Kirim va chiqim kassa orderi - Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol kassir ularga imzo chekadi, ilova qilingan hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To‘langan» (chiqim hujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so‘zlar qo‘lda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi. Kassa orderiga hech qanday o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi. Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |