegishli chora–tadbirlar belgilangan. O’zbekiston ijtimoiy–iqtisodiy siyosatida kichik biznesni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor konyunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi.
Tadbirkorlik subyektlaridan hisoblangan fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligida yetakchi o’rinni egallaydi. Hozirgi vaqtda fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanligini hayot ko’rsatmoqda. Fermer xo’jaliklarini moddiy–texnik ta’minlash va moliyalash bo’yicha bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to’la javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Fermer xo’jaliklarini qo’llab–quvvatlash uchun katta moddiy resurs va mablag’lar ajratilmoqda. 2008–yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so’m, jumladan paxta tayyorlashga 800 millard so’m va g’alla tayyorlashga 200 milliard so’m mablag’ avans tariqasida berildi. 2009–yilda esa bunday yordam yana 200 milliard so’mga oshirildi. Qishloq xo’jaligi texnikasini lizing asosida sotib olish bo’yicha maxsus tashkil etilgan jamg’arma hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008–yilda 43 milliard so’mdan ortiq mablag’ ajratilgan bo’lsa, 2009–yilda 58 milliard so’mdan ko’proq mablag’ yo’naltirildi. Davlat tomonidan ko’rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy yordam tufayli 2015-yilda qishloq mehnatkashlari qanday og‘ir sinovlarga duch kelganini hammamiz yaxshi bilamiz. Sovuq kunlar odatdagidan ko‘proq bo‘ldi. Bu, ayniqsa, bahor oylarida yanada ko‘proq sezildi. Yozdagi suv tanqisligi, vegetatsiya davridagi kuchli shamol va bo‘ronlar, kuzning ancha erta va salqin kelgani soha mehnatkashlari uchun ko‘plab jiddiy muammolarni tug‘dirdi.
Ana shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, dehqon va fermerlarimizning mardonavor mehnati, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hisobidan 3 million 500 ming tonnadan ziyod paxta, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi marta 7 million 500 ming tonnalik yuksak g‘alla xirmoni bunyod etildi12.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash tashqi iqtisodiy aloqalarda savdo va investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligida islohotlarni kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish hamda bank – moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratdi. Kichik biznes va tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishdagi rolini quyidagi dolzabr yo’nalishlarda ko’rishimiz mumkin (3 -rasm).