Xotirada texlik muammosi Protsessorlar xotira qurilmalariga nisbatan ancha tez ishlaydi. Lekin protsessorlar va xotira qurilmalari parallel ravishda takomillashayotganiga qaramasdan bu tafovvut saqlanib qolmoqda. Protsessorlarni ishlab chiqaruvchilar protsessor tezligini yanada oshirish uchun konveyer va superskalyar arxitekturalarni ham qo`llamoqdalar. Biroq xotira ishlab chiqaruvchilari odatda xotira hajmini oshirish imkoniyatlarini ko`proq qidirishmoqda, shuning uchun xotira qurilmalarining ishlash tezligini oshirish hali ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu tafovvut protsessor ish jarayonida xotiradan ixtiyoriy so`z (word)ni olishi uchun bir qancha siklni amalga oshirishi kerak bo`ladi. Xotira qancha sekin ishlasa axborot olish uchun protsessor shuncha ko`p vaqt kutishi va nisbatan ko`p sikllarni amalga oshirishi kerak bo`ladi. To`xtalishlarni oldini olish usullari Ushbu masalani hal qilishning 2 xil usuli mavjud: 1-usul. Ma`lumotlarni xotiradan o`qish davomida u bilan bog`liq buyruqlarni bajarib borish. Agar qaysidir buyruq ixtiyoriy so`z (word)ni xotiradan o`qilguniga qadar ushbu so`zdan foydalanishni talab qilsa, u xolda protsessor ushbu buyruqni to`xtatadi. Xotira qanchalik sekin ishlasa, buyruqlarni to`xtatish shunchalik ko`p uchraydi. 2-usul. Bu usulda shunday kompyuterni ishlab chiqish talab etiladi-ki, unda kompilyator-dasturlar so`z (word) xotiradan o`qilmasidan avval uni ishlatmaydi va to`xtalishlarni oldi olinadi. Lekin bu oson ish emas. Odatda bu usulda to`xtalishlar apparat sathida emas balki dastur sathida amalga oshadi. Odatda protsessor o‘zining ichida deyarli hech narsani saqlamaydi. Unda ma’lumotlarga ishlov beriladigan yacheykalar (bu «ishchi» yacheykalar registrlar deb ataladi) juda kam. Shuning uchun protsessor ishini tezlatish uchun ancha oldin (4-avloddan boshlab) keshlash texnologiyasi taklif qilingan. Kesh – bu bufer vazifasini bajaruvchi xotira yacheykalarining nisbatan katta bo‘lmagan naboridir. Umumiy xotiradan biror narsa o‘qilayotganda yoki unga yozilayotganda ma’lumotlarning nusxa (копия)si kesh-xotiraga ham kiritiladi. Agar shu ma’lumotlarning o‘zi yana zarur bo‘lib qolsa, ularni uzoqdan chaqirib olish zarur bo‘lmaydi – ularni buferdan olish ancha tezroq bo‘ladi. Operativ xotira bu kompyuter protsessori uchun ishchi sohadir. Unda ish jarayonida dasturlar va malumotlar saqlanadi. Operativ xotira kopincha malumotlar va dasturlar faqat kompyuter qoshilganida yoki reset tugmasi bosilgunga qadar vaqtinchalik saqlash sifatida qaraladi. Ochirilguncha yoki reset tugmasini bosguncha barcha malumotlar doimiy xotiraga (asosan qattiq disklarga) otguncha ish vaqti davomida sodir etiladigan ozgartirishlarni eslab turish vazifasini bajaradi. Qaytadan manbaga ulanilganda saqlangan malumotlar yana xotiraga yuklanishi mumkin. Operativ xotira qurilmasi bazan ixtiyoriy paytda kirish mumkin bolgan eslab qoluvchi qurilma ham deyiladi. Bu shuni bildiradiki, operativ xotirada saqlanuvchi malumotlarga murojaat qilish, ularning u yerda joylashishi tartibiga bogliq emas. Kompyuter xotirasi haqida gapirilganda, odatda uning operativ xotirasi, yani ishlatilayotgan protsessor, avvalom bor faol dasturlar va malumotlar saqlovchi xotira mikrosxemalari yoki modullari oylab koriladi. Xotira termini tashqi eslab qolish qurilmalariga yoki magnit tasmalari kabilarda nisbatan ham ishlatiladi. Operativ xotira terminini faqatgina tizimda xotira qurilmasini bajaruvchi mikrosxemalar sifatida tushunmasdan, balki joylashtirish va mantiqiy akslantirish deb ham qarash mumkin. Joyashtirish bu malumotarni (axborotlar va buyruqlar) aniqlangan tipi boyicha aniq xotira manzillariga onatishdir.