Mavzu: Kasr tushunchasi
Maqsad : a) ta`limiy :
O`quvchilarga kasr
tushunchasini o`rgatish,
qismlar(yarim,chorak,
nimchorak kabilar)haqida
bilim berish .
b)tarbiyaviy :
O`quvchilarga iqtisodiy
tarbiya berish , ulushlarni
to`g`ri taqsimlashni
o`rgatish.
d)rivojlantiruvchi :
Hisoblash va mantiqiy fikrlash
malakasini oshirish.
Darsda psixologik iqlim yaratish :
O`qituvchi :
-Assalom, ey mening o`quvchilarim ,
Kelajakda buyuk davlat quruvchilarim !
O`quvchilar :
-Vaalaykum assalom ,aziz ustoz
O’qituvchi :
-O’quvchilar hamma darsga tayyormi ,savol javobga hushyormi?
Darsning shiori :
Hamma bir-biridan o`rganadi, hamma bir biriga o`rgatadi
Sinf o`quvchilari ikki guruhga ajratiladi : “Bilimdonlar” va “Zukkolar “.
Bugungi dars davomida o`quvchilar o`z bilimlari hisobiga mablag` yig`adilar va “Bilimlar banki” ga joylaydilar .
O’tgan mavzu : O`qqa nisbatan simmetrik figuralar
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Teng tomonli uchburchak chizing .Uning simmetriya o`qini toping?
2. Teng yonli uchburchak chizing .Unga nechta simmetriya o`qi o`tkazish mumkin ?
3. Turli tomonli uchburchak chizing .Unga simmetriya o`qi o`tkazish mumkinmi ?
Yangi mavzu bayoni :
Narsalarni teng bo`laklarga bo`lish davomida insonlar kasr sonlar
( yarim ,chorak, nimchorak kabilar )ga duch kelishgan .
a)2ta olma 2ta bolaga teng bo`lib berilsa :
2:2=1 ,ya`ni har bir bola 1 tadan olma oladi .
b) 1ta olmani 2ta bolaga teng bo`lib berilsa-chi ?
Bitta olma nechta teng qismlarga bo`linadi?
Har bir bola teng qismlardan nechtasini oladi ?
Bitta olma teng 2 qismga bo`linib , har bir bola ikkidan bir qismini oladi :
1:2=
soni kasr son bo`lib ,ikkidan bir deb o`qiladi.
Kasr chizig`ining tagiga butun nechta teng qismlarga
bo`linganini (bitta olma teng ikkiga bo`lindi )
ko`rsatuvchi son yoziladi va kasr maxraji deyiladi .
Kasr chizig`ining ustiga bo`lingan teng qismlardan
nechtasi (bo`lingan teng qismlardan bittasi )olingani
yoziladi va kasr surati deyiladi .
1-masala .(Og`zaki )
Quyidagi jadvalda doira nechta teng qismga bo`linib ,ulardan
nechtasi bo`yalganini ifodalovchi chizma ,kasr ko`rinishidagi yozuvi
va o`qilishi keltirilgan .
2-misol .Kasrlarni o`qing:
- Ikkidan bir
- uchdan bir
- to`rtdan uch
- oltidan besh
- oltidan to`rt
- o`n Ikkidan yetti
3-masala .
4-masala .
5-masala.
Uch aka-ukaning birgalikdagi og`irligi 74 kg . Sobirning og`irligi
ikkala ukasining birgalikdagi og`irligiga teng .
Har bir bolaning necha kilogramm ekanligini toping.
Darsni mustahkamlash uchun savollar: 1) 8ta kitobning ikkidan bir qismi nechta kitobni tashkil qiladi ? 2)Maxraji 9 ga teng bo`lgan , surati turlicha bo`lgan kasr sonlar ayting . 3) Surati 4ga teng , maxraji turlicha bo`lgan kasr sonlar ayting
Guruhlar to`plagan ballar jamlanib g`oliblar aniqlanadi . Jamg`arilgan ballar bilimlar bankiga joylanadi.
Uyga vazifa: 6-7-misollar. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |