2.2. Kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari .
Kasbga yo‘naltirishga kasb tanlash vajlarini ilmiy boshqarish sistemasi, yoshlarni xalq xo’jiligini malakali ishchi kadrlarga bo‘lgan talab ehtiyojini hisobga olib, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash deb qaralmoqda. Kasb maorifi o‘quvchilarni turli kasblarning xususiyatlari, ulardan birini to’g’ri tanlash shartlari to’g’risida bilimlarning muayyan majmuasi bilan qurollantirishni, ularda kasbiy va ijtimoiy faoliyatning har-xil turlariga ijobiy munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash, asosli kasbiy niyatlarni shakllantirishni ko’zda tutadi.
Shuningdek, kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin – uning mazmuni ham tuzilish yo‘li ham kishining aql idrokiga, uning umumiy bilim saviyasiga, e’tiqodi va boshqa ko‘p narsalarga bog’lik bo‘ladi. Ishchi shaxsiga nisbatan qo’ylayotgan talablar, mazkur kasbga oid mutaxassislar tayyorlash shartlari bilan, ijodiy ish va ana shu kasbdagi ishchilarning kasbga o‘sish istiqbollari bilan kasbga yo‘naltirish ishida o‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Birinchi bosqich. ( I-IV sinflarining o‘quvchilari bilan ishlash) – moddiy ishlab chiqarish soxasida mehnatga bo‘lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o‘quvchilarda umuman mehnatga ijobiy munosabatda bo‘lishni, eng muhimi-jismoniy mehnatga shunday munosabatda bo‘lishni, ishchi degan nomni hurmat qilishni, qo’lidan keladigan o’z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag’ishlashga va bundan ma’naviy ko’nikish oshishni shakllantiradi. Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq ekskursiya uyushtirish va eng ommalashgan kasblar to’g’risida qishloq maktablarining o‘quvchilari uchun jamoa xo’jaligida, shaxar maktablarining o‘quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida suhbatlar yosh guruhidagi o‘quvchilar uchun maktab oshxonasiga, o‘quv ustaxonalariga, mehnat kabinetiga, kutubxonasiga, maktablararo o‘quv ishlab chikarish kombinatiga, qishloq hunar texnika bilim yurtiga, korxonalarga, aloqa bo’limiga, jamoa xo’jaligi fermasiga, jamoa xo’jaligi xirmoniga va shu kabi joylarga ekskursiya tashkil qilish mumkin. Bu ekskursiya chog’ida ishlab chiqarishda qatnashayotgan odamlarning mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga yordam berayotgan mehnat qurilmalariga asosiy e’tibor beriladi, jamiyat va ayrim odamlar turmushida mehnatini ro’li uqtirib o’tiladi.
Ikkinchi bosqich. (V-VII sinflarning o‘quvchilari bilan ishlash) – bu bosqichda o‘quvchilar o’z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib ko’radilar, o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari va mayillari yanada shakllanadi. Shu boisdan ushbu bosqichda kasbga yo‘naltirish soxasida olib borayotgan ishda o‘quvchilarda ish turlarini bilishga bo‘lgan qiziqishni uyg’otish muhimdir. Kasbga yo‘naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga oid sinfdan tashqari mashg’ulotlar, tematik kechalari, ko’rgazmalar, o’yinlar katta ro’l o’ynashi lozim. Bu bosqichda o‘quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yo‘naltirish ham boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |