Mavzu: Kasbiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari


Tashkiliy metodlarning qo‘llanilishi



Download 65,45 Kb.
bet4/8
Sana12.01.2022
Hajmi65,45 Kb.
#335948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu

Tashkiliy metodlarning qo‘llanilishi

Psixik taraqqiyotni o‘rganish metodlarining tashkiliy guruhiga qiyoslash, longityud(uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) metodlarni kiritish mumkin.

Odam va hayon psixikasini tadqiq etishda qiyoslash muhim o‘rin tutadi.

Psixologiyaning alohida tarmog‘i hisoblangan qiyosiy psixo-logiya – psixik hayotning filogenetik taraqqiyot shakllarini o‘rga-nuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, odam va hayvonlar psixik rivojlanishini o‘zaro solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.

Qiyoslash metodi umumiy psixologiyada (psixikaning filoge-netik va ontogenetik taraqqiyotini o‘rganishda), ijtimoiy psixolo-giyada(shaxsning ijtimoiy maqomini belgilash, shaxslararo munosa-batlarda yuz bergan nizoli vaziyatlarni aniqlash, shaxs faoliyat ko‘rsatadigan turli-tuman guruhlarni o‘zaro taqqoslashda), tibbiyot psixologiyasida sog‘lom va bemor kishilarning ruhiy holatlarini qiyoslashda, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya kabi psixolo-giyaning deyarli barcha tarmoqlarida samarali qo‘llaniladi.

Yosh psixologiyasida qiyoslash metodidan turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs sifatida ulg‘ayish xususiyatlari, hissiy kechinmalari va irodaviy harakatlari, alohida o‘ziga xos shaxsiy fazilatlari, psixik taraqqiyotning kechish sur’ati, darajasi va o‘ziga xosligini o‘rganishda foydalaniladi.

Sobiq ittifoq psixologiya maktabining taniqli vakillari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Y.Galperin va ularning izdoshlari tomonidan jismoniy va ruhiy taraqqiyotning yosh bosqichlari(chaqaloqlik va go‘daklik, ilk bolalik, bog‘cha yoshi, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik, keksalik davrlari)ni taqqoslash orqali ilmiy-nazariy tadqiqotlar amalga oshirilgan. So‘nggi yillarda o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish sohasidagi yangi islohotlar, uzluksiz ta’limning joriy etilishi, kadrlar tayyorlashda shaxs, fan, madaniyat va ishlab chiqarishning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashning muhim ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng miqyosda qo‘llashni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, tadqiqotda olingan ma’lumotlarning ishonchli ekanligini aniqlash uchum ham qiyoslash metodi zarur bo‘ladi.

Ruhiy taraqqiyotni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish uchun longityud (uzluksizlik) metodi ham foydalaniladi, uning o‘ziga xosligi shundaki, bunda bir yoki o‘ndan ortiq sinaluvchilar uzoq muddat, ba’zan bir necha yillar tekshirish obyektlariga aylanadilar. Germaniyalik tadqiqotchi V.Shtern, fransiyalik olim R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar o‘z faoliyatlari davomida ushbu metodni samarali qo‘llab kelganlar.

Longityud metodi yordamida bir xil jinsli(Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) kabi egizaklar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqli jihatlarni kuzatish mumkin bo‘lgan.

Rus psixologlari N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar o‘z farzandlarining ruhiy taraqqiyotini, yosh ulg‘ayishi bilan ularda yuz berayotgan psixik yangilanishlarni uzoq muddatli kuzatishlar asosida o‘rganib borganlar, ular olib borgan tadqiqotlar «Ona kundaligi» deb nomlangan.

Alohida olingan bir shaxsni yoki shaxs faoliyat ko‘rsatadigan muayyan bir kichik guruhni uzoq muddat davomida kuzatish, uning shaxs sifatida ulg‘ayish jarayoni va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar, unga ta’sir ko‘rsatuvchi mikroomillar, kichik guruhlar tizimi(oila, tengdoshlar davrasi)dagi shaxslararo munosabatlarning kechishi to‘g‘risida ishonchli hamda barqaror ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi.

Hozirgi kunda fan va texnika sohasida erishilgan ulkan yutuqlar (axborot kommunikatsiya tizimidagi yangiliklar, nanotexnologiyalar), tabiat va jamiyatning eng oliy ne’mati bo‘lgan inson shaxsini turli yo‘nalishlarda tadqiq etishga zarurat tug‘ildi. Shuning uchun ilmiy nuqtayi nazardan bioijtimoiy jonzot sanaluvchi odamni turli-tuman fanlar (tibbiyot, fizika, kimyo, biologiya, anatomoiya va fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, kibernetika va.b) negizida o‘rganish ko‘zda tutiladi va unga nisbatan kompleks yondashuv talab etiladi.

Jamiyat hayotining turli sohalarida tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixologiyaning ayrim sohalarini qamrab oladi va uyg‘unlashtiradi:

 ijtimoiy psixologiya;

 tibbiyot psixologiyasi;

 boshqaruv psixologiyasi;

 mehnat psixologiyasi;mehnat psixologiyasi; mehnat psixologiyasi; mehnat psixologiyasi; mehnat psixologiyasi; mehnat psixologiyasi;

 muhmuh andislik psixologiyasi; andislik psixologiyasi; andislik psixologiyasi;andislik psixologiyasi; andislik psixologiyasi;

 yuridik psixologiya;yuridik psixologiya; yuridik psixologiya; yuridik psixologiya; yuridik psixologiya; yuridik psixologiya;

 sport psixologiyasi. sport psixologiyasi.sport psixologiyasi. sport psixologiyasi. sport psixologiyasi.sport psixologiyasi. sport psixologiyasi.

Professor V.Karimova muallifligida chop etilgan “Psixologiya” o‘quv qo‘llanmasida ham ilmiy tadqiqot metodlar tasnifi keltirilgan, ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi psixik jarayonlar, psixik holatlar yoki shaxs xususiyatlari to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlar to‘plashi va tahlil qilishi mumkin bo‘ladi.

Kuzatish metodi. Odatda kuzatish tabiiy sharoitda, faoliyatning kechishiga xalaqit bermagan holda olib boriladi, lekin maishiy hayotdagi oddiy kuzatishdan, muayyan bir maqsad asosida amalga oshiriladigan ilmiy asoslangan kuzatishni farqlash lozim. Ushbu metodning obyektiv(tashqi) va subyektiv (o‘z-o‘zini) kuzatish turlari mavjud. Ruhiy taraqqiyotning har bir yosh davriga xos bo‘lgan xususiyatlar, bola psixikasidagi o‘zgarishlar (yangilanishlar) va uning xulq-atvorini kuzatish uchun quyidagi tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi:

 kuzatishning maqsadi hamda vazifasi belgilab olinadi;

 kuzatiladigan obyekt tanlanadi;

 kuzatiluvchining yoshi, jinsi haqida ma'lumot olinadi;

 kuzatish ishini o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;

 kuzatishning davom etish muddati qat’iy belgilanadi;

 kuzatish qaysi faoliyat turi (o‘yin, o‘qish, mehnat, sport)da amalga oshirilishi tavsiya etiladi;

 kuzatishning shakli (yakka, guruhiy) tanlab olinadi;

 kuzatilganlarni qayd etib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, diktofon, videokamera va boshqalar) tayyorlab qo‘yiladi.

Kuzatish orqali idrokning xossalari, diqqatning o‘sishi, yuz ifodasida aks etadigan emotsional holatlar, faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, asab tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari, nutq faoliyati kabilar o‘rganiladi.

Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq - atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash bo‘lsa, o‘z-o‘zini kuzatish odamning o‘zida kechayotgan ruhiy jarayonlar, holatlar, hissiy kechinmalarni o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plash va qayd etish usulidir.

Erkin kuzatuv ko‘pincha muayyan bir jarayonni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilganda qo‘llaniladi. Masalan, dars jarayonida bolalarning mavzuga nisbatan munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin, standartlashtirilgan kuzatuvda esa, nimani, qachon, kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.

Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq -atvoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‘sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo‘shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhit va shaxslararo munosabatlarni tashqaridan kuzatish, chetdan(sirtdan) kuzatish shaklida amalga oshiriladi va faqat ayrim vaziyatlar asosida xulosa chiqariladi.

Kuzatish metodining ijtimoiy hayotning turli ko‘rinishlarini qayd qilishda afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining mahorati, kuzatuvchanligi, bilim darajasiga bog‘liq jihatlar, to‘plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo‘lgani uchun ham ayrim kamchiliklardan xoli bo‘lmaydi.


Download 65,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish