Ionlarning analitik gruhlarga bo‘linishi.
Vodorod sulfidli klassifikatsiya 1871-yilda N.A.Menshutkin tomonidan tavsiya etilgan edi. Bu klassifikatsiya bo‘yicha kationlar besh gruppaga, anionlar 2 yoki uch gruhga bo’linadi. Anionlaming gruppalarga ajratilishi ko‘pincha shartlidir.
Kationlar va anionlar analitik gruppalarga bo‘linadi. Kislota-ishqorli usul bo‘yicha kationlar 6 ta gruppaga bo‘linadi. Anionlarni analitik 3 guruhga bo‘linadi.
Kationlarning kislota-ishqorli analiz usuli xloridlar, sulfatlar, gidroksidlarning suvda, mo‘l ishqorda va ammiak eritmasida eruvchanligiga asoslangan. Bu usul bo‘yicha gruh reaktivi sifatida xlorid kislota, sulfat kislota, ishqor va ammiak eritmalari ishlatiladi.
Har bir gruh kationlarining o‘z reaktivi bo‘ladi. Gruh reaktivi muayyan sharoitda ayni gruh kationlarini hammasi bilan reaksiyaga kirishib, ushbu gruh kationlarini boshqa gruh kationlaridan ajratishga va shu gruhning har bir kationini aniqlashga imkon beradigan reaktivdir.
3-jadvalda kislota-ishqorli usul bo‘yicha eng muhim kationlarning analitik gruppalarga bo‘linishi keltirilgan.
Birinchi analitik gruppa kationlarining umumiy tavsifi.
Ikkinchi analitik gruppa kationlarining umumiy tavsifi
Uchinchi analitik gruppa kationlarining umumiy tavsifi.
To‘rtinchi analitik gruppa kationlarining umumiy tavsifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |