asosiy bo’g’indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi, hozirgi bozor
sharoitida raqobatning kuchayishi, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati
kadrni boshqarish xizmatlarining roli va ahamiyatini kuchaytirib yuboradi.
535
Samarali faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya va firmalar bugungi kunda
innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari, tashkiliy tuzilmalar yaratish
bilan inson resurslarini boshqarish, mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari
o’rtasidagi mavjud uzilishlarni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida
qaramoqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko’p jihatdan kadrni boshqarish
xizmatiga bog’liq bo’lib qoladi.Iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlar
an’anaviy kadrlar bo’limlarining funktsiyalari yo’q bo’lib ketadi, degan ma’noni
bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi, ijtimoiy imtiyozlarni
taqsimlash masalalari bundan buyon ham kadrni boshqarish xizmati
funktsiyalarida asosiy o’rinlarni egallashi aniq. Shu bilan bir qatorda, bu
funktsiyalarni amalga oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan o’zgarishlar
qilish ham hayotiy zaruratga aylanmoqda
2
.
Kadrni boshqarish xizmatlari jahondagi etakchi kompaniyalar va firmalarda
korxonaning asosiy bo’linmasi hisoblanadi 2-rasm. Amaliyotda ular zimmasiga
quyidagi vazifalar yuklatilgan:
2-rasm. Kadrni boshqarish xizmatining asosiy vazifalari
—kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar bilan
ta’minlash;
—kadrni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish;
—kadrning barcha toifalarini o’z mehnatidan qoniqish hosil qilish
darajasini oshirish;
—kadr malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va
yuksak darajada ushlab turish;
—qulay ma’naviy muhitni saqlash;
2
Personalni
boshqarish.
Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, N.Q.Zokirova,
A.B.Irmatova. Darslik. TDIU, 2011 y.538 bet.
536
—xodimlar va rahbariyat uchun o’zaro foyda keltirishini ko’zlagan holda
kadrni korxona ichida almashinuvlarini boshqarish;
—martabani rejalashtirish;
—kadr ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya
rejalarini amalga oshirishda ko’maklashish;
—kadr faoliyatini baholash va boshqaruv kadrini attestatsiyadan o’tkazish
uslublarini takomillashtirish.
Kadrni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (firma) uchun kadrlar
tanlar ekan, ularda ro’y berayotgan o’zgarishlarni (oilaviy ahvol, funktsiyalari
o’zgartirilgan holda xizmat vazifalarining o’zgartirilishi va hokazolarni) ham
hisobga olishni talab etadi. Kadrni o’qitish, malakasini oshirish yoki qayta
tayyorlashda xodimlarni chet ellarda stajirovkadan o’tkazishni ko’zda tutish,
faoliyat yo’nalishi bo’yicha zarur maxsus adabiyotlar, video va audio materiallar
bilan ta’minlashni ham talab etadi (3-rasm). Kadrni samarali mehnat qilishi,
ularga yaratilgan qulay sharoitlar (psixologik muhit, qulay ish joyi, transport,
ovqatlanish va hokazolar)ga bog’liqligini hisobga olgan holda rahbariyatga
ishchi, xizmatchilarning maishiy sharoitini yaxshilash yuza-sidan tegishli
tavsiyalar tayyorlashi kerak bo’ladi.
Kadrni rivоjlantirish uning raqоbatbardоshligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir
ko’rsatadi. Xоdimning raqоbatbardоshligi ishchi kuchi sifati, shaxsning ijоdiy
imkоniyatlari, ish bilan bandlik va ish kuni davоmiyligi kafоlatlanganligi,
darоmad miqtsоri bilan belgilanadi.
Keyingi yillarda bоzоr munоsabatlari va axbоrоt texnоlоgiyalari o’ta jadal
sur’atda rivоjlanayotganligi tufayli kadr rivоjlanishini hamda uning raqоbat
kurashidagi rоlini qabul qilish sezilarli darajada o’zgardi. Endilikda bu masalaga
kоmpaniya intellektual kapitalini o’stirishga qaratilgan bоshqaruv tarzida
qaralmоqda.