Rasm.21 1. Bozorga moslashish strategiyalarning tavsiflari
Bozorga moslashish strategiyaning asosiy tavsiflari 21.1-rasmda keltirilgan. Bozorga moslashish raxbariyatga kompaniyaning asosiy vakolatlari aniqlashga, shuningdek xaridorlarning qaysi extiyojlari shu omillar bilan yuqori darajada qondirilishi mumkinligi imkonini beradi.
21.1-rasmda keltirilgan tavsiflarni kompaniyaning mavjud strategiyasi bilan muvofiqlashtirish lozim. Bozorga moslashish strategiyani qo‘llovchi kompaniyalar samarali natijalarga erishadilar. Dell computer, Singapur airlines, Tiffany & Company, Wall-Mart kabi kompaniyalar bunga yaqqol misoldir.
Kompaniyaning bozorga moslashish strategiyasi uning xaridorlari bilan o‘zaro munosabatida juda muhimdir. Biznesning barcha kuchlari iste’molchilik qiymatini yaratishga qaratilgan bo‘lsagina, u bozorga moslashish hisoblanadi” 2.
Axborot O‘zaro
to‘plash funksional
Iste’molchilar hamkorlik
haqida ma’lumot
Error: Reference source not found Boshqa
axborotlar
21.2 rasm. Bozorga moslashuv tarkibi
^ Manba. Stanley F. Slater, John C. Narver, “Market Orientation, Customer Value, and Superior Performance”, Business Horisons, March-April 1994, p. 23. Coryright 1994 by the School of Business at Indiana University.
Bozorga moslashish, kompaniyaning barcha kuchlari iste’molchining ehtiyojlarini tushunishga va qondirishga qaratilishi lozimligini uqtiradi 3.
^ Bozorga moslashuvning tarkibi. Bozorga moslashish kompaniyalar doimo iste’molchilar, raqobatchilar va bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘adilar va ushbu ma’lumotlarni biznesning strategik istiqbolini hisobga olgan holda tahlil qiladilar, iste’molchilik qiymatini taklif qilish bo‘yicha qaror qabul qiladilar va buni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadilar (20.2 rasm). Shunday qilib, bozorga moslashish diqqat e’tiborni iste’molchiga qaratish, raqobatchilar faoliyatini kuzatish va kompaniya ichida funksional hamjihatlikni nazarda tutadi.
^ 21.3.Kichik biznes korxonasi marketing bo‘limlari tashkiliy strukturasining turlari
Kompaniyalarda marketing bo‘limlari strukturasi funksional, tovar, bozor va matritsa ko‘rinishida tashkil qilinadi. Bunday strukturalar mohiyati marketing haqidagi adabiyotlarda atroflicha yoritilgan uchun bu yerda to‘xtalmaymiz.
^ Marketing xizmatini tashkil qilishdagi yangi yo‘nalishlar .Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, biror bir biznes jarayonga moslashish, turli ishchi gruhlar tuzish va informatsion texnologiyalardan foydalanish kompaniya tashkiliy strukturasini o‘zgartirishga olib keladi. Quyida ushbu faktorlarni kompaniyaning odatdagi vertikal tashkiliy strukturasi ta’siri va yangi strukturadagi marketing bo‘limlarini ko‘rib chiqamiz.
Kompaniya tashkiliy strukturasini ayrim funksional yig‘indisi deb emas, bir biriga bog‘lik biror bir faoliyat olib boruvchi jarayon deb qarash lozim. Masalan, biror bir buyurtma olish va uni bajarish jarayonini ko‘rib chiqsak, bunda asosan ishlab chiqarish va marketing bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu vazifani bajaruvchi guruh tomonidan ushbu faoliyat monitoringi tuziladi, tahlil qilinib, tuzatishlar kiritiladi. .
1990 yilga kelib jahon miqyosida ko‘pgina tashkiliy struktura bo‘layotgan o‘zgarishlar kompaniyaning bozor ehtiyojiga to‘laroq moslashish intilishidan kelib chiqmoqda.
^ Tashkiliy strukturasining yangi tashkiliy formalari
Yangi tashkiliy formalardan biri “bozor koalitsiyasi” strukturasi 21.3.-rasmda ko‘rsatilgan.Ushbu tashkiliy struktura boshqarish markazi va bir necha maxsus kompaniyalarning gorizontal formada birlashishidan tashkil topadi. Bu strukturaning yadrosini barcha funksional bo‘limlar, ya’ni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa bo‘limlarni faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi marketing bo‘limi tashkil qiladi.
Bunday “bozor koalitsiyasi” struktasi asosida tuzilgan kompaniyalar shakli ko‘p tarqalgan emas. Ba’zi yapon kompaniyalarida ushbu yangi tashkiliy formaning elementari mavjud. AQSH chakana savdo shaxobchalariga tovar yetkazib beruvchi “Vomboy Companu” tashkiliy
Pеrsonal funktsiyasi
Tadќiќot va Moliyaviy To`plash
ќayta ishlash analiz
21.-3.rasm. “Bozor koalitsiyasi” tashkiliy strukturasi.
Manba:Ravi S. Achrol, Evolution of the Marketing Organization New Formsfor turbulent Environmentse “. Journal of marketing, Oktober 1991, p.88.
strukturasi bozor koalitsiyasi asosida tashkil qilingan, ya’ni 20.3.-rasmda berilgan strukturaga o‘xshashdir.
Bu kompaniya mebel qo‘shimcha qismlarini yetkazib beruvchilarni o‘zida birlashtirgan. Mebelni barcha qismlarini turli ishlab chiqaruvchilar yig‘uvchi sexga yetkazib beradilar, u yerda yig‘ilib, so‘ngra magazinlarga topshiriladi.
^ Bizning fikrimizcha, ushbu “bozor koalitsiyasi” struktasini-turli mulk formasi asosida tashkil topgan “Fayzxolding”ga qarashli kichik biznes korxonalarda tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, bunday tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma’lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi. Ushbu strukturani “to‘r” ko‘rinishida tasavvur etish mumkin, strukturaning asosiy maqsadi ishtirokchilar resurslari intelektidan aniq maqsad yo‘lida oqilona foydalanishdan iboratdir.
^
Do'stlaringiz bilan baham: |