Mavzu: Kartondan "Olmali daraxt" ko’rgazmali qurolini tayyorlash



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2022
Hajmi0,85 Mb.
#858718


Mavzu: Kartondan “Olmali daraxt” ko’rgazmali 
qurolini tayyorlash
1. Karton qog’ozi va uning turlari haqida 2. Kar-
tondan “Olmali daraxt” ko’rgazmali qurolini tayyorlash 
texnologiyasi. Rangli jild qog‘ozi — turli ranglarda bo'yal-
gan, jilo berilgan rangli qog‘ozning o'rnini bosib, qo'l meh-
nati darslarida keng qo'llaniladi.Shagren naqshdor 
qog‘ozi — muqovasozlikda va tayyor narsalarning usti-
dan yopishtirshda, archa o'yinchoqlarini yasashda fo-
ydalaniladi. Gulqog'ozning rangi va guli turlicha bo'lib, 
muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, bezash ish-
larida keng foydalaniladi. Kalka qog‘oziga shaffoflik be-
rish uchun mum va moy singdiriladi. Yaxshi, sifatli kalka 
qog'ozining hatto tozalangan joyida ham tush yoyilib 
ketmasligi kerak. Kalka qog'oz «fonus xayol» teatrida 
archa o'yinchoqlarini yasash. sahnani bezash, rasmlarni 
qayta tushirish ishlarida ishlatiladi. Millimetrli qog‘oz 
sathi bosma to'r shaklida tayyorlanadi. Filtr qog‘oz 
yelimlanmagan qog'ozdir. Karton qog‘oz deb lkv. m 250 
grammdan ortiq bo'lgan qog'ozga aytiladi. Karton 


qog'ozning quyidagi turlari mavjud: Oq karton — uni 
qirqish oson, o'zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu 
karton yelimni ko'p shimadi, ko'pincha yelimdan shishib 
ketadi. Undan mayda narsalarni muqovalashda ishlatish 
mumkin. Sariq karton — oq kartondan ko'ra pishiq-
roq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi. Yelimdan shishmaydi. 
Turli ishlarda foydalaniladi. Kul rang karton — oq va 
sariq kartondan pishiqroq. qirqish qiyin. Piclioq karton 
massasidagi qumdan tez o'tmaslashadi. Kartonning bu 
navidan o'ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyor-
lanadi. Rangli karton — yupqa egiluvchan, sathi turli 
rangda jilo berilgan, ishlov berish juda oson va ko'rinishi 
chiroyli. Undan hajmi kichik narsalar, papkalar, muqo-
valar tayyorlash ma’qul. Uning ustidan boshqa narsa 
yopishtirishga hojat yo'q. Q og‘ozni standartlash. Sano-
atda standartlash katta ahamiyatga egadir. Standart 
deganda mahsulotning ma'lum sifatini, u yoki bu buyum-
ning ma'lum o'lchamlari belgilanishini tushuniladi. Qog'oz 
sanoatida ham qog'ozning o'lchami va navlari standart-


lashgandir. Yozuv qog'ozi sotuvga 250-500 varaqdan qi-
lib taxlangan holda chiqariladi, u katak yoki bir chiziq 
qilib chizilgan yoki umuman chizilmagan bo'ladi. Bir chi-
ziq va katak qilib chizilgan qog'ozlardan ma’lum 
o'lchamga va ma'lum varaqqa ega bo'lgan daftarlar 
chiqariladi. Yozuv qog'ozi bir-biridan tarkibidagi qog'oz 
massasi. qalinligi, og'irligi va boshqa xususiyatlariga ko'ra 
farqlanib to'rt navda chiqariladi. Yozuv qog'ozining oliv 
navi 0, qolganlari muvofiq tarzda 1, 2, 3 raqamlariga 
bo'Iinadi. Quruq holdagi qog'oz nisbatan pishiq material-
dir. Qog'oz naviga ko'ra suvda iviydi, yumshoqlashadi, 
pishiqligi yo'qoladi. Qog'oz yaxshi taxlanadi, agar bukilgan 
joy yaxshilab silliqlangan bo'lsa. qog'oz shu shaklni saqlab, 
oldingi holiga qiyinlik bilan qaytadi, bunda buklanishdan 
hosil bo'lgan chiziqlar saqlanib qoladi. Suv, klevster. su-
yuq velimga namlanganda u cho'ziladi, quritilganda kiris-
hadi, qog'oz uzunasiga qaraganda ko'ndalangiga ko'proq 
cho'ziladi. Qog'oz tayyorlashda ko'pgina miqdordagi to-
lalar uzunasiga joylashadi, shuning uchun ham qog'oz 
ko'proq kengayadi; ko'ndalang yo'nalishda o'raladi. 


Qog'oz oson tortiladi, eniga nisbatan bo'yiga yaxshilab 
buklangan joydan osonroq yirtiladi. Qog'oz yaxshi yonadi. 
Uni faqat yelim bilan emas, balki kleyster bilan ham 
yopishtirish mumkin. Qog'ozni qaychida osonlik bilan 
kesish mumkin.
Kartondan «Olmali daraxt» ko‘rgazmali qurolini 
tayyorlash texnologiyasi
1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqo-
valanadi.
3. Kartonning yuqori va pastki qismidan bir-biriga 
to‘g‘ri qilib 8 ta teshik belgilanadi va nina yordamida tes-
hib chiqiladi.
4. Ochilgan teshiklardan nina yordamida qalinroq 
ip o‘tkaziladi va kartonning orqa tomonidan iplar 
bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Ip teshiklardan bemalol hara-
katlanishi kerak.
5. Boshqa kartondan olma shakllari qirqib olinadi 
va shakllarga rangli qog‘oz yopishtiriladi.
6. Qirqib olingan olma shakllari iplarga bittadan 


yelimlab chiqiladi va orqa tomoniga oq qog‘ozdan yopish-
tiriladi.
7. Olma shakllarini yelimlashda ipning tuguni 
kartonning pastki qismida joylashgan bo‘lishi kerak. 
Olma shakllarini esa kartonning yuqori qismidan yelim-
lanadi.
8. Kartondan katta savat shakli chizib qirqib oli-
nadi va unga ranglar
yordamida ishlov beriladi.
9. Tayyor bo‘lgan savatcha asos kartonning pastki 
qismiga chetlarini yelimlab yopishtiriladi. Iplar o‘tgan joyi 
yelimlanmaydi.
10. Iplarni harakatlantirganda olma shakllari 
yerga va savat chaga
tushishi kerak.
11. Olma shaklining orqa tomoniga, ya’ni oq qog‘oz-
lar ustiga har xil misollar, mashqlar va topshiriqlar 
yozib qo‘yish mumkin.
12. O‘quvchi ipni harakatlantirganda olma shakli 
savatchaga tushdi.


13. O‘quvchi shu olma shakli orqasidagi topshi-
riqni yozadi.
“Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolidan bosh-
lang‘ich sinf barcha darslari jarayonida qo‘llaniladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish