O’ralgan juftlik asosidagi kabellar.
O’ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko’p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. O’ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o’zaro bir-biriga o’ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g’ilofga olingan bo’ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
Odatda o’ralgan juftlik kabel tarkibida 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo’ladi.
2.1-rasm.
2.1-rasm.O’ralgan juftlik kabeli.
Himoyalanmagan o’ralgan juftliklar tashqi elektromagnit halaldan (pomeha) sust himoyalangan va shuningdek sanoat ayqoqchiligi maqsadida axborotlarni eshitishdan ham himoyalanmagan. Axborot o’g’irlashning ikki turi ma’lum: ulanish (kontaktny) va ulanmasdan masofadan turib (beskontaktny). Ulanish orqali axborotni o’g’irlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, ulanmasdan axborotni o’g’irlash esa kabel tarqatadigan elektromagnit maydonni radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga oshiriladi.Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi). To’qilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish
Chastota
МГц
|
Maksimal so’nish, DB
|
3-Toifa
|
4-Toifa
|
5-Toifa
|
0,064
|
2,8
|
2,3
|
2,2
|
0,256
|
4,0
|
3,4
|
3,2
|
0,512
|
5,6
|
4,6
|
4,5
|
0,772
|
6,8
|
5,7
|
5,5
|
1,0
|
7,8
|
6,5
|
6,3
|
4,0
|
17
|
13
|
13
|
8,0
|
26
|
19
|
18
|
10,0
|
30
|
22
|
20
|
16,0
|
40
|
27
|
25
|
20,0
|
-
|
31
|
28
|
25,0
|
-
|
-
|
32
|
31,25
|
-
|
-
|
36
|
62,5
|
-
|
-
|
52
|
100
|
-
|
-
|
67
|
2.4-jadval. Kabel xususiyatlari
Koaksial kabellar.
Koaksial kabel elektr toki o’tkazuvchi kabel bo’lib, tuzulishi 2.2-rasmda ko’rsatilgandek markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo’lib metal sim to’qimaga (ekran) o’ralgan, hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo’ladi.
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko’p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to’qimasi-ekran mavjudligi), to’qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko’proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mehanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o’ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni tamirlash va yiqish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narhi ham qimmat (uning narhi o’ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5 - 3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razemlar o’rnatish ham murakkab ishdir.SHuning uchun bu turdagi kabellarni o’ralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.
2.2-rasm. Koaksial kabel
Koaksial kabellar kamroq «yulduz» va «passiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda ham foydalaniladi; masalan, Arcnet tarmog’i. Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim bo’lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |