Mavzu: Kasbiy mahoratni rivojlantirish yo‘llari, usul va vositalari Reja



Download 309,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.06.2022
Hajmi309,27 Kb.
#651603
  1   2
Bog'liq
XVHvXpKp4fc1JQYYXxTh6RtsFhLY1xSmwBznFXG3



Mavzu: Kasbiy mahoratni rivojlantirish yo‘llari, usul va vositalari
 
Reja: 
1. Kreativlik va pedagogik kreativlikning mohiyati 
2. Kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar 
Kreativlik va pedagogik kreativlikning mohiyati
Bugungi kunga kelib 
kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning diqqat e’tiborini tortmoqda. 
Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llanilmayotgan bo‘lsa ham bu tushunchani 
ma’lum darajada pedagogik iste’molga kiritishga doir harakatlar ko‘zga tashlanmoqda. 
Pedagogikaga oid manbalarda kreativlik ijod bilan bog‘liq holda o‘rganiladi va 
tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan 
fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog‘liq holda tahlil etiladi. Ijodning psixologik 
asoslari sifatida quyidagi elementlar qabul qilangan. Bular: 
1. Qabul qilish. 
2. Xohish va istak. 
3. Tasavvur qilish. 
4. O‘z-o‘zini kuzatish. 
Shu bilan bir qatorda bilimning asosini tashkil qilishda asosiy o‘rinni 
egallaydigan fikr yuritish bilan tasavvur qilish quyidagi elementlar bilan belgilanishi 
e’tirof etilgan. Bular: 
1. Aqliy mehnat. 
2. Intuitsiya. 
3. Dunyoqarash 
Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog olim 
pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o‘zining ilmiy ishlarida 
kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning “Boshlang‘ich ta’limda 
innovatsiya”, “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi” nomli 
o‘quv qo‘llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to‘xtalib o‘tgan. 
Buyuk olim V.A.Slastyonin pedagogning innovatsion faoliyatiga bo‘lgan 
qobiliyatlarining asosiy xislatlarini quyidagicha belgilagan: 
shaxsning ijodiy motivatsiyani qo‘llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, 
ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o‘z kamolotiga intilish; 
kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o‘z kamolotiga 
intilish; 
kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik 
tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati;
mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari;
ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati; 
o‘qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur’ati va ish qobiliyati; 
qat’iyatlik, mas’uliyatlik va xalollik, o‘zini tuta bilish. 
Pedagog olima R.A.Mavlanova an’anaviy psixologiya va pedagogikada 
kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida 
bahslar yuritilganligi haqida quyidagicha fikr bildirganlar: 
- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik 
sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina), 


- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). 
Biroq oliy ta’lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat ko‘rsatkichini va 
namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning o‘zi yetarli emas. Kreativlik biryoqlama 
salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi umumlashtiriladi va bir 
butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani 
mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish
jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, olima kreativlikni 
rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi 
sifatida o‘rganish zarurligini e’tirof etadi. 
O‘tgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik muammosini o‘rganishda 
keskin burilish yillari bo‘ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo 
bo‘ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham 
qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limining psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik
psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandilar. (V.V.Davidov, A.Zimnaya,N.V.Kuzmina, 
A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari 
ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) 
Kreativlikni o‘rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada 
qo‘llashning umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi
(V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning 
o‘ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi
tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida qaraymiz. 
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining 
ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning 
asosi, shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi 
g‘oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh 
qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va 
noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. 
Shu bilan bir qatorda filologiya fanlari doktori M.Ayimbetov ham 
o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga doir o‘z fikrlarini bayon etish bilan bir 
qatorda pedagogning shaxsiy va kasbiy faoliyati masalalariga to‘xtab o‘tgan. Olim 
«kreativlik» yoki «ijodkor» tushunchalarini bevosita qo‘llanmagan bo‘lsalar ham 
ijodkor o‘ituvchining sifat ko‘rsatkichlarini yoritib berishga doir fikrlarini bayon 
etgan. Olim mahoratli zamonaviy o‘qituvchining strukturaviy komponenlarini 
ko‘rsatib bergan. Shu bilan bir qatorda olim bunday pedagoglarning oltita belgisini 
alohida e’tirof etgan. Bular: 
1. Pedagogik jamoada katta obro‘ga ega bo‘lishi. 
2. O‘zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo‘lishi. 
3. Darslarini oliy darajada tashkil etishi. 
4. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish. 
5. Murakkab vaziyatlarda o‘zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini bir 
maromda olib borishi. 
6. Pedagogik jamoada hamda mahallada katta ta’sir ko‘chiga ega bo‘lishi sanab 
o‘tilgan sifatlarga biz o‘qituvchining kreativlik faoliyatini ham qo‘shicha qilgan bo‘lar 
edik. Negaki, o‘qituvchilarning oliy darajada darslarni tashkil etishi o‘z- o‘zidan 
bo‘ladigan holat emas, balki o‘qituvchining izlanishlari, o‘z sohasidagi yangiliklarni 


tajribalarida qo‘llay olishi, o‘quvchilarni «o‘qitish» emas «o‘qishga» o‘ragatishiga doir 
qator faoliyatlar tizimi bilan bog‘liqdir. 
O‘qituvchining kreativ faoliyati pedagogik mahoratning mazmunida aks etar 
ekan, pedagogika fanida o‘qituvchining pedagogik mahoratining modeli ishlab 
chiqilgan. Bu model quyidagilarda o‘zining aksini topgan. 

Download 309,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish