Mavzu: Karrupsiyaga qarshi kurshish sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlar tasnifi bmt ning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bmt ning davlat mansabdor shaxslarning harakatlarining xalqaro kodeksi Reja Kirish


Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi



Download 256,27 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2022
Hajmi256,27 Kb.
#594977
1   2   3
Bog'liq
Azamjon Akramov

1.Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.
Korrupsiya (lot. corruptio — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste'mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o‘tkazish harajatlarini ko‘tarish Korrupsiya ko‘rinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar ko‘rsatib "o‘z qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bog‘langan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo‘yicha "Lokxid ishi" eng yirik K. ko‘rinishlariga misol bo‘ladi. Porani xaspo‘shlash uchun yirik bitishuvlarda ko‘proq "xizmat haqi" to‘lash amaliyotidan foydalaniladi.
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko‘rsatayotgan yoxud ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya bu – mansab, mavqyeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma'muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishini taqozo etadi.
Muhtaram Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavf­sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiya va poraxo‘r­lik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”, deb ta'kidlaydi. Aytish joizki, mamlakatimizda hozirda ichki ishlar, prokuratura organlari va boshqa huquq-tartibot tizimlarida “Korrupsiya­ga qarshi kurash” bo‘limlari tuzilgan. Bu bo‘limlar ayni damda shu illatga qarshi kurashib, mustaqilligimizni mustahkamlashning muhim zamini bo‘lib xizmat qilmoqda. Yaqinda esa, ya'ni 2008 yilning 7 iyul kuni BMTning “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasiga (Nyu York 2003 yil yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun asosida milliy qonunchiligimizga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish choralari hamda yangi qonunlar, boshqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilmoqda. “O‘zbekistonning davlat xizmati to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilar, guvohlar va boshqa jinoyat jarayoni ishtirokchilarini davlat tomonidan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan. Hozirda mazkur qonun loyihalari ustida takliflar bildirilmoqda.
Seminarning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, vazirlik nazorat inspeksiyasi hududiy bo‘linmalarining yillik hisobotlari tinglanib, masalaga tanqidiy nuqtai nazardan yondashilib, chuqur muhokama qilinmoqda. Bir necha marotaba vazirlikda BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talabiga asosan, bu mavzuda kengaytirilgan majlislar tashkil etildi. Bir so‘z bilan aytganda, targ‘ibot-tashviqot ishlari muntazam olib borilmoqda. Masalan, vazirlik tomonidan "Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz" mavzusida buklet tayyorlanib, tizimdagi davolash-profilaktika muassasalariga o‘quv-qo‘llanma sifatida tarqatildi. Vazirlikning 2010 yil 15 iyuldagi 210-sonli buyrug‘iga asosan, vazirlikda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalarida 14 ta, tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida 157 ta "Ishonch telefonlari" tashkil qilingan. Ular "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi va "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunlar ijrosini ta'minlash hamda vazirlik tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etmoqda. O‘tgan davr ichida "Ishonch telefonlari" bo‘yicha murojaatlar tahlil qilinganda, muayyan natijalarga erishilganligi ma'lum bo‘ldi.
Darhaqiqat, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Zotan, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq bo‘lmasligi hamda har bir davlat xizmatchisining faoliyati jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyatini mustahkamlashning muhim shartidir. Buni davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q.


Download 256,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish