Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning
shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi.
Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |