Mavzu: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash tizimi va uni modernizatsiya qilish


jadval. Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o’rtasidagi farq6



Download 229,38 Kb.
bet8/22
Sana29.01.2022
Hajmi229,38 Kb.
#415637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishi va uni modernizatsiya qilish yunalishlari

jadval.

Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o’rtasidagi farq6

Tadbirkorlik

Biznes

1.tashabbuskorlik, uddaburonlik, epchillik, ijodiy faoliyatda izlanuvchanlik
2. o’z g’oyasiga ega kishi
3. boshlang’ich kapitalga ega bo’lmasligi ham mumkin
4. tavakkalga moyil, ijodkor, iqtidorli kishi
5. tadbirkorlik foydasini olish
6. hayotda kamdan kam uchraydi

1.faoliyatni tiklashga, erishgan yutuqni mustahkamlashga intilish
2.foyda keltiruvchi faoliyatga ega kishi
3. kapitalga ega kishi
4. barqarorlikka intiluvchi, fikrlash va hatti harakatida konservator, menejer mahoratiga ega kishi
5. kapital daromadini olish
6. hayotda tez tez uchraydi

Tadbirkorlik inson qobiliyatini ro’yobga chiqarishga yaxshi imkoniyatlar yaratadi va uni rag’batlantiradi. Shunday qilib, tadbirkorlik insonlarning o’zini o’zi anglashiga ko’maklashadi, dunyoqarashini kengaytiradi, o’zgartiradi va natijada jamiyatning ijtimoiy - madaniy darajasining o’sishiga olib keladi.
Tadbirkorlar qishloqlarda, mahallalarda ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat ko’rsatish korxonalari barpo etib, qishloq infratuzilmasini rivojlantirib, qishloqlar, mahallalar qiyofasini o’zgartirib yuboradilar. Bundan tashqari,tadbirkorlik ijtimoiy sohaga keng kirib bormoqda: xususiy va boshqa tashkiliy - huquqiy shakllarda bolalar bog’chalari, mehribonlik uylari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish, sog’liqni saqlash va sog’lomlashtirish, o’quv va boshqa ijtimoiy soha muassasalari tashkil etish va ularni rivojlantirish, uy-joylar qurish va ularni ta’mirlash, aholini ichimlik suvi bilan va gaz bilan ta’minlash ishlari bilan bevosita shug’ullanib, ijtimoiy muammolarni yechishga katta hissa qo’shadi. Tadbirkorlik subyektlari xayriya ishlarida ham faol qatnashib, ijtimoiy soha muassasalari, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga yordam ko’rsatishda ham muhim o’rin egallaydi.
Tadbirkorlik subyektlari mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yaratib, mamlakat ichki bozorini to’ldiradilar. Natijada bozorda taklif miqdor, sifat, assortiment jihatdan yaxshilanadi, xaridorlar uchun tanlash va talabni qondirish imkoniyatlari kengayadi. Bu borada tadbirkorlik muvofiqlashtirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirish, narxlarni barqarorlashtirish, bozorda muvozanat o’rnatish va uni ushlab turish, mavjud ehtiyojni kengaytirish va to’laroq qondirishga xizmat qiladi. Shuning bilan birga tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning shakllanishi, rivojlanishida va mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ko’tarish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Mamlakat importini qisqartirish va eksportni kengaytirishda tadbirkorlik subyektlarining roli ortib bormoqda. Ular, bir tomondan, import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarib, valyutaning tahqariga chiqib ketishini qisqartirish va mamlakat iqtisodiy –moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, ikkinchi tomondan esa, eksportbop mahsulotlar chiqarish, ularni tashqi bozorlarda sotib, mamlakat eksport salohiyatini ko’tarish va valyuta tushumlarini oshirishda ham salmoqli o’rin egallaydilar. Xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo’jaliklari davlat buyurtmasini bajarishda ham ishtirok etadilar. Ma’lumki, O’zbekistonda davlat buyurtmasi bo’yicha paxta va g’alla yetishtirishda fermer xo’jaliklari yetakchilik qiladilar. Bundan tashqari, kichik va o’rta korxonalar yirik korxonalarning ayrim buyurtmasini ham bajarib, ularni to’ldiradilar. Yirik korxonalar ommaviy mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqarishga ixtisoslashganliklari tufayli asosiy mahsulotning ayrim detallari, ehtiyot qismlari, boshqa qo’shimcha narsalarni kichik seriyalarda ishlab chiqarish ular uchun ortiqcha tashvish hisoblanadi. Yirik korxonalar uchun shunday narsalarni o’zlari ishlab chiqargandan ko’ra, ularni boshqa korxonalardan olgan ma’qul. Shu boisdan ular o’zlarining ishlab chiqarishlari uchun kerakli ayrim narsalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni asosan, kichik va o’rta korxonalarga topshiradilar. Bu borada O’zbekistonda rivojlangan va qo’llab- quvvatlanayotgan kasanachilik ham muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun kichik va o’rta korxonalar yirik korxonalar va umuman, iqtisodiyot tarmoqlarini o’zaro bog’lab, butun iqtisodiyotni yaxlit bir tizim darajasiga ko’tarishda katta ahamiyat kasb etadilar. Kichik, o’rta, xususiy tadbirkorlik subyektlarining ana shu vazifasi e’tiborga olinib, respublikada mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirishda ularga keng o’rin berilgan.
Tadbirkorlikning innovatsion vazifasi XX-asr o’rtalarida shakllanib, hozirgi kunda uning roli ortib bormoqda. Tadbirkorlikning bu vazifasi mamlakatlarning innovatsion (axborot-industrial) taraqqiyot davriga kirishi bilan boshlanib, ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlari va axborot rolining ortib borishida namoyon bo’ladi. Innovatsiya bazasining shakllanishi va kengayishi tashkiliy-xo’jalik novatorligi va shu yo’nalishda tadbirkorlikning rivojlanishi bilan bog’liq.
Tadbirkorlikning yaratuvchilik vazifasi ham jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. Uning bu vazifasi yangi qiymat va yangi bozorlar yaratish, yangi qiyofadagi inson ─ tadbirkorlar, mulkdorlarni shakllantirishda namoyon bo’ladi.
Tadbirkorlik subyektlari yangi taklif yaratish, mavjud taklifni kengaytirish, uni yangicha uyg’unlikda taqdim etish yo’li bilan mavjud ehtiyojni boyitish, yangilarini yuzaga chiqarish va mavjud bozorni modifikatsiya qilish, yangilarini shakllantirish, jozibador bozorlarni topish va o’zlashtirish ─ bularning hammasi tadbirkorlikning yaratuvchilik yo’nalishlari hisoblanadi.
Tadbirkorlik ishlab chiqarishni qayta qurish, ishlab chiqarish omillari (mehnat, mehnat qurollari, mehnat predmetlari)ni yangicha uyg’unlikda birlashtirish va tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini samaraliroq muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga ko’tarishga katta hissa qo’shadi. Bu esa ishlab chiqarishni amalga oshirish va rivojlantirish uchun yangi, qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi, ulrni ro’yobga chiqarish esa mavjud quvvatlarning unumdorligini oshirish, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o’sishini ta’minlaydi. Tadbirkorlik shu paytgacha ishlatilmay kelgan aholi jamg’armalari, mahalliy resurslar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar, xorijiy investitsiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga faol jalb etib, ishlab chiqarishni kengaytirish, milliy mahsulot va boylikni ko’paytirishga olib keladi.
Tadbirkorlar mamlakatda milliy mahsulot yaratadilar va milliy boylikni ko’paytiradilar. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning qariyb yarmi, ayrim mamlakatlarda esa undan ham ko’prog’i kichik biznesga to’g’ri keladi. O’zbekistonda yaratilayotgan YAIM da kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlarining hissasi 2010-yilda 52,5 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbai, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbai bo’lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti tushumlarining anchagina qismi Tadbirkorlik sektoriga to’g’ri keladi. Demak, tadbirkorlik byudjetni to’ldirib, davlatning kuch-qudratini oshirirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini mablag’ bilan ta’minlashda ham katta rol o’ynaydi. Shunday qilib, tadbirkorlik aholi turmushi va farovonligini yaxshilash, uning madaniy-ma’naviy yuksalishi, mamlakat ishlab chiqarish, eksport, iqtisodiy salohiyatini ko’tarish, mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag’batlantirishning moliyaviy mexanizmi hamda kafolatlar tizimi yaratilib va bu boradagi aniq, qonuniy chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish, isloh qilish va unda boshqa sohalar kabi kichik korxonalar faoliyatlarini rivojlantirishda mamalakatimizda o’ziga xos va mos milliy taraqqiyot yo’limizni shakllantirish jarayonida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategik maqsadlari aniq-ravshan belgilab olinganligi, barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratilayotganligi demakdir.
Iqtisodiy islohotlarning jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas , uzviy bog’liqlikda amalga oshirilib kelayotganligi milliy manfaatlarni ta’minlaydigan , iqtisodiy o’sishga yo’l beradigan , aholi farovonligini muttasil oshib borishiga olib keladigan yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish borasidagi ilk qadam bo’ldi.
O’zbekistonning industrial salohiyatini saqlab qolish va oshirish, iqtisodiyotning ixtisoslashuvi, uning milliy manfaatlariga bo’ysundirilishi prezidentimiz tomonidan puxta ishlab chiqarilgan dastur hamda vazifalarning izchil bajarilishi xal qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston sharoitida belgilangan kompleks chora – tadbirlar iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab quvvatlashning asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko’rsatishga qaratilgan chora – tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini bermoqda.
“Xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirsh – ustuvor vazifa bo’lib qoladi”7.



    1. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI O’ZBEKISTONDA RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY- IQTISODIY ASOSLARI

Mamalakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozorga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Shu bois, hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ayniqsa jahon moliyaviy inqirozini bartaraf etish maqsadida ularning yanada rivojlanishi uchun quyidagi qulay shart – sharoitlar yaratib berilmoqda:



  • Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasi ikki barobar oshirilishi ko’zda tutilgan;

  • Yagona soliq to’lov stavkalari 2009 -yilda 8 % dan 7 % ga pasaytirildi;

  • Mikrofirmalar, kichik korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etilgan;

  • 2009–yilda xo’jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishlar soni 30 % ga kamaytirilgan.

Jumladan, kadastr xizmati, me’moriy loyihalashtirish ishlari, hujjatlarini ekspertiza qiymatini kamaytirish va boshqa ishlarga davlat organlari tomonidan yordam va sharoit yaratib berish, to’sqinlarni bartaraf etish vazifasi yuklangan. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mulk shakllarining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, mulk shakllari ichida alohida ahamiyatga ega bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotning eng muhim sohalariga kichik biznesni jalb qilish va bozor sharoitlariga uning tezkor moslashishi kuzatilmoqda. Ayniqsa jahon moliyaviy–iqtisodiy inqiroz davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o’rni beqiyosdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy bo’g’inlarida o’rgarishlar sodir bo’lib, alohida mehnatga bo’lgan munosabat ham ijobiy tus olmoqda.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga zarur bo’lgan resurslar bilan ta’minlanishning kam xarajat yo’llarini izlab topish, banklar tomonidan pasaytirilgan stavkadagi kreditlarning berilishi, xomashyo ba’zasidan ishlab chiqarish bazasiga o’tish zaruriyatining paydo bo’lganligi eng dolzarb muammoalardan bo’lib hisoblanadi.
“Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat”8, - deb ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov. O’zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Jahon moliyaviy–iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” kitobida tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini qayta ko’rib chiqish vazifasi qo’yilgan. Kitobda ta’kidlab o’tilganki, inqirozga qarshi choralar dasturida kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu yo’nalishda so’nggi yillarda anchagina ishlar qilindi: “Davlatning tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvi keskin cheklandi, kichik biznes subyektlarini ro’yxatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi, soliq yuki kamaytirildi, mahsulotni standartlash va sertifikatlash tizimi takomillashtirildi, tadbirkorlarning moddiy–texnik resurslardan erkin foydalanish imkoniyatlari kengaydi, ular faoliyatining moddiy–moliyaviy ta’minlashda mikrokredit va mikrolizing joriy etildi va boshqa tadbirlar amalga oshirildi. Natijada mamlakatda 2014–yil boshida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining soni qariyb 400 mingtaga yetdi va 2000–yilga nisbatan 2,5 barobar ko’paydi“9.
So‘nggi besh yilda kichik biznesni kreditlash hajmi qariyb 5 barobar ko‘paydi.
Xususiy tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyati, birinchi navbatda, bunday mahsulotlarni birja va yarmarka savdolarida sotish hajmini ko‘paytirish hisobidan sezilarli ravishda kengaytirildi. Masalan, 2015-yilda ular tomonidan Respublika tovar-xomashyo birjasida qariyb 3trillion so‘mlik yoki 2014-yilga nisbatan 1,6 barobar ko‘p xomashyo va materiallar sotib olindi. Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar birja savdolari orqali o‘zlari ishlab chiqargan 1 trillion 500 milliard so‘mlik mahsulotni sotdi, bu ko‘rsatkich 2014-yilga qaraganda 1,7 barobar ko‘pdir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yili, fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda, 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko‘pdir. Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000-yildan buyon 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidlashni istardim. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda.
2015-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o‘rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo‘lgan aholining 77 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000-yilda bu ko‘rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirayotgan ana shunday chora-tadbirlarimiz o‘zining yuksak samarasini bermoqda.Shuni ham ta’kidlashimiz zarurki, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytinglarida ‘zining ijobiy ifodasini topmoqda. O‘tgan yilning oktabr oyida Jahon banki «Biznes yuritish» reytingini e’lon qildi. Ana shu reytingda O‘zbekiston faqat bir yilning o‘zida 16 pog‘onaga ko‘tarilib, 87- o‘rinni egalladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, «yangi biznesni qo‘llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo‘yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o‘rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha 32-o‘rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo‘llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo‘yicha 75-o‘rinni egallab turibdi. «Kichik biznes subyektlariga kredit berish» deb nomlanadigan ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston so‘nggi uch yilda 154-o‘rindan 42-o‘ringa ko‘tarildi va o‘tgan yilning o‘zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi. Jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda faol va aniq yo‘naltirilgan investitsiya siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi10.
Buning ustiga, uning roli, ya’ni YAIM yaratishdagi ulushi yildan – yilga ortib bormoqda va uni 2015 –yilda 57 foizga yetkazish mo’ljallangan (2 - rasmga qarang).Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000–yilda 31 foiz bo’lgan bo’lsa 2010–yilga kelib uning ulushi 52,5 foizga yetdi. 31 foizdan 52,5 foizgacha o’sgani kichik biznes hozirgi kunga naqadar ahamiyatli sohaga aylanib ulgurganligini bildiradi. 2015–yilda esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada qo’llash orqali respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 57 foizga yetkazish bashorat qilingan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning respublika ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotida muhim rolini e’tiborga olib, uning rivojlanishi davlat tomonidan qo’llab–quvvatlanadi.
2008–yilda korxona va tashkilotlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi 10 foizdan 8 foizga, 2009–yilda 8 foizdan 7 foizga va 2014–yildan boshlab esa 6 foizga tushurilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining pasaytirilishi tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada izchil rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Davlatning qo’llab – quvvatlashi natijasida so’ngi 6 yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 1,9 barobar ko’payib, qariyb 400 mintaga yetdi.




Download 229,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish