Mavzu: Kartondan “Olmali daraxt” ko’rgazmali
qurolini tayyorlash
1. Karton qog’ozi va uning turlari haqida 2. Kar-
tondan “Olmali daraxt” ko’rgazmali qurolini tayyorlash
texnologiyasi. Rangli jild qog‘ozi — turli ranglarda bo'yal-
gan, jilo berilgan rangli qog‘ozning o'rnini bosib, qo'l meh-
nati darslarida keng qo'llaniladi.Shagren naqshdor
qog‘ozi — muqovasozlikda va tayyor narsalarning usti-
dan yopishtirshda, archa o'yinchoqlarini yasashda fo-
ydalaniladi. Gulqog'ozning rangi va guli turlicha bo'lib,
muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, bezash ish-
larida keng foydalaniladi. Kalka qog‘oziga shaffoflik be-
rish uchun mum va moy singdiriladi. Yaxshi, sifatli kalka
qog'ozining hatto tozalangan joyida ham tush yoyilib
ketmasligi kerak. Kalka qog'oz «fonus xayol» teatrida
archa o'yinchoqlarini yasash. sahnani bezash, rasmlarni
qayta tushirish ishlarida ishlatiladi. Millimetrli qog‘oz
sathi bosma to'r shaklida tayyorlanadi. Filtr qog‘oz
yelimlanmagan qog'ozdir. Karton qog‘oz deb lkv. m 250
grammdan ortiq bo'lgan qog'ozga aytiladi. Karton
qog'ozning quyidagi turlari mavjud: Oq karton — uni
qirqish oson, o'zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu
karton yelimni ko'p shimadi, ko'pincha yelimdan shishib
ketadi. Undan mayda narsalarni muqovalashda ishlatish
mumkin. Sariq karton — oq kartondan ko'ra pishiq-
roq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi. Yelimdan shishmaydi.
Turli ishlarda foydalaniladi. Kul rang karton — oq va
sariq kartondan pishiqroq. qirqish qiyin. Piclioq karton
massasidagi qumdan tez o'tmaslashadi. Kartonning bu
navidan o'ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tayyor-
lanadi. Rangli karton — yupqa egiluvchan, sathi turli
rangda jilo berilgan, ishlov berish juda oson va ko'rinishi
chiroyli. Undan hajmi kichik narsalar, papkalar, muqo-
valar tayyorlash ma’qul. Uning ustidan boshqa narsa
yopishtirishga hojat yo'q. Q og‘ozni standartlash. Sano-
atda standartlash katta ahamiyatga egadir. Standart
deganda mahsulotning ma'lum sifatini, u yoki bu buyum-
ning ma'lum o'lchamlari belgilanishini tushuniladi. Qog'oz
sanoatida ham qog'ozning o'lchami va navlari standart-
lashgandir. Yozuv qog'ozi sotuvga 250-500 varaqdan qi-
lib taxlangan holda chiqariladi, u katak yoki bir chiziq
qilib chizilgan yoki umuman chizilmagan bo'ladi. Bir chi-
ziq va katak qilib chizilgan qog'ozlardan ma’lum
o'lchamga va ma'lum varaqqa ega bo'lgan daftarlar
chiqariladi. Yozuv qog'ozi bir-biridan tarkibidagi qog'oz
massasi. qalinligi, og'irligi va boshqa xususiyatlariga ko'ra
farqlanib to'rt navda chiqariladi. Yozuv qog'ozining oliv
navi 0, qolganlari muvofiq tarzda 1, 2, 3 raqamlariga
bo'Iinadi. Quruq holdagi qog'oz nisbatan pishiq material-
dir. Qog'oz naviga ko'ra suvda iviydi, yumshoqlashadi,
pishiqligi yo'qoladi. Qog'oz yaxshi taxlanadi, agar bukilgan
joy yaxshilab silliqlangan bo'lsa. qog'oz shu shaklni saqlab,
oldingi holiga qiyinlik bilan qaytadi, bunda buklanishdan
hosil bo'lgan chiziqlar saqlanib qoladi. Suv, klevster. su-
yuq velimga namlanganda u cho'ziladi, quritilganda kiris-
hadi, qog'oz uzunasiga qaraganda ko'ndalangiga ko'proq
cho'ziladi. Qog'oz tayyorlashda ko'pgina miqdordagi to-
lalar uzunasiga joylashadi, shuning uchun ham qog'oz
ko'proq kengayadi; ko'ndalang yo'nalishda o'raladi.
Qog'oz oson tortiladi, eniga nisbatan bo'yiga yaxshilab
buklangan joydan osonroq yirtiladi. Qog'oz yaxshi yonadi.
Uni faqat yelim bilan emas, balki kleyster bilan ham
yopishtirish mumkin. Qog'ozni qaychida osonlik bilan
kesish mumkin.
Kartondan «Olmali daraxt» ko‘rgazmali qurolini
tayyorlash texnologiyasi
1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqo-
valanadi.
3. Kartonning yuqori va pastki qismidan bir-biriga
to‘g‘ri qilib 8 ta teshik belgilanadi va nina yordamida tes-
hib chiqiladi.
4. Ochilgan teshiklardan nina yordamida qalinroq
ip o‘tkaziladi va kartonning orqa tomonidan iplar
bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Ip teshiklardan bemalol hara-
katlanishi kerak.
5. Boshqa kartondan olma shakllari qirqib olinadi
va shakllarga rangli qog‘oz yopishtiriladi.
6. Qirqib olingan olma shakllari iplarga bittadan
yelimlab chiqiladi va orqa tomoniga oq qog‘ozdan yopish-
tiriladi.
7. Olma shakllarini yelimlashda ipning tuguni
kartonning pastki qismida joylashgan bo‘lishi kerak.
Olma shakllarini esa kartonning yuqori qismidan yelim-
lanadi.
8. Kartondan katta savat shakli chizib qirqib oli-
nadi va unga ranglar
yordamida ishlov beriladi.
9. Tayyor bo‘lgan savatcha asos kartonning pastki
qismiga chetlarini yelimlab yopishtiriladi. Iplar o‘tgan joyi
yelimlanmaydi.
10. Iplarni harakatlantirganda olma shakllari
yerga va savat chaga
tushishi kerak.
11. Olma shaklining orqa tomoniga, ya’ni oq qog‘oz-
lar ustiga har xil misollar, mashqlar va topshiriqlar
yozib qo‘yish mumkin.
12. O‘quvchi ipni harakatlantirganda olma shakli
savatchaga tushdi.
13. O‘quvchi shu olma shakli orqasidagi topshi-
riqni yozadi.
“Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolidan bosh-
lang‘ich sinf barcha darslari jarayonida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |