Sath energiyasi va sirt taranglik.
Gibbs bo‘yicha, turli fazalar chegarasida vujudga keladigan satx
qatlamining qalinligi bir necha molekula diametriga teng miqdorda bo‘ladi. Ba‘zan bu qatlam bitta molekula qalinligida bo‘ladi. Shuning uchun molekulyar qatlam deyiladi.
Fazalar chegarasida sodir bo’ladigan sath (chegara) qatlami tarkibi va tuzilishiga bog’liq bo’lgan jarayonlar sath hodisalari deyiladi.
Fazalar chegarasining agregat holatiga qarab, sathlar 2ga bo‘linadi:
1) Suyuqlik va gaz (s-g) hamda 2 ta bir-birida aralashmaydigan suyuqlik (s-s) orasidagi harakatchan sathlar chegarasi;
2) Qattiq jism va gaz (q-g), qattiq jism va suyuqlik (q-s), qattiq jism va qattiq jism (q-q) oralig‘idagi chegarada bo‘ladigan xarakatsiz satxlar yuzasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |