Mavzu: Karies shakllarini operativ davolalash usullari «Tish og’rig’i» - bu bolalar va kattalarni, erkaklarni va ayollarni cho’chitadigan so’zdir. Tishlardagi kuchli og’riqning asosiy sabablaridan biri karies hisoblanadi. Bu kasallik turli darajalarda xavfli bo’lishi mumkin, ammo u har holda davolanishi kerak. Maqolada biz kariesni davolashning eng samarali usullari haqida gapiramiz, shuningdek kasallikning oldini olish to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
KARIES VA UNING TURLARI
Karies — og’iz bo’shlig’ining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir. Karies paydo bo’lganda avvalo tish emali shikastlanadi, agar davolanmasa, u dentin (tishning qattiq to’qimalari) ni shikastlaydi. Karies lotin tilidan olinganda «chirish» degan ma’noni anglatadi, xalq orasida karies «tish chirishi», «tish qurtlashi» degan atamalar bilan nomlanadi, ikkinchi atamani ishlatish tibbiyot nuqati nazaridan biroz noto’g’ri.
Kariesning dastlabki belgisi — tish emalidagi qora dog’lar paydo bo’lishi. Agar bu dog’larga e’tibor berilmasa, karies diametri oshishi va patologiya tish to’qimalariga chuqurroq tarqalib, «teshik» paydo qilishi mumkin. Karies tish emalini va dentinni shikastlab, teshib o’tsa, u pulpa (tish yumshoq to’qimalari) ga yetib boradi va juda kuchli og’riqqa sabab bo’lishi mumkin. Pulpaning yallig’lanishi — pulpit deya nom olgan.
Tishning zararlanishi darajasi qarab kariesni dog’lar (tish sirtida rang o’zgarishi), yuzaki karies (sirt zararlanish), o’rta karies (dentinning yuqori qismi zararlangan) va chuqur karies (dentin deyarli butunlay zararlanib, pulpagacha yetib borgan) ga ajratishadi. Bundan tashqari, emal, dentin va ildiz sementlarining karieslari alohida tasniflanadi — ildiz sementi kariesida kasallik milk ostida paydo bo’ladi.
Yuzaga kelishi joyiga qarab fissur (tish chuqurchasida sodir bo’ladi), approksimal (tishlar orasida) va bo’yin oldi (milk yaqinida yoki undan pastda) kariesi tasniflanadi. Bundan tashqari, oldingi tishlarning karieslari ham mavjud bo’lib, ular ayniqsa tabassum estetikasiga salbiy ta’sir qiladi. Odatda oldingi tishlar zararlanganda, hatto stomatologlardan qo’rqqanlar ham ularga darhol murojaat qilishadi.
Stomatologga tashrifidan ozod bo’lish uchun og’iz bo’shlig’ini o’zingiz mustaqil tekshirishingiz kerak. Agar kariesni dastlabki bosqichda aniqlasangiz, uni tish shifokori yordamisiz ham to’xtata olasiz.
TISH KARIESI BELGILARI
Sizda tish kariesi bor-yo’qligini aniqlash juda oson. Tish sirti rangi o’zgarishi (dog’ qoramtir yoki oqimtir bo’lishi mumkin) yoki uning tuzilishi, masalan g’adir-budurligi — kasallik paydo bo’lishidan dalolat beradigan alomatlardir. Shuningdek, ovqatlanganda tish og’rig’i, ayniqsa shirin, issiq va sovuq ta’sirida yuz beradigan kuchli og’riq ham kariesdan dalolat beradi. O’g’izdan nohush hid kelishi ham kasallik alomati bo’lishi mumkin.
Agar kasallik o’rta bosqichga o’tib ketgan bo’lsa, tishda chuqurcha paydo bo’lgan bo’ladi — odatda u til bilan osonlikcha seziladi. Biroq, «teshik» faqatgina karies tufayli sodir bo’lmaydi, aniq tashxisni faqat tish shifokori qo’yadi.
KARIES SABABLARI
Kariesning (tish chirishining) asosiy sababi — kislotalar ishlab chiqaradigan bakteriyalardir, ular tish to’qimasidan ftor va kaltsiyni yuvilishiga sababchi bo’ladi. Mikroorganizmlar og’iz bo’shlig’ini tozalashdan 1-2 soat o’tgach, ko’payishni va tishni shikastlashni boshlaydi va tishda karash paydo qiladi.
So’lak ajralishining yetishmovchiligi ham karies rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin. Aslida, so’lakning mineral moddalari bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan kislotalarni qisman bartaraf qilishga qodir. So’lak juda kam hosil bo’lganda, kislotalar tishlarni tezda yemirishni boshlaydi. Bundan tashqari, so’lak qisman karashlarni yuvib turadi. Kserostomiya (og’izda «quruqlik») turli kasalliklar, masalan qandli diabet, gipertoniya, burundan nafas olishning buzilishi natijasida rivojlanishi mumkin.
Bundan tashqari, tishning yemirilishga tez-tez shirinliklarni iste’mol qilish ham sabab bo’lishi mumkin va bu qancha glyukoza iste’mol qilinganiga emas, balki qancha vaqt davomida tishlar bilan aloqa qilganligiga bog’liq, ya’ni tishlarga «yopishib» qolishi davomiyligi. Noto’g’ri ovqatlanish nafaqat tishga, balki umuman og’iz bo’shlig’ining salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
Shuningdek, Karies, boshqa omillar bilan bir qatorda, immunitet tizimi faoliyatining buzilishi sababli ham rivojlanishi mumkin. Buzilshning sababi esa stress bo’lishi mumkin. Stress, shuningdek, og’iz bo’shlig’ida mineralizatsiya jarayonlarini sekinlashtira oladi.
Agar karies aniqlangan bo’lsa, siz ovqatlanishga o’zgartirishlar kiritishingiz, og’iz gigienasiga ko’proq e’tibor berishingiz, shuningdek tarkibida kaltsiy va ftor yuqori bo’lgan tish pastalariga afzallik berishingiz kerak. Tish shifokori huzuriga borish majburiydir. Faqat kariesni o’z vaqtida davolashgina tishlarni saqlab qolishga yordam beradi.
TISH KARIESINI DAVOLASH
Agar karies dog’ bosqichida bo’lsa, tishlarni yetarli darajada ftor va kaltsiy bilan to’yintirish uni bartaraf qilish uchun yetarli hisoblanadi. Agar kasallik sirtki, o’rta yoki chuqur bosqichda bo’lsa, bormashina ishlatmay, ehtimol boshqa chora bo’lmaydi. Kariesni davolash uchun tishning zararlangan qismini arralab tashlash va uning tabiiy shaklini plomba materiallari yordamida tiklash kerak. Chuqur karieslarni davolashda, odatda, stomatologga ikki marta tashrif buyurish kerak bo’ladi — birinchi marta vaqtinchalik plomba, so’ngra esa doimiy plomba qo’yiladi. Agar karies plomba ostida paydo bo’lsa, uni aniqlash uchun rentgenografiya qo’llaniladi.
Kariyeslarni davolashning ikkita asosiy usuli mavjud: noinvaziv («arralashsiz») va invaziv (ta’sirlangan to’qimalarni arralab tashlash bilan). Usulni tanlash kasallikning bosqichiga bog’liq.
ARRALASHSIZ KONSERVATIV DAVOLASH
Ushbu davolashda arralash qo’llanilmaydi. Ushbu usul, agar kasallik dastlabki bosqichda bo’lsa, ya’ni emalning rangi o’zgargan bo’lsa yoki bemor organizmining xususiyatlari (masalan, og’riqsizlantiruvchi preparatlarga allergik reaktsiya) mavjud hollarda qo’llaniladi.
Noinvaziv usulning mohiyati emalning yumshoq karashi va minerallanishini olib tashlashdir. Davolash bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: tekshirish, milkdan ajratish va zarur materiallarni qo’llash. Jarayonning davomiyligi taxminan bir soatcha bo’ladi, bu jihozlarga va stomatolog malakasiga bog’liq. Agar davolanish sifatli amalga oshirilsa, kasallik tishlar to’g’ri parvarish qilinganda qaytalanmaydi. Biroq, bemor yana o’z yomon odatlaridan voz kechmasa, bu yerda shifokorning aybi bo’lmaydi.
TISHNING QATTIQ TO’QIMALARINI ARRALASH BILAN DAVOLANISH
Tishning zararlangan qismlariga og’riqsizlantirish bilan apparat yordamida ishlov berish. Davolash bosqichlari kasallikning bosqichiga bog’liq.
O’rtacha karieslar quyidagi sxema bo’yicha davolashadi:
Og’riqsizlantirish;
Mexanik va dori-darmonlar bilan ishlov berish;
Himoya qoplamasi o’rnatish;
Plombalash materiallari yordamida tishning anatomik shaklini tiklash;
Silliqlash va pardozlash.
Chuqur kariesda qoplama qo’yishdan oldin zararlanish darajasini tekshirish talab qilinadi, ya’ni ta’sirlangan pulpaning yuzaga qanchalik yaqin ekanligini. Bu davolanishdan so’ng og’riq yuzaga kelmasligi uchun amalga oshiriladi. O’rta va chuqur kariesni davolash davomiyligi bir soat, ba’zan ikki soatgacha davom etadi. O’rtacha karieslar, avval aytganimizdek, odatda bir marta tashrif buyurish bilan davolanadi, chuqur karies bo’lganda esa stomatologga ikki marta tashrif buyurishi kerak, og’ir holatlarda — uch yoki undan ko’proq marta. Davolashning samaradorligi foydalaniladigan dorilarning sifatiga, mutaxassisning malakasiga va organizmning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Noto’g’ri oziqlanish va yomon gigiena, shuningdek zaif immunitet bo’lganda kasallik bir muddatdan keyin yana qaytalanishi mumkin.
ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI
Kariesni davolashda zamonaviy yondashuvlar — yangi usullardan biri kimyoviy-mexanik usul hisoblanadi. Bu usul zararlangan tish sohasiga maxsus vositalar qo’yish va keyin tishning zararlangan qismini olib tashlash va plombalashdan iborat. Ushbu usulning afzalliklari — og’riqsiz kechishi va chuqur arralashning hojati yo’qligi.
Patologik to’qima shuningdek kuchli havo yoki suv purkash natijasida, maxsus kukunlar qo’llagan holda olib tashlanishi mumkin. Ammo bu usul faqat kariesning dastlabki bosqichlarida samarali bo’ladi. Zararlangan joylar lazer bilan olib tashlanishi ham mumkin. U ta’sirlangan to’qimalarni taniydi va bug’lantirib yuboradi. Bunday zamonaviy usullar albatta ko’p noqulaylik tug’dirmaydi va og’riqsiz kechadi, ammo bunday muolajalar bemorga ancha qimmatga tushishi mumkin.
KARIESNI OLDINI OLISH
Tishlarni kariesdan himoya qilish uchun, tishni yuvayotganda ularni supuruvchi harakatlar bilan tozalash kerak. Ushbu muolaja bo’yicha harakatlar kamida 3-5 daqiqa bo’lishi kerak. Tilni tozalashni ham unutmang. Ovqatlangandan keyin albatta tishlaringizni tozalang. Oziqlanish ham karies rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shirin yoki juda nordon (yashil olma, limon) iste’mol qilganingizdan keyin biroz suv iching va og’zingizni yaxshilab chayqab tashlang. Kaltsiy va ftorga boy bo’gan meva va sabzavotlar iste’mol qiling, shuningdek vitamin C va D ga ham e’tibor qarating. Xom sabzi tishlari sog’lig’iga ayniqsa foydali ta’sir ko’rsatadi.
Har olti oyda bir marta tish shifokoriga tashrif buyurib turish kerak, shunda kariesni dastlabki bosqichda aniqlash va uning rivojlanishining oldini olish mumkin bo’ladi. Zero karies nafaqat tish yuzasida, balki bemor ko’ra olmaydigan tish sohalarida bo’lishi ham mumkin.
Tishlarni charxlash fizik va mexanik uslublarga asoslangan, sistematik jarayonlar qatoridir. Toʼgʼri charxlay olish uchun sababchi tish va atrofidagi toʼqimalarda paydo boʼluvchi fizik va patologik klinikasini, yana plomba ashyosining turli imkoniyatlari va fizik xususiyatlarini oʼrganish kerak. Bularning barchasi charxlash uslublarini aniq oʼzlashtirish omillari hisoblanadi. Bu tayanch bilim va maʼlumotlarsiz, umumiy davo asosini tushunmasdantishlarni charxlashni toʼgʼri va yeffektiv baholash, amalga oshirish mumkie yemas.
Oldindan tishlarni charxlash iborat boʼlgan, har biri oʼz navbatida bir necha qadamlarga boʼlingan. Charxlashni har bir bosqichi va qadamini ideal bajarishni toʼgʼri tushunish kerak. Baʼzi hollarda charxlash ketma ketligini buzishga toʼgʼri keladi. Charxlashning bosqichi va qadamlarini ketma ketligini olib borilsa yaxshi natijaga yerishiladi. Charxlash amaliyoti boʼltb oʼrganilsa, talabalar bu bosqichlarni oson oʼzlashtiradi. Buning uchun talabalarga ikkinchi bosqichga oʼtishdan oldin birinchi bosqichni toʼliq maʼlumot berish kerak.
Charxlash ketma ketltigi
Boshlangʼich bosqichlari:
1.Boshlangʼich shakli va chuqurligini aniqlash
2.Mustahkamlik uchun birlamchi sharoit yaratish (boʼshliq shaklining birlamchi rezistentligi)
3.Retensiya uchun birlamchi sharoit yaratish
4.Ishlashga shart sharoit yaratish
Yakunlovchi bosqichlar:
5.Fissura va boʼshliqlqrdan yeski plomba, yemal qoldiqlarini va infitsirlangan dentinni olish
6.Pulpani himoyalash
7.Retensiya va mustahkamlik uchun sharoit yaratish
8.Boʼshliqni tashqi devorlarini shakllantirish
9. Charxlashni yakunlash: tozalash, tekshirish, germetizatsiya
Yuqorida aytilganidek, belgilangan holatlarda charxlash bosqichlari oʼzgarishi mumkin. Masalan, chuqur kariesda charxlashni boshlangʼich bosqichida patologik jarayon pulpaga oʼtmasligi uchun infitsirlangan dentinni toʼliq olib tashlash kerak. Zarur boʼlganda shu bosqichdadavolovchi yoki ajratuvchi taglik qoʼyish, asosan, pulpani toʼgʼridan toʼgʼri himoya qilshda qoʼllaniladi. Koʼp hollarda, birinchi bosqichda kariozlangan toʼqimani, ikkinchi bosqichda infitsirlangan dentinn olib tashlanadi.
Karies sinflari boʼyicha charxlash va ular uchun kerakli asboblar keyingi boʼlimlarda toʼliq keltirilgan. Bu boʼlimda nima uchun charxlash kerakligi, lekin qanday charxlanishi keltirilgan.
Restavratsiyani adekvat olib borish uchun charxlashdan oldin barcha sharoitlarni yaratish kerak. Koʼpgina plomba materiallari operatsion maydon quruq boʼlishi kerak, bunda ularning fizik xususiyati oshadi. Nam holatda bu xususiyat pasayadi. Koʼp hollarda operatsion maydonni adekvat izolyatsiyasi uchun kofferdam qoʼllaniladi.koʼp vrachlar kofferdamni charxlashning boshlangʼich bosqichida, yaʼni infitsirlangan dentinni olib tashlash va boʼshliqq ikkilamchi retension shakl bergandan keyin qoʼllashni toʼgʼri deb hisoblashadi.
Operatsion maydon atrofidagi sogʼ toʼqimani himoyalash restavratsiyaning asosiy sharti hisoblanadi. Restavratsiyada qoʼllanuvchi asboblarni zararli taʼsiri va mexanik travmadan ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavati, lunj va tilni himoyalash kerak. Barcha olib boriladigan harakatlar toʼqimada salbiy reaksiya keltirib chiqarmasligi kerak. Milkni himoyalash uchun retraksion ip va ponadan toʼgʼri foydalanish, restavratsiya shaklini toʼgʼri yaratish kerak.
Аvallari restavratsiya chetlarida milk yegatlari hosil qilingan, lekin bu zona ikkilamchi karies uchun sharoit yaratadi deb hisoblangan. Lekin hozirgi vaqtda milk yegati ikkilamchi karies rivojida rezistentligi yoʼqligi aniqlandi. Bunda milk toʼqimalari milk yegatidagi plomba ashyosiga nisbatan negativ taʼsiri borligi aniqlandi.shuning uchun ham restavratsiya chegarasi milkusti sohasigacha boʼlishi kerakligi tavsiya yetiladi. Milk toʼqimasi qancha kam restavratsiya bilan kontaktda boʼlsa, shuncha kam zararlanadi. Shu bilan birga restavratsiya milost sohada kam boʼlishida tish toʼqimasini mustahkamligi saqlanishi ahamiyatsiz. Restavratsiya vaqtida va undan keyin tish atrof toʼqimasi holati keyingi bobda keltirilgan.
Charxlashning boshlangʼich bosqichi
Yuqorida aytilganidek, charxlash boshlangʼich bosqichida boʼshliqni kengaytirish va uni devorini charxlash karioz boʼshliq bilan ishlash uchun kerakli chuqurlik yaratish (yoki defekt sohasida), sogʼlom toʼqimaga yetish uchun (quyidagilardan tashqari, pulpar yoki aksial devordan infitsirlangan dentinni olish), chaynov bosimi tish oʼqi yoʼnalishi boʼyicha borganda, tish sinishi va restavratsiyani darz ketishini oldini olish va plomba ashyosiga retensiya yaratish (V sinf). Boʼshliq fissura va chuqurlik sohalarida 0.2 mm dan chuqur boʼlmasligi (oltin falgali restavratsiyada 0.5 mm), silliq yuzalarda 0.2-0.8 mm (ildiz yuzasida boʼshliq rasm 4.1). birinchi bosqichni yaxshi olib borish ikkinchi bosqich uchun yaxshi sharoit yaratadi.
1 bosqich dastlabki shakl va chuqurlik yaratish.
Taʼrif. Birinchi bosqich-(1) charxlash chegarasi va boʼshliq chekkalarini shakli va oxirgi koʼrinishi bir biriga muvofiq boʼliish kerak. (2) yakuniy charxlash pulpa chuqurligidan YeDSgacha yoki ildiz yuzasigacha.
Charxlashda printsiplarga amal kilish zarur, ularga rioya kilinmasa, nafakat plomba kuyish uchun zarur bulgan bushlikni yaratish, balki uning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi charxlash maksadiga erishish mumkin emas.
Shakllangan bushlik tushunchasiga kuyidagi elementlar kiradi: kirralar, devorlar, burchaklar, tub. Bushlik devorlari koronkaning yuzasiga boglik xolda nomga ega. Parallel osilib turuvchi devorlar orasidagi burchaklar plombirovkalash materialining asosiy fiksatsiya elementlari xisoblanadi. Bushlikning tubi deb, kariozli bushlikning lokalizatsiyasidan qat`iy nazar tishning pulьpaga karatilgan yuzasini xisoblash kabul kilingan.
Kariozli bushlikni charxlashning asosiy printsiplari XX asrning boshlarida amerikalik tish shifokori J.Blek tomonidan formulirovka kilingan bulib, uning asosida kayta tiklanuvchi materialning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi va ikkilamchi kariozli jarayonning oldinioluvchi ikki asosiy xolat «Retentsiya» va «Rezistentsiya» yotadi.
Blek boʼyicha kariozli boʼshliqlarni charxlash printsiplari:
1) Karioz dentinni puxta tulik olib tashlash.
2) Oldini olish maksadida kengaytirish – karies retsidivi tarakkiy etishini oldini olish maksadida bushlikni tish immun zonalarigacha profilaktik kengaytirish. Immun zonalar – bu tishlarning burtiklari va kavarik yuzalari.
3) Bushlikni «yashiksimon» formada, plomba va tishlarning chaynaganda yuzaga chikuvchi kuchlar uchun chidamliligini, taʼminlovchi priparovkalar.
4) Osilib turuvchi, tayanchga ega bulmagan emal kirralarini, ularning sinishi va karies retsidivini oldini olish maksadida olib tashlash.
5) Plomba kuyish uchun kulay bulgan bushlikni shakllantirish.
Blek tavsiyalarini kullashda karioz bushliklarga ishlov berish boskichlarini kurib chikamiz: charxlash karioz bushliklarni ochishdan boshlanadi. Bu etapning maksadi bulib, shikastlangan tukimaga kirish imkoniyatini yaratish va karioz jarayonining xajmini aniklash xisoblanadi. Ochish kopik yoki alangasimon olmos borning yukori tezlikda aylanishi yordamida amalga oshadi. Borni bushlik kirralari buylab, emal osilmani kesib olib boriladi. Keyinchalik, borni karioz bushlikning kirish yorigi ulchamiga mos bulgan, unga katta bulmagan shar kurinishidagi bordan kullaniladi va extiyotkor xarakatlar bilan bushlikni to u kuzdan kechirish uchun tayyor bulguncha kengaytiriladi. Karioz bushlikni kengaytirish urta ulchamdagi konussimon, alangasimon va fissur borlar bilan amalga oshiriladi.
Biologik maksadga muvofiklik printsipi (Lukomskiy, 1955) buyicha emal va dentin tukimalari tishning soglom tukimalari kuringunicha tejamli kesiladi.
Nekroektomiyanekrozlangan yumshab kolgan dentinni olib tashlashni kuzda tutadi. Odatda ekskavator va turli ulchamdagi sharsimon borlarning uncha katta bulmagan tezlikda aylanishi bilan amalga oshiriladi. Eng yumshagan tukimalarni ekskavator bilan olib tashlanadi. Sharsimon bor bilan boshida devorlarni, sungra tubni preparovka kilinadi. Tish pulьpasini shikastlanishidan saklash uchun bor xarakatlari bushlik markazidan tishning tashki yuzasiga yunaltirilgan bulishi kerak.
Karioz bushlikni shakllatirish plombaning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlovchi asosiy boskichlardan biri xisoblanadi. Yuza va urta kariesda, ishlov berish jarayonida bushlik «yashiksimon» shaklga kirishi kerak. Devorlar bir-biriga parallel va tubga perpendikulyar bulishi kerak. Chukur kariesda pulьpa shoxlariga yakin soxalarda tubni.burtik xolda koldiradilar. Bushlikka talab etilgan shaklni berish uchun maxsus suv sovutgichli silindrik (devorlarning shakllanishi), teskari konussimon (tekis tubni shakllanishi) va noksimon borlarni kullagan yaxshirok, chunki bushlikning shakllanishi tish pulьpasi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri yakinlikda amalga oshiriladi. Bu xolatda kattik tukimalarning kizib ketishi yalliglanishning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Chukur kariesda tub kata sharsimon borlar bilan shakllantiriladi. Bushlik devorlari chaynash vaktidagi yuklamalarda sinib tushmasligi uchun imkon boricha kalinrok koldirilishi kerak.
Emal kirralariga ishlov berish (fikirovkalash) bushlik shakllanishining yakuniy boskichi xisoblanadi. Bu ishonchli kirrali yopishni taʼminlash va ikkilamchi karies rivojlanishini oldini olish maksadida utkaziladi. Emali prizmalarning yuza kismi karioz bushlikka kirish teshigi oldida dentin tomonidan tayanchga ega emas va chaynov bosimiga eng karshiligi kam bulgan soxa xisoblanadi. Ularning sinishi ikkilamchi kariesni xosil bulishiga olib keladi.
Preparovkalashda boʼshlik qirrasi buyicha 45°S burchak ostida kiyshiklik (falьts) yaratish kuzda tutiladi. Emalь kirralarini tekislash va kiyshiklikni yaratish ignasimon, alangasimon yoki konussimon shaklli olmos borlar yordamida, suv sovutgichni kullash bilan yukori tezlikda xarakatlanishda utkaziladi.
Karies bilan jaroxatlangan tishlarni charxlash texnikasi doimiy, keng diskussiyali predmet xisoblanadi.