Mavzu. Kadrlarni boshqarish axborot tizimi


Kadrni  boshqarish  xizmatlari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana13.05.2020
Hajmi0,54 Mb.
#50369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
akt 20

Kadrni  boshqarish  xizmatlari

  korxonada  kadr  bilan  ish  olib  boruvchi 

asosiy  bo’g’indir.  Ishlab  chiqarishda  inson  omilining  ortishi,  hozirgi  bozor 

sharoitida  raqobatning  kuchayishi,  moliyaviy  muvaffaqiyatga  erishish  zarurati 

kadrni  boshqarish  xizmatlarining  roli  va  ahamiyatini  kuchaytirib  yuboradi. 




  

         

         

 

 



535 

 

Samarali  faoliyat  ko’rsatayotgan  kompaniya  va  firmalar  bugungi  kunda 



innovatsiya  strategiyalari,  yangi  mahsulot  turlari,  tashkiliy  tuzilmalar  yaratish 

bilan  inson  resurslarini  boshqarish,  mehnat  salohiyatini  rivojlantirish  uslublari 

o’rtasidagi  mavjud  uzilishlarni  bartaraf  etishga  eng  asosiy  masala  sifatida 

qaramoqdalar.  Muammoni  ijobiy  hal  etish  ko’p  jihatdan  kadrni  boshqarish 

xizmatiga  bog’liq  bo’lib  qoladi.Iqtisodiyotda  ro’y  berayotgan  o’zgarishlar 

an’anaviy kadrlar bo’limlarining funktsiyalari yo’q bo’lib ketadi, degan ma’noni 

bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy imtiyozlarni 

taqsimlash  masalalari  bundan  buyon  ham  kadrni  boshqarish  xizmati 

funktsiyalarida  asosiy  o’rinlarni  egallashi  aniq.  Shu  bilan  bir  qatorda,  bu 

funktsiyalarni  amalga  oshirish  shakl  va  uslublarida  sifat  jihatidan  o’zgarishlar 

qilish ham hayotiy zaruratga aylanmoqda

2



Kadrni boshqarish xizmatlari jahondagi etakchi kompaniyalar va firmalarda 

korxonaning asosiy bo’linmasi hisoblanadi 2-rasm. Amaliyotda ular zimmasiga 

quyidagi vazifalar yuklatilgan: 

 

 

2-rasm. Kadrni boshqarish xizmatining asosiy vazifalari 



—kompaniya  yoki  firmani  yuqori  malakali  va  manfaatdor  xodimlar  bilan 

ta’minlash; 

—kadrni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish; 

—kadrning  barcha  toifalarini  o’z  mehnatidan  qoniqish  hosil  qilish 

darajasini oshirish; 

—kadr  malakasini  oshirish  va  kasbiy  ta’lim  tizimini  rivojlantirish  va 

yuksak darajada ushlab turish; 

—qulay ma’naviy muhitni saqlash; 

                                                

2

 



Personalni 

boshqarish. 

Q.X.Abdurahmonov,  Sh.R.Xolmo’minov,  N.Q.Zokirova, 

A.B.Irmatova. Darslik. TDIU, 2011 y.538 bet. 




  

         

         

 

 



536 

 

—xodimlar  va  rahbariyat  uchun  o’zaro  foyda  keltirishini  ko’zlagan  holda 



kadrni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish; 

—martabani rejalashtirish; 

—kadr  ijodiy  faolligini  oshirish,  kompaniya  yoki  firma  innovatsiya 

rejalarini amalga oshirishda ko’maklashish; 

—kadr  faoliyatini  baholash  va  boshqaruv  kadrini  attestatsiyadan  o’tkazish 

uslublarini takomillashtirish. 

Kadrni  boshqarish  xizmati  va  menejerlar  korxona  (firma)  uchun  kadrlar 

tanlar  ekan,  ularda  ro’y  berayotgan  o’zgarishlarni  (oilaviy  ahvol,  funktsiyalari 

o’zgartirilgan  holda  xizmat  vazifalarining  o’zgartirilishi  va  hokazolarni)  ham 

hisobga  olishni  talab  etadi.  Kadrni  o’qitish,  malakasini  oshirish  yoki  qayta 

tayyorlashda  xodimlarni  chet  ellarda  stajirovkadan  o’tkazishni  ko’zda  tutish, 

faoliyat yo’nalishi bo’yicha zarur maxsus adabiyotlar, video va audio materiallar 

bilan  ta’minlashni  ham  talab  etadi  (3-rasm).  Kadrni  samarali  mehnat  qilishi, 

ularga  yaratilgan  qulay  sharoitlar  (psixologik  muhit,  qulay  ish  joyi,  transport, 

ovqatlanish  va  hokazolar)ga  bog’liqligini  hisobga  olgan  holda  rahbariyatga 

ishchi,  xizmatchilarning  maishiy  sharoitini  yaxshilash  yuza-sidan  tegishli 

tavsiyalar tayyorlashi kerak bo’ladi. 

Kadrni  rivоjlantirish  uning  raqоbatbardоshligiga  to’g’ridan-to’g’ri  ta’sir 

ko’rsatadi. Xоdimning raqоbatbardоshligi ishchi kuchi sifati, shaxsning ijоdiy 

imkоniyatlari,  ish  bilan  bandlik  va  ish  kuni  davоmiyligi  kafоlatlanganligi, 

darоmad miqtsоri bilan belgilanadi. 

Keyingi  yillarda bоzоr  munоsabatlari  va axbоrоt texnоlоgiyalari o’ta jadal 

sur’atda rivоjlanayotganligi tufayli kadr rivоjlanishini hamda uning raqоbat  

kurashidagi rоlini qabul qilish sezilarli darajada o’zgardi. Endilikda bu masalaga 

kоmpaniya  intellektual  kapitalini  o’stirishga  qaratilgan  bоshqaruv  tarzida 

qaralmоqda.  




  

         

         

 

 



537 

 


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish