Mavzu: Kasbiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari



Download 65,45 Kb.
bet6/8
Sana12.01.2022
Hajmi65,45 Kb.
#335948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu

Test metodi. Testlar(inglizcha. sinash, tekshirish) shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirish va anqlashda qo‘llaniladigan qisqa, standartlashgan(bir qolipga solingan) savollar, so‘rovlar, mashqlar, masala va topshiriqlar hisoblanadi.

Testlar shaxsning qiziqishlari, moyilligi, kasbga yaroqliligi, iqtidorini aniqlashda, temperament tipi va xarakter xislatlarini o‘rganishda keng qo‘llanadi.

Testlar orqali olingan natijalarning qiymati, test sinovi o‘tkazuvchining mahorati, yig‘ilgan ma’lumotlarning obyektivligi va ilmiy tahlil qilishga bog‘liqdir.

1905- yilda fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon odamning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati mavjud degan g‘oyani ilgari surganlaridan keyin psixologiyaning turli sohalarida testlar qo‘llana boshlandi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, XXasrning 90-yillaridan boshlab, testlar hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi.

Test-so‘rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat test so‘rovnomasi shaxsdan berilgan savollarga «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish so‘raladi va olingan natijalarga ko‘ra: intraversiya-ekstraversiyani aniqlaydi.

Test-topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko‘pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o‘zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi.

Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o‘ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko‘rsatgich aniqlanadi.

Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining borligi bo‘lsa, kamchiligi-ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko‘rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir.

Testlar ichida proyektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi, ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi.

Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog‘lari» testiyoki TAT(tematik appersepsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda muayyan bir narsaga yo‘naltirilgan xatti-harakatlardan, ikkinchi bir ruhiy holatlar va xususiyatlarning mohiyati aniqlanadi. 1921-yilda kashf etilgan «siyoh dog‘lari» testini taqdim etish orqali sinaluvchining nimalarni eslayotganligi, dog‘larni nimalargadir o‘xshatishi, ya’ni idrok etishiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo‘nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlargamunosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi.

Ushbu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat mutaxassis psixolog qo‘llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab etiladi.




Download 65,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish