Mavzu: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash tizimi va uni modernizatsiya qilish



Download 229,38 Kb.
bet3/22
Sana29.01.2022
Hajmi229,38 Kb.
#415637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikrivojlanishi va uni modernizatsiya qilish yunalishlari

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi.
Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta`minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir.1
Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag` talab etmaydigan xo’jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini ta`minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida iste`mol bozorini shakllantirish va uni to’ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu yo’l bilan iste`mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta`minlaydi. Kichik biznes yangi ish o’rinlarini yaratishi bilan ishsizlik muammosini hal etishda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi korxonalar soni ortib borayotgani sohaning izchil ri-vojlanayotganligidan dalolat beradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyati, birinchi navbatda, bunday mahsulotlarni birja va yarmarka savdolarida sotish hajmini ko‘paytirish hisobidan sezilarli ravishda kengaytirildi. Masalan, 2015-yilda ular tomonidan Respublika tovar-xomashyo birjasida qariyb 3trillion so‘mlik yoki 2014-yilga nisbatan 1,6 barobar ko‘p xomashyo va materiallar sotib olindi. Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar birja savdolari orqali o‘zlari ishlab chiqargan 1 trillion 500 milliard so‘mlik mahsulotni sotdi, bu ko‘rsatkich 2014-yilga qaraganda 1,7 barobar ko‘pdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yili, fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda, 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko‘pdir. Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidlashni istardim. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholimizning 77 foizdan ortig‘i – shunga e’tibor bering mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani, o‘z peshona teri bilan nafaqat o‘z oilasini boqayotgani, balki mamlakatimiz boyligiga boylik qo‘shayotgani, avvalo, mustaqillik bizga ochib bergan imkoniyatlarning yaqqol isboti, desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. 2015-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 480 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu yaratilgan jami ish o‘rinlarining yarmi demakdir. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo‘lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 2000-yilda bu ko‘rsatkich 49,7 foizga teng edi. Iqtisodiyot sohasida izchil amalga oshirayotgan ana shunday chora-tadbirlarimiz o‘zining yuksak samarasini bermoqda.2 O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini tadqiq, etish yuzasidan amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi kunda mashinasozlik va metallga ishlov berish, yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, poyabzal kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalar, shuningdek, qurilish materiallari sanoatida kichik biznesning o’rni va ulushi yetarli darajada emasligi ushbu sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini yanada rivojlantirish va qo’llab - quvatlashni taqozo etmoqda. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda rivojlangan davlatlar tajribasining milliy iqtisodiyotimizga tadbiq etish mumkin bo’lgan jihatlarini o’rganish, ularni joriy, etish yo’nalishlarini baholash muhim hisoblanadi.

Download 229,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish