Mavzu: Kattalar ham multfilm ko’rishi kerakmi?
(Esse)
Inson hayotidagi eng ajoyib vaqt - bu bolalik. Ammo u bilan nima bog'liq? Albatta, multfilmlar! Ularda butun avlodlar o'sadi!
Men onamdan bolaligida multfilm tomosha qilishni yoqtirardimidingiz, deb tez-tez so‘radim. Onam "Juda!" deb javob berdi. O'tgan asrning oxirida yashagan bolalar uchun bu juda katta voqea edi. "Ona! Multfilmlar namoyishi!” - deb baqirardi bolalar. Va kattalar barcha ishlarini tashlab, bolalar bilan ajoyib ertak tomosha qilish uchun o'tirishdi. U ularni kulgili va qayg'uli, ibratli va sirli, sirli va kulgili hikoyalarning rang-barang to'lqinlari bo'ylab kiyib olgan. Bu sovet va xorijiy ishlab chiqarishning multfilmlari. Lekin negadir ko‘proq ota-onalar xorijiy animatsion mahsulotlarning farzandlar uchun xavfsizligi va foydasiga shubha bilan qaramoqda. Kattalardagi tashvish hissi, noto'g'ri va tuzatib bo'lmaydigan narsa sodir bo'layotganiga shubha bormi?
Multfilmlar asosan bolalar uchun mo’ljallanib animatsion tarzda yaratiladi.Bolalarning asosiy vaqti televizor qarshisida multfilm tomosha qilish bilan o’tmoqda, ba’zi ota-onalar esa o’z yumushlarini bajarish maqsadida farzandlarini majburan televizor qarshisiga qo’yib har xil animatsion fantastik yoki g’ayrioddiy qaharmonlar eks etgan multfilmlar bilan chalg’tishmoqda. Bu esa hayotga endigina qadam qo’yib, o’sib-rivojlanayotgan bolaning ongiga, fikrlashiga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi.Zero, har qanday mashg’ulot, o’yin yoki multfilmlar tomosha qilish ota-onalar va kattalar nazoratidan chetta qolar ekan, ijobiy ta’sir qolishi amri mahol.
Bolalar qachonki biron bir multfilm tomosha qilganda yoki biron-bir kitob o’qish davomida ota-onalar, kattalar bilan amalga oshirganda ularda o’z his-tuyg’ularuni erkin ayta olish, ota-ona bilan do’stlik aloqalari,ma’suliyat hissi,fikrini to’liq bayon qilish qobiliyati singari husussiyatlarni multfilm yoki ertak qahramonlarini o’rganish jarayonida, multfilmning mazmun-mohiyati haqida suhbat jarayonida egallashi mumkin.
Ba’zan yoshi katta insonlarning ham huddi yosh boladek oynai jahon oldida multfilm tomosha qilayotganiga ko’zimiz tushadi.Bu noodatiy va shuningdek g’alati holatdek tuyulishi mumkin.Lekin ba’zan kattalarning ham bolaligini eslashi, bir necha daqiqalarga hozirgi hayotidan chalg’ib bolalik paytlariga qaytishi, ruxiy holati tinchlanishi mana shu multfilmlarga bog’liq. Demak qaysidir ma’noda kattalar ham multfilm ko’rishi kerak.
Ba’zi inzonlar borki - multfilm ko’rish ularning kasbi deyish ham xato bo’lmaydi. Ular animatsion rassomlar, karikaturachilar,grafik dizaynerlar,ovozlashtiruvchi aktyorlar guruhi va hakazo.Bu kasb egalari bevosita multfilmlar bilan ishlaydi, tomosha qiladi. Bu ularning sevimli mashg’ulotlariga aylanish ehtimoli ham kam emas.
Katta yoshli insonning doimiy ravishda multfilm tomosha qilishi biron bir psixik yoki nevrologik kasalliklar alomati,kasallik asoratlari bo’lishi ham mumkin.
Ruxiy va jismoniy voyaga etgan inson hechqanday kasallik yoki kasbga doir bo’lmasa ham doimiy multfilm tomosha qilishi uni tashqi real hayottan uzib qo’yishi, hayot tarzining izidan chiqishi,vaqtining to’g’ri sarflamasligi va buning oqibatida har hil kasalliklar, nevrologik-psixologik o’zgarishlar, stress, depressiya holatlari kelib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |